|
Optik aloqa asoslari
|
bet | 126/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)5-bo‘lim
TOLALI OPTIK ALOQA TARMOQLARI
12-bob. TOLALI OPTIK ALOQA TARMOQLARI
Infokommunikatsion xizmatlar
Jahon sivilizatsiyasi rivojining hozirgi bosqichi industrial jamiyatdan axborot jamiyatiga o‘tish bilan tavsiflanib, u axborot va telekommunikatsion texnologiyalarni ommaviy foydalanishga asoslangan ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatning yangi shakllarini nazarda tutadi.
Axborot jamiyatining texnologik asosi Global Axborot Infratu- zilmasi (GAI) hisoblanib, sayyoramizning har bir kishisi uchun axborot resurslariga erkin kirish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Axborot infratuzilmasining ma’lumotlar bazasi, axborotga ishlov berish vositalari yighndisi, telekommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlardan foydalanuvchilarning terminallari tashkil etadi.
GAI da axborot resurslariga kirish Axborot jamiyatining xizmatlari yoki infokommunikatsion xizmatlar nomini olgan yangi turdagi telekommunikatsiyalar xizmatlari vositasida amalga oshi- riladi.
Infokommunikatsion xizmatlarni ko'rsatish hajmlarining yuqori sur’atlarda o'sishi ularning yaqin kelajakda telekommunikatsiyalar tarmoqlarida ustunlik qilishini oldindan bashorat qilishga imkon beradi.
Bugungi kunga kelib infokommunikatsion xizmatlarning rivoj- lanishi, asosan, Internet kompyuter tarmog'i doirasida amalga oshiriladi, ularning xizmatlariga kirish imkoni an’anaviy telekommunikatsiya tarmog'i orqali yuz beradi. .
Shu munosabat bilan infokommunikatsion xizmatlarning rivoj- lanishi telekommunikatsiya tarmoqlarining vazifalarini bir vaqtda kengaytirish bilan infokommunikatsion resurslarning samarali bosh- qarish masalasini hal etishni talab etadi.
Infokommunikatsion xizmatlarga quyidagi talablar qo'yiladi: — xizmatlarning mobilligi (harakatchanligi);
295
www.ziyouz.com kutubxonasi
yangi xizmatlarni maqbul holda va tez yaratish imkoniyati;
kafolatlangan xizmatlar sifati.
Infokommunikatsion xizmatlarga talablarga konvergensiya jarayoni katta ta’sir ko'rsatadi, u infokommunikatsion xizmatlarning foydalanuvchilarga unga kirish usuliga bog'liq bo'lmagan holda kirish mumkinligiga olib keladi.
Optik aloqa tarmoqlariga qo‘yiladigan talablar
Infokommunikatsion xizmatlarning qarab chiqilgan xususiyatlari istiqbolli — optik aloqa tarmog‘iga quyidagi talablarni belgilaydi:
multiservislik, bu xizmatlarni ko‘rsatish texnologiyalarining transport texnologiyalaridan bog'liq emasligi (mustaqilligi) tushu- niladi;
keng polosalilik, bunda xizmatlardan foydalanuvchining joriy ehtiyojlaridan bog'liq holda keng diapozonda axborotni uzatish tezligining qulay va dinamik o‘zgartirish imkoniyati tushuniladi;
multimediallik, bunda telekommunikatsiya tarmog‘ining ko‘p komponentli axborotlarni (nutq, ma’lumotlar, video, audio) real vaqtda bu komponentlarni zarur sinxronlashtirish bilan va birikma- larning turli xil konfiguratsiyalardan foydalanib uzatish qobiliyati tushuniladi;
intelektuallik, bunda xizmatlarni taqdim etish jarayonida bir nechta operatorning ishtirok etishi va ular masuliyatlarining faoliyat sohasiga muvofiq bo'linishi tushuniladi.
An’anaviy telekommunikatsiya tarmoqlari xalqaro, shaharlararo, hududiy, mahalliy (shahar va qishloq) hamda abonentlik kirishi tarmoqlariga bo‘linadi.
Mavjud kanallari kommutatsiyalangan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari hozirgi vaqtda yuqorida sanab o'tilgan talablarga javob bermaydi. An’anaviy tarmoqlarning chek- langan imkoniyatlari yangi infokommunikatsion xizmatlarni joriy etish yo'lida tutib turuvchi omil hisoblanadi.
Shu munosabat bilan an’anaviy telekommunikatsiya tarmoq- larining optik telekommunikatsiyalar tarmoqlarini yaratish yo‘na- lishida infokommunikatsion xizmatlarni joriy etishni va bundan keyin rivojlantirishni hisobga olish zarur. Shuning uchun paketli
296
www.ziyouz.com kutubxonasi
kommutatsiya negizida tolali-optik telekommunikatsiya tarmog‘ini yasash konsepsiyasi asosida universal telekommunikatsiya tar- mog'ini yaratish to‘g‘risidagi g‘oya yotadi, u axborotning har qanday turlarini — nutq, video, audio, grafika va h.k.larni o'tkazishga imkon beradi, shuningdek, cheksiz doirada infokommunikatsion xizmatlar taqdim etish imkonini ta’minlaydi.
Optik aloqa tarmoqlarimng turlari
To'lqin uzunligi bo'yicha zichlashtirish bilan (WDM) texno- logiyasining paydo bo'lishi keng polosali tolali — optik uzatish tizimlarining vujudga kelishi va tezkor rivojlanishini nishonladi, u esa bitta tola bo'yicha 10 Gbit/s tartibdagi kattalikkacha uzatish uchun tashkil etilgan aloqa kanali sig'imini keskin oshirishga imkon berdi.
To'lqinli multipleksorlash usiubining mohiyati bir qancha optik eltuvchilar Xi (uzatuvchi tomonda) ni birlashtirishdan va olingan Eki signalni bitta optik kanal bo'yicha uzatib, keyin ayrim eltuvchilarni, keyinchalik ajratish (demultipleksorlash) bilan, masalan, ularni qabul qiluvchi tomonidan filtrlash yo‘li bilan ajratishdan iborat.
Tolali-optik aloqaning bundan keyingi rivojlanishi to‘la optik fotonli telekommunikatsiya tarmoqlarini yaratishga yo'naltirilgan. Mazkur tizimlarda signallami uzatish, qabul qilish, ishlov berish va kommutatsiyalash sof foton darajasida, elektron jarayonlar va elektr qurilmalarning ishtirokisiz yuz beradi.
Yangi tarmoq asoslari shunday bo'lishi kerakki, bunda xizmat- larni yetkazib berish bo'yicha mijozlar talablarining tez o'zgarishi va o'sishiga oson moslanadigan bo'lishi kerak. Talab qilinadigan narsalarning hammasi bu servis darajasini qo'llab-quwatlash uchun yoyilgan intellektual dinamik fotonli transport darajasidir.
Foton tarmog‘1 modeli ikki darajadan iborat: servis darajasi va fotonli transport darajasi. Yangi arxitektura fotonli kommutatsiya va DWDM texnologiyalari yangiliklarining afzalliklari kombi- natsiyasi sifatida qarab chiqiladi. •
U multigigabitli oqimli tizimni yetkazib beradi va servis platformalari uchun to'lqin uzunliklari darajasida texnik boshqariluvchi
297
www.ziyouz.com kutubxonasi
tarmoq interfeyslarini ta’minlaydi. Servis platformalariga marshru- tizatorlar, ATM-kommutatorlar va kirish chiqish SONET/SDH multipleksorlari kiradi, ular transport darajasidan servis darajasiga qayta taqsimlangan. Servis darajasi zarur transport hajmi (sig‘i- mi)ni tarmoq elementlariga talab qilingan joyga qachon u talab qilinganda yetkazib berish uchun fotonli transport darajasiga to‘la tayangandek tasawur qilinadi. Mijozlarning o‘sib borayotgan talab- larini qoniqtirish uchun tarmoq resurslari bilan tez ta’minlashni amalga oshirish kerak bo‘lib, ular yangi arxitekturaning ajralmas qismi sifatida qarab chiqiladi.
Bugungi kunda tarmoqlarning to'rtta turi mavjud bo‘lib, ular bir xil optik tarmoqlar deb ataladi. Quyida tarmoqlarning shu turlari sanab o'tilgan va ularning qisqa tavsifi berilgan [1]:
SDH/SONET negizidagi tarmoqlar, ularda faqat «nuqta- nuqta» bir to'lqinli uzatish optik uzatish hisoblanadi. Asli bu optoe- lektron tarmoqlardir;
to‘lqin uzunligi bo'yicha ajratilgan multipleksorlash texno- logiyasi foydalaniladigan tarmoqlar, ko‘p to'lqinli optik uzatishni ta’minlab, bu vaqtda kommutatsiya va boshqarish to'liq ravishda elektr sohasida amalga oshiriladi. Bular hali ham optoelektron tarmoqlardir, biroq ular optik uzatishning ancha ilgari surilgan (ilg'or) texnologiyasidan foydalanadi va ularda optik operatsiyalar birinchi turdagi tarmoqlarga qaraganda ancha ko'pdir;
to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish texnologiyasi foydalaniladigan tarmoqlar va optik kommutasiya, kommutatsiyani va tarmoqni boshqarish elektrik tarzda amalga oshirilmoqda. Bu itti- foqlik darajasi turlicha bo‘lgan optik tarmoqlardir.. (Tarmoqning ittifoqligi deganda tarmoqning istalgan turdagi axborotni protokol va kodlash turiga, uzatish tezligiga, shuningdek, modulyatsiya texnikasiga bog'liq bo‘lmagan holda uzatish imkoniyati tushu- niladi.). Agar barcha bo‘g‘inlar optoelektron o‘zgarishlar va signal- larni regeneratsiyalash uchun foydalansa va/yoki uni kommu- tatsiyalash va uzatish uchun qo‘llansa, u holda tarmoq noshaffof bo'lib qoladi (OEO). Ikkinchi tomondan, agar optoelektron shakl almashtirish umuman foydalanilmasa, u holda tarmoq to‘la shaffof bo'ladi. Bu ikki cheklanishlar orasida qisman shaffof bo'lgan tarmoqlar ham mavjud. Nazorat elektrik amalga oshirilsa ham,
298
www.ziyouz.com kutubxonasi
ma’lumotlarni uzatish yo‘lining boshidan oxirigacha to‘la optik hisoblanadi. Qisman shaffoflik optoelektro-optik shakl almashi- nishlar bilan bog‘liq shaffof tarmoqlarning orolchalar shaklida bo‘lishi mumkin [2];
barcha operatsiyalar va funksiyalar, kommutatsiya va tar- moqni boshqarishni ham hisobga olganda optik amalga oshiriladi. Bu to‘liq ravishda optik tarmoqlardir.
Yuqorida sanab o'tilganlardan shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, foton oxirgi ikkita tarmoq turlari haqiqatan ham optik kommutatsiya bilan bog‘liqdir. Qisman yoki to‘liq shaffof tarmoqlar to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish texnologiyasini va bir tomondan optik kommutatsiyani, ikkinchi tomondan elektron nazorat bilan qo'shib olib boradilar. Optik kommutatorlarni va tarmoqlari juda bo‘lmaganda texnikaning hozirgi rivojlanish darajasida yorug‘lik vositasida nazorat qilib bo'lmaydi.
Optik aloqa tarmoqlari
To‘liq optik tarmoqlar (bundan keyin inglizcha qisqartma AON/ All Optical Networks dan foydalaniladi), ularning faoliyat yuritishida kommutatsiyada, multipleksorlashda retranslyatsiyada bosh rolni elektron (optoelektron) texnologiyalar emas, balki sof optik texnolo- giyalar o‘ynaydi [3].
To‘liq optik tarmoqlar ham bugungi kundagi, ham ertangi tarmoq axborot ilovalari uchun ham ulkan o'tkazish polosasini ta’minlashga qodir. To'liq optik tarmoqlar (AON) uch asosiy toifaga bo‘linadi [4,5]: ko‘p to‘lqinli aloqa liniyalaridan foydalanuvchi tarmoqlar, kanallari kommutatsiyalanuvchi kanallar va paketlari kommu- tatsiyalanadigan tarmoqlar (12.1-jadval).
AON ning birinchi ikki toifasi bir muhim tavsifga ega — tarmoq- ning foydalanilayotgan ilovaga nisbatan shaffofligiga. Optik shaf- foflikka WDM optik kanallarining istalgani bo‘yicha manba — bo‘g‘indan belgilangan joydagi bo‘g‘ingacha signalni o‘zgartiruvchi optoelektron qurilmalardan foydalanilmasdan erishiladi. Har bir WDM kanali- chegarasida signal formati tejamkorlikni va ulkan imkoniyatlarni to'plagan holda virtual jihatdan ixtiyoriy bo'lishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shaffof AON da optik terminal qurilmani eng umumiy holda qayta quriluvchi lazer uzatkichlar va/yoki qayta quriluvchi burish filtrlar ifodalaydi. Tarmoqning ikki chetki bo‘g‘ini bunday tarmoq orqali ma’lum ikki to'lqinga (qabul qilish va uzatish uchun) sozlash yo‘li bilan aloqa kanalini o'rnatishlari mumkin bo'lib, bu to‘lqinlami ularga optik terminalning tarmoq kontrolleri tegishli dastlabki so‘rovga ishlov berib, taqdim etadi. Ulanish o‘rnatilgandan so‘ng magistral kanal foydalanilayotgan ilovaga nisbatan shaffof bo‘lib qoladi.
|
|
| |