|
Dinamik to‘lqin marshrutlashtirishli optik tarmoq
|
bet | 130/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)12.5-rasm. Dinamik to‘lqin marshrutlashtirishli optik tarmoq:
a—d — tarmoqda to'lqin konversiyasisiz vujudga keladigan cheklanishlar;
e — to'lqin konversiyasi tarmoqni yanada o'zgaruvchan qiladi
307
www.ziyouz.com kutubxonasi
qurish mumkin, shundan so‘ng I va H ga tomon Xi to‘lqin t uzunligida uzatishni boshlash mumkin. Lekin uzatish paytida bir to'lqin uzunlikdan boshqa to‘lqin uzunligiga o'tish juda ham noqulay — ma’lumotlarning uzluksiz oqimida bu axborotning yo'qolishiga olib kelishi mumkin.
To‘lqin konvertori ancha o‘zgaruvchan yechimni taqdim etadi (12.5-e rasm).
To‘lqin konversiyasining mavjudligi tarmoqning o'zgaruv- chanligini oshirishdan tashqari bitta to'lqin uzunligiga o'rtacha turli xil juft birikma (ulanishlar)larning qanday maksimal soni to‘g‘ri kelishini ko‘rsatuvchi to'lqin samaradorligining (12.6-rasm) o'sishiga olib keladi [3].
12.7-rasmda to'lqin konvertorlari asosidagi markaziy bo'g'inli tarmoqqa misol ko'rsatilgan. Har bir bo'g'in signalni qayd qilingan to'lqin uzunligida uzatadi, shuningdek, signalni qayd etilgan, individual (mazkur bo'g'in uchun belgilangan to'lqin uzunlikda qabul qiladi). Uzoqdagi stansiyaning uzatish to'lqin uzunligini tanlash muhim emas. Masalan, xususan, barcha stansiyalar aynan bitta to'lqin uzunligida uzatishlari mumkin. Markaziy kommu-
12.6-rasm. Optik tarmoq kanallar kommutatsiyasi bilan. Keng eshittirishli optik
tarmoqlarni taqqoslash va to‘lqin marshrutlashtirishi bo‘lgan optik tarmoq
308
www.ziyouz.com kutubxonasi
(atsiya bo‘g‘ini barcha uzoqlashtirilgan bo‘g‘inlardan optik signallarni qabul qiladi va ularni boshqaruvchi kompyuterdan kelgan yo'riqnomalarga muvofiq boshqa to‘lqin uzunligidagi signallariga almashtiriladi. Yulduzsimon kombayner — tarmoqlantirgich turli xil uzunlikdagi signallarni aralashtiradi va barcha chiquvchi qutblar bo'yicha taqsimlaydi. Uzoqdagi ikki bo‘g‘in orasidagi mantiqiy ulanishidan oldin tegishli to'lqin konvertorlar sozlanadi. Agar C tugun A tugun uchun xabar uzatishni istasa, u holda quyidagi harakatlar ketma-ketligi bajariladi:
C bo‘g‘in A bo‘g‘in uchun uzatishga ruxsat berish uchun maxsus so‘rovni joylashtiradi, u boshqaruvchi kompyuter tomo- nidan ishlanadi;
agar xabar beriladigan manzil bo‘sh bo‘lsa, A bo‘g‘in ulanishini o‘rnatishiga tayyorligi to‘g‘risida tasdiqni olib boshqaruvchi kompyuter bu bo‘g‘in bilan xabarlari almashinadi;
agar hammasi joyida bo'lsa, boshqaruvchi kompyuter C bo‘g‘inga A bo‘g‘in bilan ulanish o‘rnatilishini xabar qiladi;
boshqaruvchi kompyuter A va Cbo‘g‘inlar o'rtasida ulanishni o‘rnatadi.
To'lqin konvertorlari
12.7-rasm. Kanallar kommutatsiyasi bo‘lgan optik tarmoq:
tarmoqning markaziy bo‘g‘ini to‘lqin konverterlari asosida bajarilgan
309
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bunday yondashishning asosiy kamchiligi — ulanish jarayo- nining nisbatan uzoqligi.
Shu bilan birga, markaziy elementli tarmoqning misoli bir qancha afzalliklarga ega:
juda sodda markazlashgan nazorat. To‘qnashuvlarni (qarama- qarshiliklarni) hal qilish bilan bog'liq muammolyar yo‘q;
aynan bitta chastotadan barcha uzatkichlar uchun foydalanish mumkin, bu to'lqin kanallarining yanada zichroq joylashgan yo‘I qo‘yilishini anglatadi, holbuki ayrim hollarda optik qabul qilgichlarga barqarorlashtirish kerak bo'lishi ham mumkin;
qarab chiqilgan markazlashgan tarmoqning bosh afzalligi shundaki, u (uzatishning juda katta tezliklarida — 1 Gbit/s va undan ortiq) narxi bo‘yicha markaziy bo‘g‘inda sof elektron kommutatorli tarmoqqa nisbatan ancha past boMishi kerak.
|
| |