|
Parallel bitlar ketma-ketligidagi
optik tarmoq
|
bet | 133/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)Parallel bitlar ketma-ketligidagi
optik tarmoq
BPPS (bit — parallel packet switching) parallel bitli kommuta- tsiyasidagi tarmoqlarni amalga oshirish (ishlatish) uchun kodlashning ikkita turlicha texnikasi taklif etilgan: SCM (subcarrier multiplexing) eltuvchilari ostini multipleksiyalash texnikasi va ko‘p to‘lqinli BPPS texnikasi. Ikkala texnika ham ma’lumotlami va, xususan, kommutatorlarni uzib-ulanish yuz beradigan sarlavhani uzatish uchun aynan bitta toladagi alohida kanallardan foydalanadi. Paket sarlavhasi endi paket ma’lumotlari maydonini uzatishdan oldin bo‘ladigandek ma’lumotlar bilan ketma-ket emas, balki ma’lumotlar bilan parallel holda uzatiladi, bu o'tkazish qobiliyatini oshirishga imkon beradi.
SCM texnikasida ma’lumotlar va sarlavha optik eltuvchining ikkita turli eltuvchi omillari sifatida kodlanadi va keyin baravar uzatiladi (12.9-a rasm). SCM mavjud spektrdan eltuvchi osti chastotasidan kichik bo‘lishi kerak bo‘lgan bit tezligini cheklashlar hisobiga samarali foydalanishga imkon beradi. Shunday qilib, ma’lumotlar signalining butun spektri cheklangan bo‘lganda, ya’ni ma’lumotlarning bit tezligi juda yuqori bo‘lmaganda SCM texnikasi foydalidir.
To‘liq optik tarmoqlarga qo‘llanilganda SCM bir qator cheklash- larga ega bo‘ladi. Ularning asosiysi kommutatorda sarlavha eltuvchilari osti va ma’lumotlarning murakkab elektron o‘zgarishlaridan qochib bo'lmasligi bilan bog‘liq, chunki kommutatsiya boshlani- shidan awal ma’lumotlar va sarlavha demultipleksorlanishi kerak. Ikkinchi cheklanish murakkab signalning tola bo‘ylab tarqalishining tavsifi bilan bog‘liq. Sarlavha va ma’lumotlar aynan bitta eltuvchi chastotaning kanaliga multipleksorlangani uchun cheklangan resurs (imkoniyat)larga ega bo'lgan uzatkich har bir signal uchun yetarlicha quwatni ta’minlashi kerak, bu esa signallarning quwatini alohida-alohida kamaytiradi.
Ma’lumotlar asosiy eltuvchida uzatiladigan, sarlavha esa eltuvchi ostiga multipleksorlanadigan. uslub SCM ning modifikatsiyasi hisoblanadi. Bu texnikada eltuvchi osti chastotasi ma’lumotlami uzatishning bitli tezligini cheklamaydi. Sarlavha uzatishning yuqori
313
www.ziyouz.com kutubxonasi
bitli tezligini talab qilmagani uchun unga signal/shovqinning chegaraviy nisbati ancha past bo‘lishi mumkin, bu zarar keltirmagan holda tolali — optik liniyada signalning ko‘proq so‘nishiga olib keladi. Mazkur uslub ma’lumotlarni uzatishning 2,5 Gbit/s tezligi uchun va 3 GHz kenglikdagi eltuvchi ostiga multipleksorlangan sarlavhalarning 40 Mbit/s tezligi uchun namoyish qilingan [7].
may don i
Ma ’lumotlar
Sarlavha
maydoni
to ‘Iqin uzunligi
12.9-rasm. Tarmoqlarda paketning tuzilmasi:
a — eltuvchi ostini multipleksorlash texnikasi bilan;
b — ko‘p to‘lqinli parallel bitli kommutatsiya texnikasi bilan
Ko‘p to‘lqinli bitli parallel kommutatsiya — bu kodlash texnikasi bo‘lib, bunda ma’lumotlar va sarlavha uchun to'lqin uzunliklarining to‘plari yozib qo‘yiladi [8]. An’anaviy to‘lqin multipleksorlashdan farqli ravishda (u yerda har bir paket ma’lum bir to‘lqin uzunligi bilan bog'langan), bu texnikada paket (sarlavha kabi) bir necha to'lqin uzunliklari bilan bog'lanadi (12.9-b rasm).
Bir qator xususiyatlar bu texnikani to‘liq optik tarmoqlarda foydalanish uchun SCM ga nisbatan ancha afzal qiladi. Birin- chidan, to‘lqin kanallarining oddiy optik filtrlanishi eltuvchisining radiochastotali ajralib chiqishiga nisbatan oson bajariladi. Ikkinchi- dan, sarlavhani kodlashni bajarish mumkin, shuning uchun ham sarlavhani kommutator aniqlaydi, kommutatsiya esa ma’lumotlar tezligidagi o‘rniga paket tezliklarida yuz beradi. Va nihoyat, nurla- nishning ayrim manbalari har bir to‘lqin uzunligi uchun foyda- langani uchun quwatni yo‘qotish bilan bog‘liq muammo paydo bo'lmaydi.
314
www.ziyouz.com kutubxonasi
12.5. Optik kommutatorlar asosida optik aloqa
tarmoqlarini tuzish prinsiplari
Optik kommutatsiya to‘liq ravishda multiservisli foton tarmoqlarini qurish imkoniyatlarini beradi. Optik kommutatsiyaning uchta turi: kanallarning optik kommutatsiyasi (KOK), paketlarning optik kommutatsiyasi (POK) va chayqalishlarning optik kommutatsiyasi (CHOK) ning qo‘shilishi uzatish resurslarini dinamik taqsimlash imkoniyatlari bilan tarmoqni tashkil etishga imkon beradi. Bunday tarmoq 3 darajadagi xizmatlarni taqdim etishi mumkin:
— KOK darajasi orqali kanallarning optik kommutatsiyasini;
— CHOK darajasi orqali chayqalishlarning optik kommutatsiyasini;
— POK darajasi orqali paketlarning optik kommutatsiyasini.
Zamonaviy tarmoqlarda operatorlar xizmatlarning, asosan, ikki sinfmi taqdim etadilar: 1) turli PDH/SDH/SONET yoki ATM interfeyslari orqali kanallarni kommutatsiyalab, odatdagi xizmatlar; 2) paketli kommutatsiyali xizmatlar (Frame Reley, x.25 va IP).
Bunday tarmoq arxitekturasi ikki darajadan iborat: intellektual foton darajasi va servis darajasi.
12.10-rasmda multiservisli fotonli tarmoq ko'rsatilgan. Turli manbalardan trafik (ovoz, ma’lumotlar va h.k.) foton tarmog‘ining qismi bo‘lmagan chet (o‘lka) kommutatorlari tomonidan to‘planadi. Kirish tarmog‘i trafik grummingini, ancha past tartibdagi trafik oqimlarining multipleksorlashni va demultipleksorlashni hamda oraliq bo‘g‘inlarda lokal (mahalliy) kommutatsiyani amalga oshiradi. Chet (o‘lka) kommutatorining kirishi ham elektrik, ham optik bo'lishi mumkin, lekin baza tarmog'i bilan ulanish elektrik jihatdan ishlov berib bo‘lmaydigan tezliklarda tolali-optik muhit orqali amalga oshiriladi. Bunday to‘la optik tarmoq kamida ikkita va undan ortiq kommutatsiya turlarini bir vaqtda qo‘llab-quwatlash mumkin, demak, o‘z ichida paketli kommutatsiya samaradorligini va kanallar kommutasiyasi bo‘lgan tarmoqlarga xos bo‘lgan tutilishlarning oldindan bilish mumkin bo'lgan qiymatlari va tutilishlar variatsiya- sini birlashtiradi. Masalan, agar foydalanuvchi ma’lumotlarni uzatish xizmatidan foydalanishni istasa (foydalanuvchilarning juda ko‘p sondagi uydagi Interneti trafigini birlashtirsh), foton tarmog‘ida
315
|
| |