• Optik tolada yorug‘likning sochilishi va aks etishi.
  • Optik tolaning xususiy yo'qotishlari




    Download 1 Mb.
    bet28/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    Optik tolaning xususiy yo'qotishlari

    Xususiy yo'qotishlarga yutilish va sochilishdan hosil bo‘ladigan yo'qotishlar kiradi. Yutilishdan hosil bo‘ladigan yo‘qotishlar ichki va tashqi bo'ladi.
    Ichki yutilish yo‘qotishlarini toza kremniy material! hosil qilishi mumkin. Har bir material molekulyar tuzilishiga ko‘ra ma’lum to'lqin uzunliklarida signallarni yutishi mumkin. Masalan, SiO2 ni ultrabinafsha diapazonda X<0,4 mkm to‘lqin uzunligida elektron rczonanslari mavjud. Shuningdek, infraqizil diapazonda X>7 mkm to'lqin uzunligida tebranuvchi rezonanslari mavjud. Demak, bu rczonanslar yutish polosasi ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi oynalarda yutilishning bu turi 0,03 dB/km dan ko'p bo'lmagan yo‘qotishlarga olib keladi.
    Tashqi yutilish yo‘qotishlari yorug'likning tola qo‘shimchalarida yutilishidan hosil bo‘ladi. Zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bu yo'qotishlar ta’sirini juda kichik darajaga kamaytirgan. Bu yo'qotishlarni quyidagi qo'shimchalar hosil qiladi: temir, mis, nikel, magniy, xrom. Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonida bu me- tallarning tarkibi bir milliard qismgacha kamaytirilgan. Shuning uchun ular umumiy tashqi yutish yo'qotishlarining juda kichik q ism ini tashkil etadi.
    Bulardan farqli ravishda gidroksil ion (ON) lar qoldig'ining mavjudligi, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida tolada suv qoldiq- larining qolishi tashqi yutish yo'qotishlarini sezilarli darajada oshiradi. Optik tola tarkibida ON ionlari birni yuz milliondan kam qismini tashkil etish kerak.
    Zamonaviy optik tolalarda mikroqo'shimchalar miqdori juda kichikligi uchun tashqi yutilish yo'qotishlari minimal bo'lib, ularni hisobga olmasa ham bo'ladi. Lekin ON konsentratsiyasi birdan million qismni tashkil etganda, 1390 nm to'lqin uzunligida yo'qo­tishlar 50 dB bo'lishi mumkin [14].
    Nurning sochilishidan hosil bo'ladigan yo'qotishlar ichki yo'qotishlar hisoblanib, optik tola o'zagining defektlari: havo puffak- chalari, yoriqlar, tolaning bir turda emasligi, ya’ni qo'shimchalar qo'shilishidan shisha zichligining tasodifiy o'zgarishi tufayli yuzaga keladi. Bu omillar yorug'lik oqimi yo'nalishini o'zgartirib, og'ishiga
    67
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    olib keladi, natijada sinish burchagi oshib, yorug‘lik nuri qobiqdan tashqariga sochilib ketadi.


    Bundan tashqari, optik tolaning bir turda emasligi, ya’ni qo‘shimchalar mavjudligi yorag‘lik oqimining ma’lum qismining teskari tomonga aks etishi — teskari sochilishga olib keladi (2.15- rasm) [17].


    7ХХХЎ\/\


    Aks etish
    Sochilish


    Aks etish effekti


      1. rasm. Optik tolada yorug‘likning sochilishi va aks etishi.


        1. Download 1 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   160




    Download 1 Mb.