• Mikrobukilishlar
  • Oplik tolaning makrobukilishlari (a) va mikrobukilishlari (b)
  • Optik aloqa asoslari




    Download 1 Mb.
    bet29/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    Kabel yo‘qotishlari


    Kabel yo‘qotishlari makrobukilishlar va mikrobukilishlar hisobiga hosil bo‘ladi.
    Makrobukilishlar.
    Minimal ruxsat etilgan radiusdan oshgan katta bukilishlarga makrobukilishlar deyiladi. Bir modali optik tolalarning bukishning ruxsat etilgan minimal radiusi 10 sm ni tashkil etadi. Bunday bukilishda yorug‘lik impulslari kuchsiz buzilish bilan tarqaladi. Bukilish radiusining kamayishi, tolani ruxsat etilgandan ortiq bukish optik impulslarning tola qobig‘i orqali sochilish effektini oshiradi [17].
    Ishlab chiqaruvchilar tomonidan kabelning minimal bukish radiusi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Kabel (g‘altak) g‘altakka o‘ralganda, albatta g‘altak radiusi bo‘yicha bukiladi.
    Binolarda kabel yotqizilganda, u bino burchaklarida bukilishi mumkin. Kabelni yotqizuvchi bukish radiusini minimal ruxsat etilgan qiymatdan kamaytirmasligi, ortiqcha bukmasligi kerak. Tolali optik kabelni ruxsat etilgan chegaradan kuchli bukib, kabelni yaroqsiz qilish, hattoki kabelda tolalarning uzilishiga olib kelish mumkin.
    Bu ham tola so‘nishining oshishiga sezilarli ta’sir etishchi mumkin. 2.16-a rasmda makrobukilishlar ko‘rsatilgan [14].


    68


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Mikrobukilishlar — bu ishlab chiqarish jarayonida tola o‘zagi gcoinetriyasining mikroskopik o'zgarishi, tolaning etarli tekis boMmagan tashqi himoya qoplamalari bilan qoplanishi natijasida o'zakning o‘q markazida joylashmasligi, o‘qqa nisbatan qiyshiq joy lash ishi, ya’ni tolaning mukammal emasligidan yuzaga kcladi.


    Mikrobukilishlar kabeldagi yo‘qotishlarini oshiradi. Bu yo‘qo- tislilar juda katta bo‘lishi va ba’zi hollarda 100 dB/km dan ham oshishi nnimkin. Mikrobukilishlar 2.16-b rasmda ko‘rsatilgan [14].








      1. rasin. Oplik tolaning makrobukilishlari (a) va
        mikrobukilishlari (b)



    Lshlab chiqarilgan optik tolaning mukammal emasligi, tola gcoinetriyasining o‘zgarishlari tolalami oson, tez va sifatli payvand- lanmasligiga olib keladi. Payvandlash va tolalarni ulashda yo‘qo- (ishlarga olib olib keladigan sabablar quyidagilar:

    • tola o‘zaklari o‘lchamlarining moslashmaganligi;

    • tolalarning sindirish ko‘rsatkichlarining farqlanishi;

    • tolalarni ulashda uzunasiga o‘qlarning chatishmasligi;

    • tolalarning burchak aperturalarining farqlanishi;

    • tolalarning zich ulamaslikdan havo pufakchalarining hosil bo‘lishi.

    Bu omillarning barchasi so‘nish va yo‘qotishlarni oshiradi. So‘nish va yo'qotishlarni kamaytirish uchun ishlab chiqarish jarayonida tola geometriyasining yuqori aniq bo‘lishiga katta e’tibor berish kerak.
    Buning uchun ishlab chiqarishda o‘zakni qobiq shishasida markazlashgan holda joylashishi ishlab chiqarilgan tolalarning diametrlarining bir xil bo‘lishi va tolaning bukilishlariga katta talablar qo'yiladi.






    69


    www.ziyouz.com kutubxonasi





    Optik tolaning to‘liq so'nish koeffitsiyentini aniqlash uchun yuqorida aytib o'tilgan barcha omiLlar e’tiborga olinishi kerak (2.17 -rasm) [17].


    t , Tuzilishdagi nobirjinslik
    lash m alar


    Ulanishlar


    1 I ! >

    Download 1 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   160




    Download 1 Mb.