-bo‘lim OPTIK ALOQA TIZIMLARINING AKTIV ELEMENTLARI




Download 1 Mb.
bet37/160
Sana13.01.2024
Hajmi1 Mb.
#136728
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   160
Bog'liq
Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

2-bo‘lim
OPTIK ALOQA TIZIMLARINING AKTIV
ELEMENTLARI



3-bob. OPTIK ALOQA TIZIMLARIDA
QO‘LLANILADIGAN YORUG‘LIK M AN B A LA RI


    1. Optik aloqa tizimlarida qo‘llaniladigan yorug‘lik manbalariga qo‘yiladigan talablar va ularning turlari

Tolali optik aloqa tizimlarida elektr signalini yorug'lik signaliga o'zgartirib uzatuvchi optoelektron moduli tomonidan amalga oshiriladi.
Yorug‘lik manbayi uzatuvchi optoelektron modulning asosiy elementi hisoblanadi, aynan shu element yordamida bu modul kirishidagi elektr signallari uning chiqishida yorug‘lik signallariga o‘zgartirib beriladi.
Tolali optik aloqa tizimlarida qo‘llaniladigan yorug‘lik manba­lariga quyidagi talablar qo'yiladi:

  • yorug‘lik manbayi optik kabelning ko'ndalang kesimiga muvofiq o‘lchamlarga ega bo‘lishi kerak;

  • signalni uzoq masofaga uzatish uchun yorug'lik manbayi yetarli darajada katta quwatga ega bo‘lishi kerak;

  • nurlanish quwatining yorug‘lik manbayidan chiqishidagi yo‘qotishlami imkon qadar kamaytirish uchun yorug'lik manbayi optik zichligi bo‘yicha optik tola bilan muvofiqlashgan bo‘lishi, boshqacha aytganda, uning sindirish ko'rsatkichi optik tolaning sindirish ko'rsatkichiga yaqin bo'lishi kerak;

  • yorug‘lik manbayining nurlanishi optik tolaning shaffoflik «darcha» laridan biriga mos kelishi kerak. Hozirgi kunda qo‘llanishda bo'lgan optik tolalarda yorug'likning tarqalish jarayonida yutilishi va boshqa turdagi yo‘qotishlar juda kam sodir bo'ladigan uchta ana shunday «darcha» mavjud. Ularning markazlari quyidagi to‘lqin uzunliklariga mos keladi: X=850 nm; X=1300 nm; 2 = 1550 nm;

  • axborotlarni talab etilgan tezliklarda uzatishni ta’minlash uchun yorug'lik manbayi yetarli darajada katta modulyatsiya chas- totalarida ishlay olishi kerak;


82


www.ziyouz.com kutubxonasi


  • haroratning o'zgarishlari yorug‘lik manbayi ishiga imkon qadar kam ta’sir qilishi kerak;

  • yorag‘lik manbayining tannarxi nisbatan arzon bo‘lishi kerak;

  • yorug‘lik manbayining xizmat muddati yetarii darajada katta bo'lishi kerak.

Bugungi kunda tolali optik uzatish tizimlarida bu talablar majmuiga javob beradigan yorug'lik manbalarining ikki turi — yarimo‘tkazgichli yorug‘lik diodlari va injeksion lazer diodlaridan foydalaniladi. Quyida ularning ish mexanizmlari, xarakteristikalari va parametrlarini batafsil ko‘rib chiqamiz.


    1. Download 1 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   160




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bo‘lim OPTIK ALOQA TIZIMLARINING AKTIV ELEMENTLARI

Download 1 Mb.