2.5.6. Dispersiyani kamaytirish usullari
Dispersiya qiymatlari minimal bo‘lgan DSF, NZDSF tolalarini qo'llash dispersiyani kamaytirish usullaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi tolali optik aloqa liniyalarida eng ko‘p yotqizilgan bu SF - standart tolali kabellardir. SF tolalarida yuqorida aytib o'tilgandek xromatik dispersiya qiymati katta. Standart tolali ka- bellarni olib tashlab, o‘rniga dispersiya qiymati kichik bo‘lgan DSF, NZDSF tolali optik kabellami yotqizish iqtisodiy jihatdan qimmatga tushadi. Shuning uchun bu usuldan yangi qurilayotgan tolali optik aloqa liniyalarini tuzishda foydalangan ma’qul.
Eng ko‘p yotqizilgan standart tolali kabellar bo‘lgani uchun, bu tolalar qo‘llanilganda DSF (Dispersion Compensating Fiber) dispersiyani kompensatsiya qiluvchi tolallardan foydalanish kerak.
DSF — dispersiyani kompensatsiyalovchi tolalardan, asosan, xromatik dispersiyani kamaytirishda, regeneratsiyalash seksiyasi uzunligini oshirishda, past tezlikdan yuqori tezlikli tizimlarga o‘tishda, to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOATda
77
www.ziyouz.com kutubxonasi
foydalaniladi. DSF tolalarida dispersiya qiymati manfiy katta | qiymatlarga ega bo‘ladi. Xromatik dispersiyasi musbat ishchi tolaga I dispersiyasi manfiy DSF tolalarini ulash natijasida dispersiya nolga yaqinlashadi, ya’ni kompensatsiya qilinadi (2.23-rasm).
DSF tolalari «Corning», «Lucent Technologies», «Sumitomo J Electric» kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
Lekin DSF tolalarini qo'llash bir qancha muammolarni tug‘- diradi:
dispersiyasi musbat va manfiy turli tolalami ulash, montaj va ta’mirlashni murakkablashtiradi;
DSF tolalari ishchi tolaga qaraganda katta yo‘qotishlarni yuzaga keltiradi, bu yo‘qotishlar a= 0,4 — 1,0 dB/km bo‘lib, uzatish liniyasining umumiy yo‘qotishlariga qo‘shiladi;
10 — 12 km ishchi tolaning dispersiya qiymatini kompensa- tsiyalash uchun 1 km atrofida DSF tolalari talab etiladi;
nochiziqli effektlarning oshishiga olib keladi.
Kompensatsiyalash samarali bo‘lishi uchun ishchi tolaning umumiy dispersiya qiymati va DSF tolasining dispersiya para- metrlarini o‘lchash kerak.
Kamchiliklarni yo‘qotish maqsadida DSF tolalari maxsus modullarga joylashtirilib, ular uzatish tizimlarining ustunlariga yoki
D, Ps/nm-km
80 -
60-
40 —
20 —
0-'
-20-
-40 -
-60-
-80 —
-100-
Standart bir modali tola (G652)
—I 1 1 1 1 >
1530 1540 1550 1560 1570
Dispersiyani kompensatsiyalovchi tola
rasm. DSF yordamida dispersiyani kompensatsiyalash
78
www.ziyouz.com kutubxonasi
optik kuchaytirgichlarning 1 va 2 kaskadlari orasiga qo‘yiladi. Bu dispersiyani kompensatsiyalovchi modullar DCM (Dispersion Sompensating Module) deyiladi. Dispersiyani kompensatsiya qiluvchi modullarning DCM o‘lchamlari har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, «Corning» В turdagi modullari 235x235x40 mm, D turdagi 267x267x40 mm, C turdagi 278x432x44mm, «Sumitomo» fir- masining 228x202x41 mm.
Lekin, DCM qo‘llanilganda ham kamchiliklar mavjud:
qo‘shimcha yo‘qotishga olib keladi;
qutblangan moda dispersiyasi QMD qiymati oshib ketadi.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tizimlarda va yuqori tezlikli tizimlarda QMD qutblangan moda dispersiyasi 0,1 — 0,2 ps/km — 1/2 dan oshmasligi kerak.
DCM modullari qo‘llanganda yuqoridagi kamchiliklarni e’ti- borga olish zarur.
2.6. Tolali optik kabcllar va ularning turlari
Vazifasiga ko‘ra tolali optik kabellar (TOK) magistral, hududiy va shahar kabellariga bo'linadi. Yotqizish sharoitlariga bog‘liq holda stansiya va liniya optik kabellari telefon kanalizatsiyasi kanallari, grunt, suv ostida yotqiziladigan; ustunlarga osiladigan turlarga bo‘linadi.
Tolalarning tuzilishiga ko‘ra monotolali va jgutli TOK ga bo‘li- nadi. Aloqa texnikasida faqat monotolali TOK qo‘llaniladi. Optik tolani tayyorlash uchun ishlatilingan materialga bog‘liq holda, «kvars-kvars» (OTning o‘zak va qobig‘i kvarsdan tayyorlangan) va «kvars-polimer» (ОТ o‘zagi kvarsdan, qobiq esa polimerdan tayyorlangan) turdagi TOK bo'lishi mumkin. Liniya kabellari uchun faqat «kvars-kvars» turdagi ОТ qo‘llaniladi.
ОТ ni birlamchi mustahkamlovchi himoya qoplama materialiga bog‘liq holda, polietilen, poliamid, seiikon, epitaloksial va epok- siakrilat qoplamali kabellarga boMinadi. Liniya TOK da, asosan, epoksiakrilat qoplamali ОТ, stansiya kabellarda polietilen qoplamali ОТ qo‘llaniladi. ОТ qaysi to‘lqin uzunligiga mo‘ljallanganligiga bog‘liq ravishda 0,85; 1,3 va 1,55 mkm toTqin uzunliklarida ishlaydigan TOK ga bo‘linadi.
79
www.ziyouz.com kutubxonasi
|