• Qutblangan moda dispersiyasining hosil bo‘lishi
  • Qutblangan moda dispersiyasi




    Download 1 Mb.
    bet33/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    Qutblangan moda dispersiyasi

    Bir modali optik tolalarda, asosan, bitta asosiy moda uzatiladi. Biroq, qutblanishni hisobga olsak, bir modali tolalarda ikkita moda uzatiladi. Ular boshlang‘ich asosiy modaning o‘zaro perpendikulyar


    75


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    qutblangan гккг tashkil etuvchilaridir. Bu tashkil etuvchilaridan biri dominant hisoblanib, gorizontal X o‘qi bo'ylab, ikkinchisi vertikal yuzadan Y o‘qi bo‘ylab tarqaladi. X o‘qidan uzatilgan moda Y o‘qidan uzatilgan modaga nisbatan tez yetib borgani uchun Xo‘qini «tez uzatadigan o‘q», Yo‘qini «sekin uzatadigan o‘q» deyiladi.


    Signal ideal aniq geometriyaga ega toladan uzatilganda edi, modalar qabul qiluvchi punktga bir xil tezlik va bir xil vaqtda yetib borardi. Lekin, amaliyotda tolaning geometrik noidealligi, shuning- dek, turli mexanik va optik omillar tufayli sindirish ko‘rsatkichlari assimetriyasining yuzaga kelishi sababli ikki o‘zaro perpendikulyar qutblangan modalar vaqt bo'yicha turlicha kechikishi natijasida turli tezliklarda tarqaladi. Tola chiqishida boshlang‘ich signalling asosiy modasi buzilgan holda yetib keladi. Ikki o‘zaro perperdikulyar qutblangan tashkil etuvchi modalarning turli tezliklarda tarqalishidan boshlang‘ich signalning buzilgan holda qabul qilinishi qutblangan moda dispersiyasi (QMD) deyiladi.
    2.21-rasmda QMD hosil bo‘lishi ko'rsatilgan [17].
    QMD hosil bo‘lishiga asosiy sabab — bu tola o‘zagi geo- metriyasining buzilishi va noidealligidir. Tola о‘ zagin ing noidealligi (ovalligining buzilishi), tola geometriyasining o‘zgarishi ishlab chiqarish yoki foydalanish jarayonlarida yuzaga keladi. Shuningdek, tolaning bukilishlari, tolani jo‘natish uchun maxsus g‘altaklarga o‘rash, so‘ng uni yotqizishdagi mexanik harakatlar tola profili yoki o‘zakning qobiq markazida joylashuvini buzadi va tola defor- matsiyasiga olib keladi, bularning barchasi ham tola geomet­riyasining o‘zgarishiga ta’sir etib, qutblangan moda dispersiyasining hosil bo'lishiga olib keladi.
    Qutblangan moda dispersiyasi pikosekund (ps) da o‘lchanadi. Tola defektlarining qo'shilishi va qutblangan moda dispersiyasi bilan o‘zaro ta’sirda bo'lishi natijasida seksiyadan seksiyagacha signal yetib borguncha qutblangan moda dispersiyasi ortib boradi. Tolani xarakterlovchi bunday holdagi qutblangan moda dispersiyasi ps/nm-1/2 da o‘lchanadi. Bir necha seksiyalardan iborat trassa uchun har bir uchastkalarga mos keluvchi qutblangan moda dispersiyalarining o‘rtacha kvadratik yig'indisini qo‘llash kerak.
    Tolali optik aloqa tizimlariga qutblangan moda dispersiyasining ta’siri ushbu hollarda oshadi:


    76


    www.ziyouz.com kutubxonasi







    2.22-rasm. Qutblangan moda dispersiyasining hosil bo‘lishi


    • kanalda uzatish lezligi oshganda;

    • regeneratorlar orasidagi masofa uzaytirilganda;

    • kanallar soni oshganda (DWDM) — zich to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tcxnologiya qo‘llanilganda.

    Tolani ishlab chiqarish jarayonini qat’iy nazoratga olish bilangina qutblangan moda dispersiyasi qiymatini kamaytirish mumkin.



    Download 1 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   160




    Download 1 Mb.