• Getero tuzilishli yomglik diodining energetik diagrammasi
  • Getero tuzilishli va super nurlanuvchi yorug‘lik diodlari




    Download 1 Mb.
    bet45/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    Getero tuzilishli va super nurlanuvchi
    yorug‘lik diodlari


    Yorug‘lik diodining nurlanish samaradorligini oshirish va nurlanish sohasi o‘lchamlarini ixchamlashtirish uchun getero o'tishli tuzilmalardan foydalaniladi. Bunday tuzilmalarda yorug‘lik diodining emitter va baza sohalari man etilgan energetik sohalarining kengligi o'zaro farq qiluvchi turli xil yarimo‘tkazgichlardan tay- yorlanadi. 3.9-rasmda ana shunday tuzilishga ega bo‘lgan yorug'lik diodining energetik diagrammasi keltirilgan.
    Energetik diagrammadan ko'rinadiki, yorug‘lik diodi to‘g‘ri ulanganda elektronlar uchun energetik to‘siqning balandligi kovak- lar uchun potensial to'siqning balanligidan kichik bo‘ladi.





    3.9-rasm. Getero tuzilishli yomg'lik diodining energetik diagrammasi


    Shu sababdan elektronlarning л-emitter sohasidan p-baza so- hasiga injeksiyasi kovaklarning teskari yo‘nalishdagi injeksiyasiga qaraganda ko‘proq bo‘ladi.


    98


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    I




    Natijada elektronlaming kovaklar bilan rekombinatsiyasi tufayli yuzaga keladigan nurlanish baza sohasining p-n o‘tishga yondosh yupqa qatlamida yuz beradi. p-baza sohasi sindirish ko‘rsatkichining «-emitter sohaning sindirish ko‘rsatkichiga nisbatan biroz kattaligi bu tadbir samaradorligining ortishiga ko‘maklashadi.
    Getero o‘tishli diodlarda ularga qo'yilgan katta kuchlanishlarda o‘tkazuvchanlik energetik sohasidagi elektronlar konsentratsiyasi valent energetik sohasidagi yuqori energetik sathlardagi elektronlar konsentratsiyasidan katta bo‘lib qolishi, ya’ni mazkur energetik sathlarning teskari egallanganligiga erishish mumkin. Bu holda spontan o‘tishlar hisobiga hosil bo‘lgan yorug‘lik kvantlari — fotonlaming qisman yutilishi tufayli majburiy nurlanishning vujud- ga kelishi va bu nurlanishning kuchayishi hodisasi kuzatiladi. Natijada nurlanish quwati va uning spektral tarkibi o‘zgaradi. Bu turdagi yorug‘lik diodlari superluminessent diodlar degan nom olgan.


        1. Download 1 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   160




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Getero tuzilishli va super nurlanuvchi yorug‘lik diodlari

    Download 1 Mb.