|
Yorug‘lik diodining degradatsiyasi
|
bet | 43/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)Yorug‘lik diodining degradatsiyasi
Yorug‘lik diodining foydalanish nuqtayi nazaridan muhim xususiyatlaridan biri uning degradatsiyasi (eskirishi), ya’ni to‘g‘ri yo‘nalishda uzoq vaqt davomida oqib o‘tadigan tok ta’sirida nurlanish quvvatining asta-sekin kamayishi bilan bog'liq. Bu hodisaning mohiyati shundaki, konentratsiyasi nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada kam bo‘lgan kiritmalaming, jumladan, mis, oltin, nikel va boshqa elementlar atomlarining p-n o‘tish elektr maydcmidagi siljishi nurlanishsiz rekombinatsiya markazlari . -konsentratsiyasining ortishiga olib keladi. Shuningdek, nurlanuvchi markazlarning bir qismi kristall panjaraning tugunlaridan tugun- lararo oraliqqa siljib qoladi va shu tariqa dezaktivatsiyalanadi (nurlanmaydigan bo‘lib qoladi). Tajribadan aniqlanishicha, yorug‘lik diodi nurlanish quvvatining kamayishi quyidagi eksponensial qonun bo‘yicha ro‘y beradi:
Лин(0 = Лш1-(0) exp (- // t dcgr), (3.10)
bunda Pnun(0) — boshlang‘ich nurlanish quvvati, idegr. — degradatsiya jarayoni tezligini tafsivlovchi vaqt doimiysi, u nurlanish quvvatining e marta kamayishi ro‘y beradigan vaqtni ko‘rsatadi.
Ko‘pchilik yorug‘lik diodlari uchun bu kattalikning qiymati 10M06 soatni tashkil etadi.
Yorug‘lik diodining parametrlari
Yorug‘lik diodlari ulardan foydalanish nuqtayi nazaridan quyidagi parametrlar bilan tafsivlanadi:
96
www.ziyouz.com kutubxonasi
to‘g‘ri tok /to-gri ning berilgan qiymatlariga mos kelgan nurlanish quwati PnUrt;
ulanish va uzilish vaqtlari Tuian? Tuzilj
yo‘nalganlik diagrammasi P(0);
xizmat muddati.
|
| |