|
Tanga pullarning rivojlanish tarixiBog'liq Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Tanga pullarning rivojlanish tarixi.
Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda
dastlabki tanga pullar Xitoy mamlakatida va qadimgi Lidiya xonligi davrida
miloddan oldingi YII asrda paydo bo’lganligini ta’kidlaydi. Manbalarga ko’ra,
birinchi oltin pullar bizning eramizgacha bo’lgan YII asrda Lidiya shohi Gigesning
buyrug’i bilan zarb etilgan. Oltinga o’zining tasvirini tushurib zarb ettirgan birinchi
shoh Aleksandr Makedonskiy hisoblanadi. O’sha davrda oltinning qiymati uning
probasi va og’irligi bilan o’lchanar edi. AQShda monetalar 1793 yilda zarb etilgan,
shu davrga qadar va undan keyin uzoq muddat davomida mamlakatda xorijiy
mamlakatlarning tangalari to’lov vositasi sifatida amal qilgan. Mamlakatda ayrim
xorijiy tangalar 1857 yilgacha to’lov vositasi sifatida muomalada ishtirok etgan.
Muomalada oltin tangalar to’lov vositasini bajarganda ular haqiqiy pul sifatida
o’zining sohibiga iqtisodiy zarar keltirmaydi va avtomatik ravishda boshqarilib
turish xususiyatiga ega bo’lgan. Ya’ni, ularni xozirgi paytdagi kabi qog’oz pullarni
emissiya orqali tartibga solib turishga ehtiyoj bo’lmagan. Agar oltin tangalarning
hajmi ehtiyojdan ortib ketadigan bo’lsa, ular boylik sifatida avtomatik tarzda
jamg’armaga o’tadi, aksincha bo’lganda esa to’lov vositasi sifatida muomalaga
chiqadi. Shu bois ham oltin tangalar to’lov vositasini bajargan paytda pul tizimini
tartibga solish apparati va pul kredit siyosatini amalga oshirishga ehtiyoj
bo’lmagan.
Xulosa qilib aytganda, pulning vujudga kelishi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarini rivojlanishi va takomillashib borishi bilan bevosita bog’liq bo’lib,
bularning ichida kishilar o’rtasida mehnat taqsimotining paydo bo’lishi muhim
ahamiyat kasb etadi.
Nazorat savollari:
1. Pulning mohiyat va xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Qiymatning oddiy yoki tasodifiy shaklini tushuntiring.
3. Qiymatning umumiy shaklini tushuntiring.
4. Qiymatning to’la yoki kengaygan shaklini tushuntiring.
|
| |