125
15- Mavzu: Banklarning mohiyat
.
Reja:
1. Bozor munosabatlari sharoitida bank faoliyati.
2. Banklarning kredit munosabatlari.
3. Bank turlari
Tayanch so’zlar:
Bozor, subyektlar,kapital, bozor iqtisodiyoti
,
mijoz
Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanadi, u 1694 yilda
aksioner bank sifatida tashkil bo’lgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida
banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil bo’lgan.Natural xo’jalik
munosabatlarining tugashi, savdo-sotik munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-
kitoblar olib borishga, kredit tizimini rivojlanishiga yo’l ochdi.
Ssuda kapitalisti asosan o’z bo’sh mablag’ini karzga
berib ssuda foizi sifatida
daromadga ega bo’lsa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag’larni kreditga
berib foydaga ega buladi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo’sh
pul mablag’larini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablag’ni jamlab uni xarakatini
boshqaradi. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatini takomillashuvi ularni maxsus
korxonalar - kredit muassasalariga aylanishiga olib keldi.Bozor munosabatlari
sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning muhim subyekti hisoblanadi.
Banklar bozor munosabatining boshqa subyektlaridan farq qilib pul bilan ishlovchi,
vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini yig’uvchi, uni unga ehtiyoj sezgan
subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul mablag’larini samarali
ishlatish asosida o’z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi subyekt
hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida
kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlab j a m i y a t ning ravnaq topishiga,
iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a’zolari farovonligiga zamin yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi
banklar oldida yangidan-yangi operasiyalar bajarishga imkoniyat ochib beradi.
Shuning uchun ham Respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi
zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug’ildi.
O’zbekiston Respublikasi “Bank siri to’g’risia”gi qonunning 3-moddasiga binoan
quyidagilar bank siri hisoblanadi:
-
o’z mijozlarining (vakillarining)
operasiyalari, hisob varaqlari, va
omonatlariga doir ma’lumotlar
-
bank o’z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko’rsatishi
munosabati bilan
mazkur mijoz (vakil) to’g’risida olgan ma’lumotlar
-
mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki,
uning xususiyati va qiymati haqidagi ma’lumotlar
-
mijoz (vakil) topshirigiga binoan yoki uning foydasini ko’zlab
amalga
126
oshirilgan banklararo operasiyalar va bitimlar to’g’risidagi ma’lumotlar
-
bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o’rtasida muomilada
bo’lishi natijasida ma’lum bo’lib qolgan boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir
ma’lumotlar.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar mijozning (vakilning) o’ziga, u vakolat
bergan vakillarga, shuningdek hisob palatasiga (uni zimmasidagi vazifaga kirsa),
tergov, prokuratura va surushturuv organlariga (tergovchi va surushtiruvchining
asoslangan qaroriga ko’ra qo’zg’atilgan jinoyat ishi mavjud bo’lganda)
taqdim
etiladi. O’zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon talabiga mos
keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo’lish, xo’jaliklar va
aholining
bo’sh turgan mablag’larini jalb qilish va uni samarali taqsimlash asosida aholining
talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yahshilashga
erishishdan iborat.