127
1. Professional ta’lim muassasalarida oʻquvchilar bilimini baholash va nazorat
qilish: joriy baholash, oraliq va yakuniy nazoratlarni oʻtkazish orqali amalga
oshiriladi.
Joriy baholash
– oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan
oʻtkazilayotgan mashgʻulotlar davomida oʻquvchilar bilimini nazorat qilishda turli
usullardan (yozma ish, ogʻzaki soʻrov, test, munozaralar, amaliy topshiriqlar,
mustaqil vazifalarni bajarish va b.) foydalanish orqali baholash hisoblanadi.
Oʻquvchilar bilimini joriy baholashda oʻquvchilarning topshiriqlarni bajarishi,
ularning faolligi hamda davomati inobatga olinadi.
Oraliq nazorat
− tegishli fan dasturlarining xususiyatidan kelib chiqib,
dasturning muayyan bir boʻlimi (qismi) tugallangandan keyin semestr davomida
oʻquvchilar bilimini baholash shakli hisoblanadi.