|
O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallarBog'liq Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiKreditning obyekti
- bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga
beriladiganvaqtincha bo’sh bo’lgan qiymatdir. Boshqacha aytganda kredit aynan qaysi
maqsad uchun berilsa, shu kredit obyekti hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida banklar
dehqonchilik va chorvachilik harajatlari - mineral o’g’it, yoqilg’i va moylash
materiallari va boshqa xarajatlar kreditlanadi. Kredit munosabatlarining subyektlari
bo’lib qarz beruvchi banklar, moliyaviy muassasalar va qarzdor (qarz oluvchi)lar
hisoblanadi.
Boshqacha aytganda
kreditlash subyektlari
bo’lib davlat korxona va tashkilotlari,
qurilish tashkilotlari, savdo tashkilotlari, fermer xo’jaliklari, yakka mehnat faoliyati
bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar, qo’shma korxonalar, mikro firmalar, birlashmalar,
tijorat banklar va boshqalar hisoblanadi.
Yuqoridagi subyektlar kredit oluvchi sifatida faoliyat ko’rsatsa, tijorat banklari yoki
boshqa kredit muassasalari kredit beruvchi subyekt sifatida namoyon bo’ladi.
Nazorat uchun savollar:
1.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida kreditning mohiyat va zaruriyligi
nimalardan iborat?
2.
Kreditning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmun va mohiyat
nimalardan iborat?
3.
Kredit rivojlanishining asosiy bosqichlarini tushuntiring.
4. Kreditning asosiy funksiyalari nimalardan iborat?
Tavsiya etilgan adabiyotlar.
1.O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi
2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuni.
2.Abdullayev A.J,Qayumova Z.A va boshqalar.Pul va banklar. Durdona-2021 yil
3.Omonov A.A., Maratov M.D. Pul va pul muomalasi. O’quv qo’llanma.
T: 2008, “Akademiya” nashriyoti.
Fan bo’yicha o’quvchilarni o’zlash tirish,baholash mezonlari.
- 5 ―”A’lo”:
amaliy faoliyatni tog’ri bajarilishi (manipulyatsiyalar, modellar,
ko’nikmalar va hokazo) 90-100% ga bajarish;
- 4 ―”Yaxshi”:
amaliy faoliyatni (manipulyatsiyalar, modellar, ko’nikmalar va bosh
qalarni) bajarish algoritmiga muvofiq 75-89 foizga bajarish;
-3 ―”Qoniqarli”:
amaliy faoliyatni bajarish algoritmiga muvofiq talab qilinadigan
ishturlarini (manipulyatsiyalar, modellar, ko’nikmalar va h.k) 60-74 foizga bajarish;
- 2 ―”Qoniqarsiz”:
kerakli ishturlarini algoritmini bajarish ketma-ketligini sezilarli
darajada buzilishi, amaliyot davomida topshiriqlarni to’g’ri bajarishga intilmaslik;
|
| |