• Kreditning funksiyasi
  • O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/153
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,02 Mb.
    #252922
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   153
    Bog'liq
    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

    Kreditning imkoniyati 
    - shu bilan bog’liqki, korxonalar maxsulot sotishda, xodimlar 
    bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarda, jismoniy va yuridik shaxslar o’z pullarini 
    banklarda saqlashi va boshqa holatlar vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larining 
    mavjudligiga olib keladi va uni kreditga ehtiyoji bo’lgan sub’yektlarga vaqtinchalik 
    muddatga berish imkoniyati mavjud.Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning 
    ahamiyatini oshishi quyidagilar bilan bog’liq: 
    -Naqd puldan foydalanishni kamaytirib, muomila xarajatlarini, pul emissiyasini 
    kamayishini ta’minlaydi. 
    -Korxonalar va aholining vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari kredit muassasalarida 
    saqlanishi tufayli ulardan unumli foydalanish ta’minlanadi. 
    Bank muassasalariga to’plangan pullar xalq xo’jaligi tarmoqlari, korxonalarning 
    asosiy va aylanma mablag’larining to’ldirishning qarzga olingan manbai sifatida muhim 
    ahamiyatga ega. Kredit tufayli xo’jaliklar o’rtasidagi shartnoma majburiyatlarining 
    bajarilishi ta’minlanadi, maxsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining uzluksizligi 
    ta’minlanadi va boshqalar. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda kreditning o’rni va roli u 
    bajarayotgan funksiyalar bilan aniqlanadi. 
    Kreditning funksiyasi 
    - bu kreditning iqtisodiyotdagi faoliyatining muayyan 
    ravishda namoyon bo’lishidir.Kreditning mohiyat uning funksiyalarida yanayam 
    yaqqolroq namoyon bo’ladi. Kreditning funksiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda 
    turlicha va miqdorda keltiriladi. Ayrim adabiyotlarda iqtisodchi-olimlar kreditning 
    funksiyalarini beshta ekanligigini ta’kidlashsa, ayrimlarida uning funksiyalari ikkitadan 
    iboratligiga da’vogarlik qiladi. Iqtisodchi - olimlarning kredit funksiyalari haqidagi 
    fikrlariga, shuningdek, kreditning tovar-pul munosabatlari va ijtimoiy - iqtisodiy 
    jarayonlardagi ishtirokiga tayangan holda, uning qayta taqsimlash (1), muomala 
    jarayonini tezlashtirish (2), pullarni muomalaga chiqarish va naqdlashtirish (3) hamda 
    pul kapitalini jamg’arish va markazlashuvini jadallashtirish (4) funksiyalarini 


    112 
    bajarishini ta’kidlash mumkin. 

    Download 4,02 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   153




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar

    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish