• №14-MAVZU: DASTURIY HIMOYALASH ELEMENTLARI
  • O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami axborot xavfsizligi toshkent – 2023




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/113
    Sana26.01.2024
    Hajmi7,03 Mb.
    #146272
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113
    Bog'liq
    2 Axborot xavfsizligi Anvardinov Jasurbek


     


    • O‘quvchilar tomonidan yangi mavzu yuzasidan 
    fikrlari bayon etiladi 
    • O‘quvchilar tomonidan berilgan fikr bayonlariga 
    misollar keltiriladi 
    • O‘quvchilar tomonidan ko‘rsatilgan sabablarni isbotlab 
    misollar keltiriladi 
    • O‘quvchilar tomonidan berilgan fikrlar 
    umumlashtiriladi. 


    №14-MAVZU: DASTURIY HIMOYALASH ELEMENTLARI 
    Reja: 
    1.Funksional vazifasiga ko‘ra axborotlarni muhandis-texnik himoyalash 
    vositalari 
    2.Axborotlarni himoyalashni apparat vositalari 
    3.Dasturiy vositalar 
    Funksional vazifasiga ko‘ra axborotlarni 
    muhandis-texnik himoyalash 
    vositalari quyidagi guruhlarga ajratiladi: 
    1. Fizik vositalar. Bu vositalarga mexanik, elektromexanik, elektron, 
    elektronoptik, radio- va radiotexnik va boshqa qurilmalar mansub bo’ladi. Bu 
    vositalarning vazifasi axborotlarga ruxsatsiz kirishni va tajouzkorlikni boshqa 
    mumkin bo‘lgan harakatlarni oldini olishdan iborat. Bu vositalar quyidagi 
    vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi: 
    • 
    korxona hududini qo‘riqlash va uni kuzatish uchun; 
    • 
    binolarni qo‘riqlash va uni nazorat qilish uchun; 
    • 
    jihozlarni, mahsulotlarni, moliyaviy natijalar va axborotlarni qo‘riqlash 
    uchun; 
    - bino va inshoatlarni nazorat qiluvchi vositalarga kirishni himoya qilish 
    uchun. 
    Barcha obyektlarni himoya qilishni fizik vositalarini uchta kategoriyaga 
    ajratish mumkin: 
    ogohlantirish vositalari (obyekt o‘ralgan devorlar); tahdidni aniqlash 
    vositalari (signalizasiya va kuzatish uchun o‘rnatilgan televizorlari) va tahdidni 
    bartaraf qilish tizimlari (o‘t o‘chirish vositalari) 
    Umuman olganda bu kategoriyalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
    • 
    qo‘riqlash va qo‘riqlash-o‘t o‘chirish tizimlari; 
    • 
    qo‘riqlash televizorlari; 
    • 
    qo‘riqlash yoritgichlari;
    • 
    - fizik himoyalash vositalari; 
    • 
    - apparat vositalari. 
    2. Axborotlarni himoyalashni apparat vositalari 
    Axborotlarni himoyalashni apparat vositalari quyidagi vazifalarni amalga 
    oshirishga imkoniyat beradi: 
    • 
    axborotni 
    ruxsatsiz chiqib 
    ketish kanallarini aniqlash
    maqsadida 
    texnik vositalarni maxsus tekshiruvlardan O‘tkazish; 
    • 
    turli hil obyektlarni axborotlarni ruxsatsiz chiqib ketish kanallarini 
    aniqlash; 
    • 
    axborotni ruxsatsiz chiqib ketishi aniqlangan kanallarini lokallashtirish 


    (ajratib olish); 
    • 
    sanoat shipionaji vositalarini qidirish va aniqlash; 
    • 
    konfidensial bo‘lgan axborotlar va boshqa manbalarga ruxsatsiz kirishga 
    qarshi harakatlarning konfidisial bo‘lishi. 
    3. Dasturiy vositalar. 
    Axborotlarni dasturiy himoyalash – bu axborotlarni himoya qilish vazifasini 
    amalga oshiruvchi maxsus dasturlar tizimidir. Konfidensial axborotlarning 
    xavfsizligini ta’minlovchi dasturlari quyidagi yo‘nalishlarga ajratilib ko‘rsatiladi: 
    • 
    axborotlarni ruxsat berilmagan kirishlardan himoyalash; 
    • 
    axborotlarni nusxa olishdan himoyalash; - axborotlarni viruslardan 
    himoyalash; 
    - aloqa kanallarini dasturiyimoyalash. 
    Axborotlarni ruxsat berilmagan 
    kirishlardan himoyalashni dasturiy 
    vositalarini bajaradigan funksiyalari quyidagilardan iborat bo’ladi: 
    • 
    obyektlar va subyektlarni identifikasiyalash; 
    hisoblash resurslari va axborot resurslariga kirishga cheklovlar O‘rnatish; - 
    axborot va dasturlar bilan bo’ladigan harakatlarni nazorat va registrasiya qilish. 
    Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari axborotlar xavfsizligini 
    ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining dasturiy ta’minoti 
    tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlardir. Kompyuter viruslaridan va boshqa 
    dasturlar ta’siridan va o‘zgartirishlardan himoyalanish, kompyuter tizimlarida 
    axborotlarni qayta ishlash jarayonini himoyalashning mustaqil yo‘nalishlaridan 
    hisoblanadi. Ushbu xavfga etarlicha baho bermaslik foydalanuvchilarning 
    axborotlari uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 
    Tarmoqning xavfsizligi undagi barcha kompyuterlarning va tarmoq 
    qurilmalarining xavfsizligi bilan aniqlanadi. Buzg‘unchi tarmoqning biror-bir 
    tashkil etuvchisining ishini buzish orqali butun tarmoqni obro‘sizlantirishi 
    mumkin. 
    Hamma foydalanayotgan tarmoqdan kelib chiqayotgan tahdidlarni 
    blokirovkalash uchun 
    «tarmoqlararo ekran» (Firewall) deb nomlanuvchi dasturiy va apparat- 
    dasturiy vositalardan foydalaniladi. 
    Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari deganda, faqatgina 
    axborotlar xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining 
    dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlar tushuniladi. 
    Axborotlarni muhofaza qilishning asosiy dasturiy vositalariga quyidagilarni 
    kiritish mumkin: 
    – 
    kompyuter tizimlarida foydalanuvchilarni identifikatsiyalovchi va 
    autentifikatsiyalovchi dasturlar; 
    – 
    kompyuter tizimlari resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlarini 
    cheklovchi dasturlar; – axborotlarni shifrlovchi dasturlar; 
    – 
    axborot resurslarini (tizimli va amaliy dasturiy ta’minotni, ma’lumotlar 


    bazalarini, 
    ta’limning kompyuter tizimlarini va hokazo) noqonuniy 
    o‘zgartirishlardan, foydalanishlardan va ko‘paytirishlardan himoyalovchi 
    dasturlar. 
    Kompyuter tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashga taalluqli ma’noda 
    identifikatsiyalash atamasi kompyuter tizimlari sub’ektining unikal nomini bir 
    qiymatli tanib olishni ushbu sub’ektga mosligini tasdiqlashni anglatadi 
    (sub’ektning aslligini tasdiqlash). 
    Axborotlarni muhofaza qilishning yordamchi dasturiy vositalariga misol 
    qilib quyidagilarni keltirish mumkin: 
    – 
    qoldiq axborotlarni (tezkor xotira blokidagi, vaqtinchalik fayllardagi va 
    hokazo) yo‘q qiluvchi dasturlar; 
    – 
    kompyuter tizimlarining xavfsizligi tizimiga bog‘liq bo‘lgan turli voqeava 
    hodisalarni tiklash hamda shunday voqea va hodisalar ro‘y berganini isbotlash 
    uchun foydalaniladigan audit dasturlari (qayd qilish jurnallarini yuritish); 
    – 
    qoidabuzar bilan ishlashni imitatsiyalovchi dasturlar 
    (qoidabuzarni 
    go‘yoki yopiq axborotlarni olgan deb chalg‘itish); 
    – 
    kompyuter tizimlarining himoyalanganligini sinovdan o‘tkazuvchi nazorat 
    dasturlar va boshqalar. 
    Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalarining afzalliklariga 
    quyidagilar kiradi: 
    – 
    ko‘paytirishning osonligi; 
    – 
    moslanuvchanlik (turli sharoitlarda qo‘llaniladigan muayyan kompyuter 
    tizimlarini, axborot xavfsizligiga tahdidning o‘ziga xosligini hisobga olib, sozlash 
    imkoniyati); 
    – 
    qo‘llashning qulayligi – bir xil dasturlar, masalan shifrlovchi dasturlar 
    «shaffof» (foydalanuvchiga ko‘rinmaydigan) rejimda ishlaydi, boshqalari 
    foydalanuvchidan hech qanday qo‘shimcha yangi (boshqa dasturlari bilan 
    taqqoslaganda) ko’nikmalar talab qilmaydi; 
    – 
    ularni axborot xavfsizligiga yangi tahdidlar hisobini yuritish uchun 
    o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan takomillashuvining amaldagi chek-chegarasiz 
    imkoniyatlari 
    mavjudligi. 
    Axborotlarni 
    muhofaza 
    qilishning 
    dasturiy 
    vositalarining kamchiliklariga quyidagilar kiradi: 
    – 
    himoyalovchi dasturlarning faoliyati kompyuter tizimlari resurslaridan 
    foydalanish hisobiga bo‘lgani uchun bu tizimlar samaradorligining susayishi; 
    – 
    juda past unumdorlik (xuddi shunday vazifani bajarayotgan apparat 
    vositalar bilan taqqoslaganda, masalan shifrlovchi qurilma); 
    – 
    axborotlarni himoyalovchi ko‘pgina dasturiy vositalarning kompyuter 
    dasturiy ta’minotiga bevosita o‘rnatilmagani (quyidagi rasmlar), bu holat 
    qoidabuzarning ushbu dasturlarni chetlab o‘tishiga prinsipial imkoniyatlar 
    yaratadi;kompyuter 
    tizimlaridan 
    foydalanish 
    jarayonida 
    axborotlarni 
    himoyalashning dasturiy vositalarini


    Mustahkamlash uchun topshiriqlar 
    1. 
    Fizik vositalar 
    2. 
    Tahdidni aniqlash vositalari 
    3. 
    Tahdidni bartaraf qilish tizimlari 
    4. 
    Axborotlarni dasturiy himoyalash 
    Uyga vazifa 
    1. 
    Axborotlarni himoyalashni apparat vositalari 
    2. 
    Axborotlarni dasturiy himoyalash 

    Download 7,03 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami axborot xavfsizligi toshkent – 2023

    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish