№13-MAVZU:AXBOROT XAVFSIZLIGINING TEXNIK TIZIMI




Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/113
Sana26.01.2024
Hajmi7,03 Mb.
#146272
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113
Bog'liq
2 Axborot xavfsizligi Anvardinov Jasurbek

№13-MAVZU:AXBOROT XAVFSIZLIGINING TEXNIK TIZIMI 
Reja: 
1. Axborot tizimlariga va ularning xavfsizligiga qo‘yilgan talablar 
2. Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash 
3. Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari 
4. Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi 
1 Axborot tizimlariga va ularning xavfsizligiga qo‘yilgan talablar 
AT yaratilib ishga tushirilgandan so‘ng uning asosiy ob’ekti axborot 
hisoblanadi. Tashkilotning barcha axborot resurlari, faoliyat ko‘rsatayotgan AT 
bilan bog‘liq ravishda ishlaydi.Axborot resursi tashkilotdagi barcha xujjatlar, 
shaxsiy ma’lumotlar vaxar xil turdagi axborotlarni o‘z ichiga oladi. SHunday ekan 
ATda asosiy himoyalanishi zarur bo‘lgan ob’ekt – buaxborotdir. Bundan tashqari 
ATning to‘liq va samarali ishini ta’minlash uchun boshqa komponentlari (texnik, 
dasturiy vositalar) ning ham himoyasini ta’minlash zarur. Himoyani 
ta’minlashning hamma uchun umumiy bo‘lgan usul yoki algoritmi mavjud emas, 
shu sababli himoyani ta’minlash kompleks vositalar va chora tadbirlardan iborat 
xavfsizlik tizimini yaratishni ko‘zda tutadi. 
Xavfsizlik tiziminiyaratishdan oldin axborot xavfsizligiga bo‘lgan 
tahdidlarni, axborotlarning ruxsatsiz chiqib ketish va ruxsatsiz foydalanish 
yo‘llarini aniqlash lozim.Axborot xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlar saqlanayotgan, 
uzatilayotgan va qayta ishlanayotgan axborotlar ruxsatsiz foydalanish, o‘g‘irlash 
va o‘zgartirishdan iborat bo‘lgan har qanday jarayondir. 
2 Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash 
Xavfsizlik tizimi axborot xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlarni aniqlashi va 
ularning oldini olishi va quyidagi vazifalarni bajarishi zarur[34]: 
Axborotlarni to‘plash,saqlash, qayta ishlash va uzatishda butunligi 
ta’minlash; 
Foydalanuvchilarning 
axborot 
resurslaridan 
vakolati 
doirasida 
foydalanishni ta’minlash; 
Axborotlarni o‘chirish, o‘zgartirish, nusxalash, o‘g‘irlashdan va shu kabi 
ruxsat etilmagan faoliyatlarni cheklash; 
ATlardagi shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash; 
Xavfsizlik tizimi ATlarining samaradorligini aniqlashning muhim 
ko‘rsatkichi hisoblanadi.AT xavfsizlik tizimitizimdagi mavjud axborot 
xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarning tizim axborot resurslariga bo‘lgan 
taxdidlarga mosligi tushuniladi.Axborot xavfsizligiga bo‘lgan taxdidlar esa 
axborotning maxfiylik, to‘lalik va foydalanishga ruxsat kabixususiyatlarini 
buzishga bo‘lgan xarakatlardir. 


ATlarda qo‘llaniladigan texnik va dasturiy vositalarga qarab turli xildagi 
taxdidlar bo‘lishi mumkin. Ushbu xurujlar vaqt o‘tishi bilan yangicha yo‘llar 
orqali amalga oshiraveriladi, shuning uchun tizim xavfsizligi ham doim yangilanib 
yangicha xavflarga tayyor turishi lozim. Tizimda har bir xavf uchun alohida xavfni 
bartaraf 
etuvchi 
mexanizm 
mavjud 
bo‘lishi 
lozim.Bu shart AT 
himoyalanganligining birinchi omili hisoblanadi.Ikkinchi omil mavjud 
mexanizmlarning yetarlicha mustaxkam bo‘lishi, mustaxkamlik xurujlar yangicha 
yo‘llar orqali amalga oshirilganda mexanizmning qay darajada qarshilik 
ko‘rsatishidir. Uchinchi omil esa xurujlar muvaffaqqiyatli amalga oshirilganda 
ATga qay darajada zarar yetkazishni aniqlashdir. 
Amaliyotda keltirilgan omillarni oldindan baholash va tahlil qilish juda 
murakkabdir.Korxona yoki tashkilot ATning himoyalanganligini baholashuchun 
axborot xavfsizligi auditi o‘tkazilishi zarur. 
3 Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari 
Korxona axborot xavfsizligi auditi axborot xavfsizligini ta’minlashning, uni 
tashkil etishning samarali choralaridan biridir. Axborot tizimi auditi korxonaning 
axborot xavfsizligi xolatini baxolaydi, tizimnmng zaif tomonlarini aniqlaydi, 
xavfsizlik tizimining axborot tizimiga mosligini hamda korxona axborot 
xavfsizligining kelajakdagi rivojlanish strategiyasini belgilabberadi. 
Korxona axborot tizimi axborot xavfsizligining talablariga javob berishi 
kerak. Ushbu talablar asosida korxonada axborot xavfsizligi kontseptsiyasi ishlab 
chiqilishi kerak. Bu kontseptsiyalar quyidagi ctandartlar asosida ishlab 
chiqiladi[34]: 
Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash. ISO 15408 [15]. Ushbu 
standartda axborot tizimini yaratishda kafolatli xavfsizlik va unga qo‘yilgan 
talablar batafsil yoritilgan. Lekin ushbu standartni xavfsizlikni baholashning 
universal kompleksi sifatida foydalanib bo‘lmaydi, bunda axborot tizimi 
xavfsizligining administrativ va ma’muriy huququiy masalalari ko‘zda 
tutilmagan. 
Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari. ISO/IEC 17799 (BS 
7799- 1:2000) [16]. Ushbu standart Britaniya standartlashtirish instituti (BSI) 
tomonidan ishlab chiqilgan va ikki qismdan iborat. Birinchi qismi (BS 7799 part 
1//Code of practice for Information Security Management)2000 yil Xalqaro 
Standartlashtirish tashkiloti tomonidan tasdiqlangan (ISO/IEC 17799). Ushbu 
standartda tashkilotning axborot xavfsizligini boshqarish tizimini yaratishning 120 
dan ortiq mexanizmlari yoritilgan. Bu mexanizmlar shu yo‘nalishdagi jaxon 
tajribasidan olingan namunalar bo‘lib, har qanday yo‘nalishdagi va hajmdagi 
tashkilotlarga qo‘llash mumkin. 
Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi. ISO/IEC 27001 (BS 
7799- 2:2002) [16]. Ushbu standart BS 7799 ning ikkinchi qismi (BS 7799 part 
2//Information Security management) bo‘lib, bunda axborot xavfsizligini 
boshqarish tizimini yaratishga, foydalanishga topshirishga, monitoring 
O‘tkazishga, qo‘llab quvvatlashga va takomillashtirishga qo‘yilgan talablar 
yoritilgan. 


Ushbu standartlar asosida korxona yoki tashkilotlar O‘zining axborot 
xavfsizligi strategiyasini ishlab chiqishi mumkin. Bu strategiyada yordamida 
mavjudxavfsizlik 
tizimining 
xolatini 
aniqlash, 
axborotlar 
qiymatiga 
qarabxavfsizligini ta’minlash darajasini aniqlash,mavjud va amalga oshirilishi 
mumkin bO‘lgan xurujlarni aniqlash va ularga mos xavfsizlik mexanizmlari 
keltiriladi. 
Bundan tashqari audit O‘tkazilishi natijasidaaxborot 
xavfsizligini ta’minlash usul va metodlari ham aniqlanadi va joriy etiladi. 
4 Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi 
ATlarda xavfsizlikni ta’minlash kompleks chora tadbirlardan iboratdir, 
chunki xurujlar qaysi yO‘l bilan amalga oshirilishi aniq bO‘lmaydi, shu sababli 
xavfsizlik tizimi har qanday kO‘rinishdagi xurujlarga tayyor turishi zarur. 
AT xavfsizlik tizimini quyidagicha izohlash mumkin(Rasm 1.2.)[34]: 
AT xavfsizlik tizimi 
Xuquqiy choralaraxborotga ruxsat etilmagan murojaat qilishni amalga 
oshirishga intilayotgan shaxs yo‘lida turadigan ximoyadir, bu g‘arazli niyatli 
shaxsning ruxsat etilmagan maxfiy axborotlardan foydalanganda uning 
oqibatlarini ko‘rsatib beruvchi xujjatlardir. Axborotni ximoya qilishning bu jixati 
axborotni uzatishda va qayta ishlashdan yuridik meyorlarga rioya qilishni zarurligi 
bilan bog‘langandir. Axborotni ximoya qilishni xuquqiy meyorlariga mamlakatda 
xarakatda bo‘lgan qonunlar, buyruqlar va boshqa meyoriy dalolatnomalar 
tegishlidir, ular cheklangan miqdorda ishlatadigan axborot bilan murojaat qilish 
qoidalarini reglamentlaydi. Bu bilan ular axborotni ruxsat etilmagan ishlatishga 
to‘siqlik kiladilar va buzg‘unchilarni ushlab turadigan omil xisoblanadi. 
Tashkiliy choralarmaxfiy ob’ektlarga jismoniy tomondan zarar yetkazish, 
ish faoliyatiga aralashish va O‘g‘irlanishi mumkin bo‘lgan yo‘llarni kuzatish, 
qo‘riqlashni amalga oshirishdir. Tashkilotda maxfiy ob’ektlar qo‘riqlanishi, 
begona shaxslarning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik, agar begona shaxslar kirgan 
taqdirda ham ularni zudlik bilan aniqlash vositalarini O‘rnatish ya’ni 
signalizatsiyalar, video-kuzatuv uskunalar. Maxfiy axborot yokixujjatlarni maxsus 
seyflarda saqlanishini tashkil qilish, axborot
Huquqiy choralar 
Tashkiliy choralar 
Administratoriya 
Texnik vositalar 
Axborot 
Dasturiy vositalar 


resurslari saqlanadigan hududlarga maxsus chegaralar O‘rnatish. Tashkiliy 
choralarga yana tabiiy ofatlar ro‘y bergan xolatlarda axborot xavfsizligini 
ta’minlash choralari ham kiradi.Tashkiliy choralarga ishchi xodimlar bilan 
ishlash, ishga olish ham kiradi bunda yangi xodimlarni tekshirish, ularni maxfiy 
axborot bilan ishlash tartibi bilan tanishtirish, uni qayta ishlash qoidalarini 
buzganligi uchun javobgarlik choralari bilan tanishtirish va x.k. 
Administrativ choralar tizim resurslaridan foydalanish va ular ustidagi 
jarayonlarni amalga oshirishda foydalanuvchilarni guruhlarga bO‘lish hamda 
ularga rollar berish ishlarini amalga oshiradi.Foydalanuvchining roli deganda 
ma’lum axborot ustida ma’lum bir jarayonni amalga oshirishga berilgan ruxsat 
tushuniladi. Bundan tashqari maxfiy kalitlar vasertifikatlarniboshqarishni tashkil 
etishdir. 
Dasturiy vositalar ATlarni himoyalashda asosiysi sanaladi, yuqoridagi 
keltirilgan vositalarni buzib O‘tganda ham dasturiy vositalarxavflarga 
bardoshliligi bilan himoyani bartaraf etishi mumkin.Axborotni himoyalashda 
dasturiy vositalar ikki guruhga bO‘linadi. Birinchisi nokriptografik dasturiy 
vositalar antiviruslar, antispamlar va fayrvollardir. Antiviruslar tizim faoliyatiga 
halal beruvchi, tizimdagi ma’lumotlarni O‘g‘irlovchi va O‘zgartiruvchi 
dasturlarni aniqlash hamda faoliyatini tO‘xtashish uchun ishlatiladi.Fayrvollar 
kompyutertarmoqlarga qO‘yiladigan filtrlardir, bular tarmoqlardan tizimga 
ruxsatsiz kirish va keraksiz axborotlar oqimini tO‘xtatish uchun ishlatiladi. 
Axborotni muhofaza qilishning apparat-dasturiy vositalari – axborotni 
muhofaza qilish funksiyalarini (foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va 
autentifikatsiya qilish, resurslardan foydalana olishni cheklash, voqealarni qayd 
qilish, axborotni kriptografik himoyalash va shu kabilar) bajaradigan (mustaqil 
yoki boshqa vositalar bilan birgalikda) turli elektron qurilmalar va maxsus 
dasturlardir. 


Mustahkamlash uchun topshiriqlar 
1. Axborot tizimlariga va ularning xavfsizligiga qo‘yilgan talablar 
2. Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash 
3. Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari 
4. Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi 
Uyga vazifa 
1. 
Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash 
2. 
Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari 
3. 
Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi 

Download 7,03 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113




Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№13-MAVZU:AXBOROT XAVFSIZLIGINING TEXNIK TIZIMI

Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish