№12-MAVZU: KOMPYUTЕR SISTЕMALARI VA




Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/113
Sana26.01.2024
Hajmi7,03 Mb.
#146272
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   113
Bog'liq
2 Axborot xavfsizligi Anvardinov Jasurbek

№12-MAVZU: KOMPYUTЕR SISTЕMALARI VA 
TARMOQLARIDA HAVFSIZLIK MODЕLLARI. 
Reja: 
1. Tarmoq xavfsizligi 
2. Xavfsizlik nima uchun muhim 
3. Xavfsizlik bo’yicha amaliy tayyorgarliklar1 Tarmoq xavfsizligi 
Yillar davomida tashkilotlar kichik shaharcha aholisi uylarining eshiklarini 
qulflamagandek tarmoq xavfsizligiga e’tiborsiz edi. 
Internet 
va global 
tarmoqning keng tarqalishi tarmoqqa bo‘lgan bunday munosabatga o‘z ta’sirini 
o‘tkazishi natijasida ochiq eshiklar yopiladigan va qulflanadigan bo‘ldi. 
2 Xavfsizlik nima uchun muhim? 
Xavfsizlik muhimdir, 
chunki kompyuter tizimlari va tarmoqlari 
himoyalanishi zarur bo‘lgan keng spektrdagi axborot va resurslarni o‘zida 
saqlaydi. Siz Internet orqali xarid qilish uchun o‘z kredit kartangizdan 
foydalanganingizda siz shartnoma tuzayotgan vaqtda internetdagi sotuvchisizga 
xavfsiz aloqa ta’minlayotganiga ishonasiz va Siz berayotgan ma’lumotlar uchun 
hech 
qanday xavf yo‘qligiga ishonch bildirasiz Bugungi kundagi 
identifikatsiyaga tahdid yuqori bo‘lgan davrda tashkilot xodimlari Xavfsizlik 
bo‘limiga o‘zining ijtimoiy himoya nomeri yoki oilaga oid axborot kabi shaxsiy 
ma’lumotlari himoyadaligiga ishonadi. Talaba tajriba natijalarini kiritayotganida 
har gal kompyuterda ishlash imkoni borligi va dastur ishlayotganiga ishonch 
hosil qiladi. Bular nima uchun tarmoq xavfsizligi zarurligini namoyon etuvchi 
ba’zi sabablardir. Bu va boshqa sabablarni quyidagi guruhlarga ajratishimiz
mumkin: 
1. Axborot va resurslarni shunday himoyasiki, bunda tijorat yoki tashkilotlar 
muammo va uzilishlarsiz o‘z faoliyatini saqlab qoladi. 
2. Tibbiy yozuvlar kabi shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi ta’minlanishi 
kafolatlanadi 
3. Identifikatsiya va kredit kartalarini o‘g‘irlanishidan himoya etadi. 
4. Ish jarayonlari oqimini oila a’zolari, talabalar va tashkilot xodimlarining 
ishlashi va o‘yinlar o‘ynashida to‘xtash va buzilishlar yuz bermaydigan etib, 
engillashtiradi. 
5. Kompyuter xakerlarini keyingi zararli hujumlar uyushtirishdan to‘xtatadi. 
6. Xavfsizlik bo’yicha amaliy tayyorgarliklar 
Hujumlardan amaliy himoyalanish mustahkamlikni oshirish jarayonidagi 
qadamdir. Mustahkamlikni oshirish o‘z tarkibiga tarmoq himoyasi va operatsion 
tizim usullari orqali hujumni to‘xtatish yoki oldini olish uchun belgilangan 
vazifalarni qabul qiladi. Siz ishlayotgan tizimni mustahkamlash yo‘lida bir nechta 
umumiy qadamlar mavjud:Operatsion tizim va tarmoq himoyasi imkoniyatlari 
bo’yicha imkoni boricha ko‘proq ma’lumot bilishga intiling va ulardan 


foydalanishni o‘rganing. 
1. Yangi hujumlar va ularni qayta ishlash uchun himoya tashklotlarining veb 
sahifalarida tez-tez maslaxat olib turing. 
2. Operatsion tizimni ishlatishingiz uchun absolyut zarur bo‘lgan xizmat va 
jarayonlarnigina yuriting va kerak bo‘lmaydiganlarini o‘chirib tashlang, chunki 
bunda hujumchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan ochiq TCP/UDP portlar va 
operatsion tizim dasturlari va jarayonlari sonini kamaytiradi (hujum maydonini 
kamaytirish deb ham ataladi). 
3. Imkon bo‘lsa, alohida server, fayrvol va marshrutizatorlardan foydalaning. 
Ko‘p funksiya bajaradigan kompyuter va tarmoq qurilmalari hujumchilar uchun 
ko‘p ochiq darchalar yaratishi mumkin. Masalan, internet, DNS va 
marshrutizatsiya funksiyalarini yagona serverda jamlamang. Alohida server va 
qurilmalarni boshqarish ham soddaroq, himoya etish ham osonroq. 
4. Operatsion tizimning foydalanuvchi login va parollari, himoyalangan 
guruhlar, huquqlar, himoyalanish siyosatlari, loginni o‘chirish, himoya 
protokollari, shifrlash va autentifikatsiya kabi himoya uchun mo‘ljallangan 
imkoniyatlarini o‘rganing va ulardan foydalaning. 
Hujumchilarga qarshi imkoni boricha ko‘proq to‘siqlar qo‘ying. 
5. Muntazam ravishda himoya tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
darchalarning joyini aniqlash va shu erga yo‘naltirilgan himoyalash kabi usullar 
qanday o‘rnatilganini tekshirib boring. 
6. Foydalanuvchilarni ongli ravishda himoyalanishga o‘rgatib boring. 
7. Hujum yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun doimiy ravishda operatsion 
tizimni nazorat qilib boring. 
8. Bir operatsion tizim, masalan, Mac OS X boshqa operatsion tizim, misol 
uchun, 
Windows 7 dan hujumga kamroq moyil, deb, xato qilmang. Barcha 
operatsion tizimlar o‘z nozik tomonlariga ega va hujumchilar barcha turdagi 
operatsion tizimlarga hujum uyushtirish uchun zararli dasturlar yozishadi. 
Android va iOS kabi mobil operatsion tizimlar ham bundan mustasno emas. 
Masalan, Android asosidagi smartfon va planshetlar chiqqanining birinchi 
yilidayoq ularga bo‘lgan hujumlar soni asosan dastur yuklash orqali hujum 
hisobiga 400 foizga oshdi. iOS mobil qurilmalariga bo‘lgan hujumlar Android 
qurilmalariga nisbatan ko‘p bo‘lmaganiga qaramasdan, ularga bo‘lgan hurujlar 
ham o‘sdi. 
Operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalanish 
Operatsion tizimlar tizim mustahkamligini ta’minlovchi ko‘p imkoniyatlarga 
ega. Sozlash mumkin bo‘lgan imkoniyatlarning ba’zilari quyidagilardir: 
1. Tarmoq tizimida ro‘yxatdan o‘tgan har bir foydalanuvchi tizimga 
mustahkam parolь bilan kirishni talab eting. 
2. Foydalanuvchilar tarmoqqa kirishi vaqtida autentifikatsiya va 
shifrlashning operatsion tizimlaringiz taklif eta oladigan eng mukammal 


shakllaridan foydalaning. 
3. Tarmoq ulanishlari uchun raqamli sertifikatsiyali himoyadan foydalaning. 
Raqamli sertifikatsiya tarmoq kompyuterlari o‘rtasida uzatish asl ekanligini 
tekshirish, ya’ni ulanayotgan qurilmalar haqiqatda o‘zligi ekanligiga ishonch hosil 
qilish uchun zarur. 
4. Jild va fayllar xavfsizligi uchun huquqlarni sozlab qo‘ying. 
5. Umumiy foydalanish huquqlari kabi umumiy foydalaniladigan resurs 
himoyasidan flydalaning. 
6. Foydalanuvchilar uchun “qiyin” parolь talabi va tarmoqqa ma’lum marta 
kira olmagandan keyin foydalanuvchi hisob yozuvini bloklash kabi xavfsizlik 
siyosatini o‘rnating. 
7. Simsiz tarmoq uchun tizimda mavjud eng yuqori himoya darajasini 
o‘rnating. 
8. Uzoqdan ulanishlar, ayniqsa simsiz tarmoqlar xavsizligi uchun Virtual 
xususiy tarmoq – VPNdan foydalaning. 
9. Muntazam ehtiyot uchun nusxalash kabi buzilishdan keyin tiklash 
texnologiyalaridan foydalaning. 
Mavjud tarmoqlar 
Hatto ko‘p narsani biladigan odamlar ham ba’zida uyga ishdan nozik 
ma’lumotni olib kelishi va operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan 
foydalana olmasligi mumkin. Bir misol – yuqori lavozimda ishlovchi havfsizlik 
xizmati ofitseri mahfiy fayllarni uyda ular bilan ishlash uchun olib kelgan, deylik. 
Bu fayllar etarlicha himoyalanmagan va ihtiyoriy odam, shuningdek, 
Internet orqali hujum uyushtiruvchi yoki chet el razvedka agentligining 
josusi tomonidan ochib ko‘rish mumkin. 
Boshqa bir misolda kompaniyaning server administratori o‘z uyidan uzoqdan 
ulanish usuli bilan serverga ba’zi texnik xizmatlar ko‘rsatish uchun kirgan. 
Afsuski, uning uy kompyuteri virus tekshiruvchi dasturdagi yangilanish 
xizmatining vaqti tugagan sababli virus bilan zararlangan edi. Natijada virus 
serverga o‘tib ketdi. 
Tarmoq xavfsizligi imkoniyatlaridan foydalanish 
Siz tarmoqda ishlata oladigan bir nechta mustahkamlash usullari mavjud. 
Ulardan ba’zi usullar maxsus tarmoq uskunalaridan foydalanishni talab etadi
boshqalari esa o‘z ichiga dasturiy ta’minotni oladi. Tarmoqni mustahkamlash 
usullarining eng oddiylari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1. tarmoqning ma’lum qismlariga kim kirganini nazorat qilish uchun 
tarmoqni kommutator 
va 
marshrutizator 
asosida 
loyihalash; 
2. tarmoq 
fayrvollari va 
opersion 
tizim fayrvollaridan 
foydalanish; 
3. xavfsizroq simli tarmoqlarni loyihalashda yulduzsimon 
tarmoq 
topologiyasidan foydalanish; 
4. tarmoqdagi faollikni muntazam nazorat qilish. 


Mustahkamlash uchun topshiriqlar 
1. 
Operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalanish 
2. 
Mavjud tarmoqlar 
3. 
Tarmoq xavfsizligi imkoniyatlaridan foydalanish 
Uyga vazifa 
1. 
Tarmoq xavfsizligi imkoniyatlaridan foydalanish 
2. 
Operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalanish 

Download 7,03 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   113




Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№12-MAVZU: KOMPYUTЕR SISTЕMALARI VA

Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish