№-23-MAVZU: FOYDALANUVCHILARNI BIOMETRIK




Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/113
Sana26.01.2024
Hajmi7,03 Mb.
#146272
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113
Bog'liq
2 Axborot xavfsizligi Anvardinov Jasurbek

№-23-MAVZU: FOYDALANUVCHILARNI BIOMETRIK 
IDENTIFIKATSIYALASHVA AUTENTIFIKATSIYALASH 
Reja: 
1. 
Foydalanuvchilarni 
biometrik 
identifikatsiyalash 
va 
autentifikatsiyalash 
2. 
Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskonik tizimi 
3. 
Yuzning tuzilishi va ovoz bo’yicha autentifikatsiyalovchi tizimlar 
1 Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash 
Oxirgi vaqtda insonning fiziologik parametrlari va xarakteristikalarini, xulqining 
xususiyatlarini o‘lchash orqali foydalanuvchini ishonchli autentifikatsiyalashga 
imkon beruvchi biometrik autentifikatsiyalash keng tarqalmoqda. 
Biometrik autentifikatsiyalash usullari an’anaviy usullarga nisbatan 
quyidagi afzalliklarga ega: 
-biometrik alomatlarning noyobligi 
tufayli 
autentifikatsiyalashning 
ishonchlilik darajasi yuqori; 
- biometrik alomatlarning sog‘lom shaxsdan ajratib bo‘lmasligi; - 
biometrik alomatlarni soxtalashtirishning qiyinligi. 
Foydalanuvchini 
autentifikatsiyalashda 
faol 
ishlatiladigan 
biometrik algoritmlar quyidagilar: barmoq izlari; 
• 
qo‘l panjasining geometrik shakli; 
• 
yuzning shakli va o‘lchamlari; ovoz xususiyatlari; ko‘z yoyi va to‘r 
pardasining naqshi. 
Iste’molchi nuqtai nazaridan biometrik autenfikatsiyalash tizimi 
quyidagiikkita parametr orqali xarakterlanadi: 
• 
xatolik inkorlar koeffitsiyenti FRR (false-reject rate); 
xatolik tasdiqlar 
koeffitsiyenti FAR (false-alarm rate). 
Xatolik inkor tizim qonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlamaganda paydo 
bo’ladi (odatda FRR qiymati taxminan 100 dan birni tashkil etadi). Xatolik tasdiq 
tizim noqonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlaganida paydo bo’ladi (odatda FAP 
qiymati taxminan 10000 dan birni tashkil etadi). 
Bu ikkala koeffitsiyent bir biri bilan bog‘liq: xatolik inkor koeffitsiyentining 
har biriga ma’lum xatolik tasdiq koeffitsiyenti mos keladi. Mukammal biometrik 
tizimda ikkala xatolikning ikkala parametri nulga teng bo‘lishi shart. Afsuski, 
biometrik tizim ideal emas, shu sababli nimanidur qurbon qilishga to’g’ri keladi. 
Odatda tizimli parametrlar shunday sozlanadiki, mos xatolik inkorlar 
koeffitsiyentini aniqlovchi xatolik tasdiqlarning istalgan koeffitsiyentiga 
erishiladi. 
2 }Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskonik tizimi 
Biometrik tizimlarning aksariyati identifikatsiyalash parametri sifatida 
barmoq izlaridan foydalanadi (autentifikatsiyaning daktiloskopik


tizimi). 
Bunday tizimlar sodda va qulay, autentifikatsiyalashning yuqori 
ishonchliligiga ega. Bunday tizimlarning keng tarqalishiga asosiy sabab barmoq 
izlari bo’yicha katta ma’lumotlar ba’zasining mavjudligidir. Bunday tizimlardan 
dunyoda asosan politsiya, turli davlat va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi. 
Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. Avval 
foydalanuvchi ro‘yxatga olinadi. Odatda, skanerda barmoqning turlixolatlarida 
skanerlashning bir necha varianti amalga oshiriladi. Tabiiyki, namunalar bir– 
biridan biroz farqlanadi va qandaydir umumlashtirilgan namuna, 
«pasport» shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar autentifikatsiyaning 
ma’lumotlar bazasida xotirlanadi. Autentifikatsiyalashda skanerlangan barmoq izi 
ma’lumotlar bazasidagi «pasportlar» bilan taqqoslanadi. 
Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq izlarini skanerlovchi an’anaviy 
qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning xarakterli rasmini yozuvchi 
kichkina optik kamera ishlatiladi. Ammo, daktiloskopik qurilmalarni ishlab 
chiqaruvchilarning ko‘pchiligi integral sxema asosidagi sensorli qurilmalarga 
e’tibor bermoqdalar. Bunday tendensiya barmoq izlariga asoslangan 
autentifikatsiyalashni qo‘llashning yangi sohalarini ochadi. 
Bunday texnologiyalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini 
olishda turli, xususan elektrik, elektromagnit va boshqa usullarni amalga 
oshiruvchi vositalardan foydalanadilar. 
Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida teri 
qismlarining sig‘im qarshiligini o‘lchaydi. Masalan, Veridicom kompaniyasining 
daktiloskopik qurilmasi yarimo‘tkazgichli datchik yordamida sig‘im qarshiligini 
aniqlash orqali axborotni yig‘adi. Sensor ishlashining prinsipi quyidagicha: ushbu 
asbobga quyilgan barmoq kondensator plastinalarining biri vazifasini o‘taydi (2-
rasm). Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatorning 90000 sezgir 
plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir sig‘im datchiklari barmoq 
sirti do‘ngliklari va pastliklari orasidagi elektrik maydon kuchining o‘zgarishini 
o‘lchaydi. Natijada do‘ngliklar va pastliklargacha bo‘lgan masofa aniqlanib, 
barmoq izi tasviri olinadi. 
Sensor ishlashining prinsipi 
Teri 


Integral sxema asosidagi sensorli tekshirishda AuthenTec kompaniyasida 
ishlatiluvchi usul aniqlikni yana ham oshirishga imkon beradi. Qator ishlab 
chiqaruvchilar biometrik tizimlarni smart-kartalar va karta– kalitlar bilan 
kombinatsiyalaydilar. 
Integral sxemalar asosidagi barmoq izlari datchiklarining kichik 
o‘lchamlari va yuqori bo‘lmagan narxi ularni himoya tizimi uchun ideal 
interfeysga aylantiradi. Ularni kalitlar uchun breloklarga o‘rnatish mumkin. 
Natijada foydalanuvchi kompyuterdan boshlab to kirish yo‘li, avtomobillar va 
bankomatlar eshiklaridan himoyali foydalanishni 
ta’minlaydigan universal 
kalitga ega bo’ladi. 
Qo‘l panjasining geometrik shakli bo’yicha autentifikatsiyalash tizimlari. 
Qo‘l panjasi shaklini o‘quvchi qurilmalar barmoqlar uzunligini, qo‘l panja 
qalinligi va yuzasini o‘lchash orqali qo‘l panjasining hajmiy tasvirini yaratadi. 
Masalan, Recognition Systems kompaniyasining mahsulotlari 
90 dan ortiq o‘lchamlarni amalga oshiradi. Natijada keyingi taqqoslash 
uchun 9-xonali namuna shakllantiriladi. Bu natija qo‘l panjasini individual 
skanerida yoki markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida saqlanishi mumkin. Qo‘l 
panjasini skanerlovchi qurilmalar narxining yuqoriligi va o‘lchamlarining kattaligi 
sababli tarmoq muhitida kamdan-kam ishlatilsada, ular qat’iy xavfsizlik rejimiga 
va shiddatli trafikka ega bo‘lgan hisoblash muhiti (server xonalari ham bunga 
kiradi) uchun qulay hisoblanadi. Ularning aniqligi yuqori va inkor koeffitsiyenti 
ya’ni inkor etilgan qonuniy foydalanuvchilar foizi kichik. 
3 Yuzning tuzilishi va ovoz bo’yicha autentifikatsiyalovchi tizimlar. 
Bu tizimlar arzonligi tufayli eng foydalanuvchan hisoblanadilar, chunki 
aksariyat zamonaviy kompyuterlar video va audeo vositalariga ega. Bu sinf 
tizimlari telekommunikatsiya tarmoqlarida masofadagi foydalanuvchi sub’ektni 
identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Yuz tuzilishini skanerlash texnologiyasi 
boshqa biometrik texnologiyalar yaroqsiz bo‘lgan ilovalar uchun to’g’ri keladi. 
Bu holda shaxsni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash uchun ko‘z, burun va lab 
xususiyatlari ishlatiladi. Yuz tuzilishini aniqlovchi qurilmalarni ishlab 
chiqaruvchilar 
foydalanuvchini 
identifikatsiyalashda 
hususiy 
matematik 
algoritmlardan foydalanadilar. 
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina tashkilotlarning hodimlari yuz tuzilishini 
skanerlovchi qurilmalarga ishonmaydilar. Ularning fikricha kamera ularni rasmga 
oladi, so‘ngra suratni monitor ekraniga chiqaradi. Kameraning sifati esa past 
bo‘lishi mumkin. Undan tashqari yuz tuzilishini skanerlash – biometrik 
autentifikatsiyalash usullari ichida yagona, tekshirishga ruxsatni talab qilmaydigan 
(yashiringan kamera yordamida amalga oshirilishi mumkin) usul hisoblanali. 
Ta’kidlash lozimki, yuz tuzilishini aniqlash texnologiyasi yanada 
takomillashtirilishni talab etadi. Yuz tuzilishini aniqlovchi aksariyat algoritmlar 
quyosh yorug‘ligi jadalligining kun bo’yicha tebranishi natijasidagi yorug‘lik 
o‘zgarishiga ta’sirchan bo’ladilar. Yuz holatining o‘zgarishi ham aniqlash 
natijasiga ta’sir etadi. Yuz holatining 45
0
ga o‘zgarishi aniqlashni samarasiz 
bo‘lishiga olib keladi. 


Ovoz bo’yicha autentifikatsiyalash tizimlari 
Bu tizimlar arzonligi tufayli foydalanuvchan hisoblanadilar. Hususan ularni 
ko‘pgina shaxsiy kompyuterlar standart komplektidagi uskuna (masalan 
mikrofonlar) bilan birga o‘rnatish mumkin. Ovoz bo’yicha autentifikatsiyalash 
tizimlari har bir odamga noyob bo‘lgan balandligi, modulyatsiyasi va tovush 
chastotasi kabi ovoz xususiyatlariga asoslanadi. Ovozni aniqlash nutqni 
aniqlashdan farqlanadi. Chunki nutqni aniqlovchi texnologiya abonent so‘zini 
izoxlasa, ovozni aniqlash texnologiyasi so‘zlovchining shaxsini tasdiqlaydi. 
So‘zlovchi shaxsini tasdiqlash ba’zi chegaralanishlarga ega. Turli odamlar 
o‘xshash ovozlar bilan gapirishi mumkin, har qanday odamning ovozi vaqt 
mobaynida kayfiyati, hissiyotlik holati va yoshiga bog‘liq holda o‘zgarishi 
mumkin. Uning ustiga telefon apparatlarning turli-tumanligi va telefon orqali 
bog‘lanishlarining sifati so‘zlovchi shaxsini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shu 
sababli ovoz bo’yicha aniqlashni yuz tuzilishini yoki barmoq izlarini aniqlash kabi 
boshqa biometriklar bilan birgalikda amalga oshirish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
Ko‘z yoyi to‘r pardasining shakli bo’yicha autentifikatsiyalash tizimi 
Bu tizimlarni ikkita sinfga ajratish mumkin: 

ko‘z yoyi rasmidan foydalanish; 

ko‘z to‘r pardasi qon tomirlari rasmidan foydalanish. 
Odam ko‘z pardasi autentifikatsiya uchun noyob ob’ekt hisoblanadi. Ko‘z 
tubi 
qon 
tomirlarining 
rasmi 
hatto 
egizaklarda 
ham 
farqlanadi.Identifikatsiyalashning bu vositalaridan xavfsizlikning yuqori darajasi 
talab etilganida (masalan harbiy va mudofaa ob’ektlarining rejimli zonalarida) 
foydalaniladi. 
Biometrik yondashish “kim bu kim” ekanligini aniqlash jarayonini 
soddalashtirishga imkon beradi. Daktiloskopik skanerlar va ovozni aniqlovchi 
qurilmalardan foydalanish xodimlarni tarmoqqa kirishlarida murakkab parollarni 
eslab qolishdan xalos etadi. Qator kompaniyalar korxona masshtabidagi bir 
martali autentifikatsiya SSO (Single Sign-On) ga biometrik imkoniyatlarni 
integratsiyalaydilar. Bunday biriktirish tarmoq ma’murlariga parollarni bir martali 
autentifikatsiyalash xizmatini biometrik texnologiyalar bilan almashtirishga imkon 
beradi. Shaxsni biometrik autentifikatsiyalashning birinchilar qatorida keng 
tarqalgan sohalaridan biri mobil tizimlari bo‘ldi. Muammo faqat kompyuter 
o‘g‘irlanishidagi yo‘qotishlarda emas, balki axborot tizimining buzilishi katta 
zararga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, noutbuklar dasturiy bog‘lanish 
(mobil kompyuterlarda saqlanuvchi parollar yordamida) orqali korporativ 
tarmoqdan foydalanishni tez-tez amalga oshiradi. Bu muammolarni kichik, arzon 
va katta energiya talab etmaydigan barmoq izlari datchiklari yechishga imkon 
beradi. Bu qurilmalar mos dasturiy ta’minot yordamida axborotdan 
foydalanishning mobil kompyuterda saqlanayotgan to‘rtta satxi - ro‘yxatga olish, 
ekranni saqlash rejimidan chiqish, yuklash va fayllarni deshifratsiyalash uchun 
autentifikatsiyani bajarishga imkon beradi. 
Foydalanuvchini 
biometrik 
autentifikatsiyalash 
maxfiy 
kalitdan 


foydalanishni modul ko‘rinishida shifrlashda jiddiy ahamiyatga ega bo‘lishi 
mumkin. Bu modul axborotdan faqat xaqiqiy xususiy kalit egasining 
foydalanishiga imkon beradi. So‘ngra kalit egasi o‘zining maxfiy kalitini ishlatib 
xususiy tarmoqlar yoki Internet orqali uzatilayotgan axborotni shifrlashi mumkin. 
Mustahkamlash uchun topshiriqlar 
1. Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash 
2. Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskonik tizimi 
3. Yuzning tuzilishi va ovoz bo’yicha autentifikatsiyalovchi tizimlar
Uyga vazifa 
1. Ovoz bo’yicha autentifikatsiyalash tizimlari 
2. Ko‘z yoyi to‘r pardasining shakli bo’yicha autentifikatsiyalash tizimi 

Download 7,03 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113




Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№-23-MAVZU: FOYDALANUVCHILARNI BIOMETRIK

Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish