|
O‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari
|
bet | 30/34 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,97 Mb. | | #239477 |
Bog'liq uymakorlik2Bilib oldim
Yog’ochga naqsh o‘yish va gul solish san’ati hamisha ardoqlanib kelingan. Xozirgi paytda yog’och o‘ymakorligi me’morchilik bilan bir qatorda ro‘zg‘or buyumlariga bezak berishda keng qo‘llanilmoqda.
Xozirgi kunda arxitektura bilan bog‘liq bo‘lgan ganch va yog’och o‘ymakorligi tobora taraqqiy etib bormoqda. O‘zbekistonda qadimdan me’morchilik va uy-ro‘zg‘or buyumlarini bezashda, xalq amaliy san’atining turlaridan biri yog’och o‘ymakorligi keng qo‘llanib kelingan. Yog’och o‘ymakorligida turli naqsh uslublaridan foydalaniladi.
|
Har bir usta o‘zi yashab, ijod etgan erdagi badiiy an’analariing o‘ziga xos tomonlarini o‘zida aks ettiradi. SHularni inobatga olib xar bir viloyat kesimida yog’och o‘ymakorlik sa’natining o‘ziga xos usullarini, yog’ochlarga ishlov berishdan oldin qanday ishlovlar berilishini bilishni hohlayman
|
Xivalik xalq ustalari yog’ochni o‘yib naqsh ishlashda yog’ochning tabiiyligini saqlab qolganlar, buxorolik ustalar esa naqsh o‘yib ishlangan buyumlarni jim-jimador qilib, uni oltinsimon va kumushsimon ranglar bilan bo‘yaganlar. Ko‘qonlik xalq ustalari yog’ochni o‘yib naqsh solishda uni o‘rta chuqurlikda o‘yganlar. Toshkent xalq ustalari taxta yuzasidagi naqshlarni zaminsiz, chiziqlar orqali bajarganlar va xoshiya naqshlarini ko‘p ishlatganlar, Marg‘ilon ustalari o‘ymakorlik ishlarining zaminini o‘ta chuqur o‘yganlar.
|
“Yog’och o‘ymakorligi san’atining o‘ziga xos xususiyatlari” bo‘yicha “FSMU” texnologiyasi
“YOG’OCH MATERIALLARI” mavzusi bo‘yicha dars o‘tish metodikasi va yaratilgan ishlanmani bayoni
Salomlashish va davomaddan so‘ng. Mavzuning rejasi, maqsadi va ma’ruzadan kutilayotgan natijalar izoxlanadi.
“Yog’och materiallari” mavzusining mazmun va mohiyati, unga tuzilgan reja asosida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda tushuntiriladi.
3.Mashg‘ulotda talabalarning faolligini oshirish maqsadida faollashtiruvchi savollar berib boriladi.
“Yog’och materiallari mavzusining tushunchalariga “Kichik guruxlar” shaklantirilib topshiriqlar beriladi.
O‘rganilayotgan materialni yaxshiroq anglash uchun qo‘llaniladigan “SVOT” tahlil jadvalidan foydalanish uchun topshiriqlar beriladi.
“Yog’och materiallari” mavzusidagi kasalliklari “FSMU” muammoli ta’lim texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi.
“Yog’och materiallari” mavzusiga “Kichik guruxlarda ishlash” metodi
“YOG’OCH MATERIALLARI” MAVZUSIGA “SWOT-TAHLIL” JADVALI
|
| |