|
O’qituvchi: Solieya Rahimaxon
|
bet | 19/19 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 202,5 Kb. | | #114618 |
Bog'liq 9-sinf-3-chorakTashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish, o’quvchilarni guruhlarga bo’lish.
Ma’naviy daqiqa: Bahor yasharish va yangilanish fasli. Navro’z – bahor bayrami.
O’tilgan dars:”Rezbalar va ularni chizmalarda tasvirlash” mavzusi bo’yicha bajarilgan bolt, gayka, shayba chizmalari tahlil qilinadi.
Nazariy bilimlar savol-javob orqali aniqlanadi.
Savollar:
Rezbalar chizmada qanday belgilanadi?
Sterjenga o’yilgan rezbaning katta diametri qanday chiziqda tasvirlanadi? Kichik diametri-chi?
Gayka rezbasining katta diametri qanday chiziqda tasvirlanadi? Kichik diametri-chi?
O’quvchilarning nazariy bilimlari aniqlanib bo’lgandan keyin,qatorlarga rag’bat kartochkalar beriladi.
Yangi mavzu bayoni:
Texnikada rezbali birikmalar ko’p uchraydi. Ular boltli, shpilkali, vintli birikmalar hisoblanib, shartlilik va soddalashtirilgan ko’rinishda chizish mumkin.
Birikmada boltning uzunligi biriktiriladigan detallar qalinligiga bog’liq.Biriktiriladigan detallarning birini qalinligi a=25mm, ikkinchisining qalinligi b=35mm berilgan bo’lsa, ularga shayba qalinligi h, gayka balandligi H va gaykadan boltning rezbali rezbali uchi chiqib turadigan zahira k=o,25d lar yig’indisidan iborat, ya’ni bolt uzunligi L=a+b+h+H+0,25d bo’ladi.
d=24mm; L=70; d1=0,85d=20,4; D=2d=48; H=0,7d=16,8; L0 =2d+6=54;
c=0,10 - 0,15d; R=1,5=36.
Boltli birikma sinf taxtasiga chizib ko’rsatiladi. 25,1; 25,2- chizmalar va ko’rgazmali plakatlar tahlil qilinadi.
O’quvchilarning mustaqil ishlari
d=30mm, birktiriladigan detallarning qalinligi a=25mm va b=35mm bo’lgan metrik rezbali boltli birikma chizmasini o’quvchilar chizadilar.
O’quvchilarga individual tarzda yordam ko’rsatilib turiladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol-javob usuli qo’llaniladi
Savollar.
1.Boltning uzunligi qanday aniqlanadi?
2.Yig’ish chizmalarida boltli birikmani qanday tasvirlash mumkin?
O’quvchilar bajargan chizmalari tahlil qilinadi.
Baholash: Dars yakunida qatorlarga berilgan rag’bat kartochkalar sanaladi va g’olib qator aniqlanadi. O’quvchilar faoliyatiga ballar qo’yiladi.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob yozish.
Boltli birikma chizmasini chizishni davom ettirib tugallash. Shpilka formulasini o’rganib, chizmasini chizib kelish.
|
| |