1-Mavzu: Kirish. Avtomobil tugrisida umumiy tushuncha
Reja:
1. Avtomobilning rivojlanish tarixi
2. Respublikamizda avtomobilsozlikning rivojlanish bosqichlari
3. Yengil avtomobillar haqida umumiy ma’lumot
4. Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish turlari
Tayanch so`zlar:
Avtomobil,
rivojlanish tarixi, xizmat ko‘rsatish turlari,
yengil avtomobillar, CAPTIVA,VAZ-2121, MATIZ, SPARK, VAZ-
2108, 2109.
Avtomobilning rivojlanish tarixi
Avtomobillarning birinchi avlodlari ot tortadigan aravalar shaklida ishlanib,
unga oldingi g‘ildirakni aylantirish uchun bug‘ dvigateli o‘rnatilgan.
Avtomobil
kashfiyotchilarning
bug‘
dvigatelini
rivojlantirish,
takomillashtirish va uning ustida uzoq yillar moboynida tinimsiz ish olib
borilishi natijasidir. Bir necha yillar davomida bug‘ dvigateli asosida bir qancha
o‘ziyurar avtomobillar yaratildi. Birinchi mukammal harakatlanuvchi bug‘
avtomobilini 1769-yilda fransuz harbiy injeneri