|
Birinchi avtomobil: a — Karl Bens; b — Gotlib DaymlerBog'liq “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTiBirinchi avtomobil: a — Karl Bens; b — Gotlib Daymler
Daymler
Bensdan mustaqil ravishda o‘zining havo bilan sovitiladigan
benzinli dvigatelini yaratib, 1883-yili unga patent oladi. Dastlab Daymler bu
dvigatelni maxsus velosipedga o‘rnatdi. Velosipedning yon tomonlariga esa
qulamasligi uchun roliklar
o‘rnatilgan. Shu asnoda Daymler tomonidan 1885-yili dunyoda birinchi
mototsikl yaratildi.
Daymler Bensdan farqli ravishda 1886-yilda o‘zining to‘rt g‘ildirakli
avtomobilini yaratdi (3b-rasm).
Fransiya-Prussiya urushi «Daymler» avtomobillarining Fransiya bozoridagi
mavqeiga jiddiy putur yetkazadi. Buni bartaraf etish uchun nemis markasi
«Daymler»ni boshqa nom bilan almashtirishiga to‘g‘ri keladi, ya’ni «Daymler»
markasi – firma savdo vakilining 12 yoshli qizining qismi «Mersedes» bilan
almashtiriladi. «Mersedes» avtomobili shu tariqa dunyoga keladi.
Ko‘p yillik raqobatdan so‘ng 1926-yili «Daymler» va «Bens» firmalari
birlashadilar, uch qirrali «
baxtli yulduz
» sobiq raqobatchining «
lavr gardishi
»
bilan birlashtirilib, dunyoni o‘zining avtomobillari bilan hayratga solib
kelayotgan «
Daymler-Bens
» firmasi tashkil topdi. Firma «
Mersedes-Bens
»
markasi ostida avtomobillar ishlab chiqara boshladi.
Amerikada
Genrix
Fort
avtomobilsozlikni
otasi
hisoblanadi.
U
avtomobilsozlikda konveyer usulini olib kirdi va avtomobillarni keng
miqiyosida ishlab chiqarishga asos bo‘ldi.
1960-yilgacha avtomobil dvigatel quvvati har xil kattalikdagi o‘lchov
birliklarida o‘lchanib kelindi. Shu yili o‘tkazilgan og‘irlik va o‘lchamlarga
bag‘ishlangan XI xalqaro konferensiyada, yagona Xalqaro birliklar sistemasi
(SI) qabul qilindi. Ushbu sistemaga binoan quvvat vattlarda (Vt) ifodalanadigan
bo‘ldi. Quvvat o‘lchov birligi Djeyms Uatt
sharafiga atalgan bo‘lib Vt (Vatt) deb yoziladi. 1 ot kuchi (o.k.) 735 Vt (75 kg.
m/s) ga teng. Buning ma’nosi shuki, agar mashina 75 kg yukni chuqurlikdan 1
sekund vaqt ichida 1 metr masofaga ko‘tarsa, uning quvvati 1 o.k. ga teng.
|
| |