Mamalakatimizda avtomobil sanoatining rivojlanishiga juda katta e’tibor
qaratilmoqda, jumladan, Davlatimiz rahbari
Islom Karimov Vazirlar
Mahkamasining 2011-yil 21-yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida olib borilayotgan
islohotlar ko‘lamiga baho berib: «
O‘zbekistonda avtomobilsozlik Asakadan
boshlandi. Shu zavodni ochgan kunim – 1996-yil 19-iyulni O‘zbekiston hayoti
uchun, tarixi uchun baxtli kun deb hisoblayman
» degan edilar. Zero, ana shu
zavodda ishlab chiqarilayotgan sifatli va biri-biridan
zamonaviy avtomobillar
xalqimizni bu sohada ham hech kimdan kam emasligini, aksincha, raqobat
borasida ko‘plarni lol qoldirayotganligini ko‘rsatadi.
Istiqlol farzandi sanalmish ushbu qo‘shma korxonada 2000-yilda 30 700ta
avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2010-yil yakunida bu ko‘rsatkich 217
733tani tashkil etdi. Ko‘rinib
turibdiki, avtomobil ishlab chiqarish keyingi o‘n
yil oralig‘ida 181 033 donaga yoki 7,1 martaga oshgan. Ishlab chiqarilayotgan
«CAPTIVA», «YEPICA», «TACUMA», «LACETTI», «SPARK», «NEXIA»,
«DAMAS», «MATIZ» singari avtomobillar jahon bozorida yurtimiz nomini
dunyoga taratmoqda. Masalan: O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasiga 2005-yilda
eng ko‘p avtomobil eksport qilgan davlat hisoblandi. 2011-yilda esa Yaponiya
va Germaniyadan so‘ng uchinchi davlat deb topildi. 2011-yil Rossiyada «