Yengil avtomobillarga o‘rnatilgan porshenli ichki yonuv dvigatellar
quyidagi belgilari bo‘yicha turlarga bo‘linadi:
a) Ishlatiladigan yonilg‘ining turiga qarab:
benzin yonilg‘isida ishlaydidigan (injektorli va karburatorli);
dizel yonilg‘isida
ishlaydigan;
gaz yonilg‘isida ishlaydigan (suyultirilgan-propan, siqilganmetan).
b) Ish siklining amalga oshishi bo‘yicha:
ikki taktli;
to‘rt taktli;
olti taktli.
v) Ish aralashmasining alangalanishi bo‘yicha:
elektr uchquni bilan alangalanadigan-karburatorli va injektorli dvigatellar;
siqish natijasida o‘z-o‘zidan alangalanuvchi-dizel dvigatellari.
g) Silindrlar soniga qarab:
uch silindrli;
to‘rt silindrli;
olti silindrli;
sakkiz silindrli.
Avtomobillarda
asosan
to‘rt taktli
dvigatelining ish siklidan foydalaniladi.
Bular:
kiritish;
siqish;
kengayish (ish yo‘li);
chiqarish.
Ish sikli tirsakli valning ikki marta aylanganida sodir bo‘ladi.
Kiritish takti
, porshen yuqorigi chetki nuqta (YUCHN)dan pastki chetki nuqta
(PCHN)ga tomon
harakatlanganida amalga oshib, tirsakli valning 0 dan 180°
gacha burilishiga to‘g‘ri keladi. Bu taktning boshlanishi oldidan kiritish klapani
ochiladi. Silindrga yonuvchi aralashma (benzinli dvigatellarda) yoki havo
(dizellarda) kiritiladi.
Silindrga kiritilgan yonuvchi aralashma qizigan detallarning ta’sirida qiziydi va
kiritish takti oxirida uning harorati 40°...80°
S
ga yetadi (14 a rasm).
Siqish takti,
porshenning PCHNdan YUCHN tomon siljiganida amalga oshadi
va tirsakli valning 180° dan 360° gacha burilishiga to‘g‘ri keladi. Bunda kiritish
hamda chiqarish klapanlari yopiq bo‘ladi. Harorat 270...650°
S
ga yetadi (14b
rasm).