|
O‘qituvchiBog'liq “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi Sovitish suyuqligi.
Sovitish suyuqligi sifatida asosan suv ishlatiladi, chunki u
issiqlikni o‘ziga tez oladi va o‘zidan tez tarqatadi, arzon va etarli miqdorda.
Lekin sovitish tizimida qaynagan suvning quyqasi (nakip) cho‘kib, suv g‘ilofi
devorlarida tuz qatlami hosil qiladi. Buning natijasida silindrlar blokining
issiqlik o‘tkazish qobiliyati
sustlashadi, suv g‘iloflarining devorlari zanglaydi. Qish faslida tizimdan
to‘kilmagan suv muzlab, silindrlar blokini yorib yuborishi mumkin. Shuning
uchun sovituvchi suyuqlik sifatida, yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklardan holi
bo‘lish uchun antifriz suyuqligidan keng foydalanilmoqda. Antifrizning ikki xili
ishlab chiqariladi: tarkibi 47% suv va 53% etilen glikol bo‘lgan antifriz M-40
(muzlash harorati - 400S). 34% suv va 66% etilen glikoldan tashkil topgan;
antifriz M-65; (muzlash harorati 650S). Antifriz inson organizmi uchun zaharli
hisoblanadi. Uning issiqlik sig‘imi suvnikiga nisbatan kam. Shuning uchun
sovituvchi suyuqlik sifatida antifriz qo‘llanilganda tizimning issiqlik tarqatish
qobiliyati suv bilan sovitilgandagiga nisbatan past bo‘ladi, natijada silindrlar
devorining harorati 15…200S ga ortiqroq qiziydi. Antifriz qiziganda suvga
nisbatan birmuncha ko‘proq kengayadi. Tizimda suyuqlik sifatida suv
ishlatilganda yomg‘ir yoki oqar suvlaridan foydalanish tavsiya etiladi, chunki bu
suvlar yumshoq xususiyatiga ega. Sovituvchi suyuqlik sifatida quduq, buloq
yoki dengiz suvlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bunday suvlarni
yumshatish uchun 30…40 daqiqa qaynatiladi va tizimga quyishdan avval besh-
olti qavat dokadan o‘tkazib filtrlanadi.
25-rasm.
Radiator va jalyuz:
1 va 9 birlashtiruvchi shlanglar; 2-jo‘mrak; 3 va 6 - pastki va yuqorigi
bakchalar; 7-radiator qopqoqi; 8-radiator bo‘izi; 10-radiator o‘zagi;
11-yo‘naltiruvchi kojux.
|
| |