ikkala g‘ildirak tishlarining qirralari bilan korpus devori oralig‘idagi radial
tirqish kichik (0,06…0,1mm) bo‘lishi nazarda tutiladi. Yetakchi tishli g‘ildirak
harakatni valikdan oladi va unga shponka yordamida mahkamlanadi.
Yetaklanuvchi tashqi g‘ildirak esa o‘z o‘qida erkin aylanadi.
27-rasm.
Moy nasosi sxemasi.
a) tashqi ilashgan shesternyali. b) ichki ilashgan shesternyali. v) rotorli.
1-yetaklovchi shesternya; 2-nasos qobig‘i; 3-keluvchi quvur; 4-yetaklanuvchi
shesternya; 5-o‘q; 6-yuboruvchi quvur; 7-ajratiluvchi sektor; 8-yetaklanuvchi
rotor;
9-yetaklovchi rotor.
Nasos ishlayotganda uning tishli g‘ildiraklari strelka bo‘yicha yo‘nalishda
aylanadilar. Shunda moy karter tubidan qabul qilgich
orqali nasosning kiritish
kanaliga 3 vujudga kelgan siyraklanish ta’sirida so‘riladi va korpus devori bilan
tishlar oralig‘idagi bo‘shliq to‘ldiriladi. Tishli g‘ildiraklarning aylanishi
davomida bo‘shliqlardagi moy korpusdevori bo‘ylab
nasosning haydash kanali
orqali asosiy moy kanaliga bosim bilan yuboriladi. Tishlar ilashishga
kirayotganda ular oralag‘idagi, o‘ramda qolgan, moy qisilib g‘ildiraklarni radial
yo‘nalishda ikki tomonga keradigan kuch xosil qiladi va ularni erkin aylanishga
to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun tishlarning ilashgan
joyida korpusda ariqcha
qo‘yiladi va uni kanalcha orqali xaydash bo‘shlig‘i bilan tutashtiriladi: shunda
g‘ildiraklarning erkin aylanishiga qarshilik ko‘rsatayotgan tishlar oralig‘idagi
qisilgan moylar xaydash bo‘shlig‘iga o‘tkazib yuboriladi.
Nasos bilan xosil
qilinadigan bosim asosiy moy kanalidan moyning qay darajada sarflanishi, tishli
g‘ildiraklarning aylanishlar chastatasi va moyning qovusholigiga boliq bo‘ladi.
Benzinli dvigatellarda tizimdagi moyning bosimi 0,3…0,5MPa, dizellarda esa
0,5…0,7MPa bo‘ladi. Tizimdagi moy bosimini belgilangan me’yoridan
ortib
ketmasligini reduksion klapan ta’minlaydi. Bosim belgilanganidan ortib ketsa
reduksion klapanining sharchasi prujina kuchini yengib o‘rindig‘idan siljiydi va
moyning ma’lum miqdorini nasosning so‘rish bo‘shlig‘iga o‘tkazadi va
tizimdagi bosim pasayadi.