• Mayin tozalash filtrlari.
  • Karterni shamollatish.
  • O‘qituvchi




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet83/132
    Sana27.05.2024
    Hajmi6,77 Mb.
    #255120
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   132
    Bog'liq
    “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

    Moy filtrlari 
    moyni, dvigatel detallarining yeyilishi natijasida xosil 
    bo‘ladigan metall zarrachalari, shuningdek, chang va moyning eskirishi 
    natijasida unda xosil bo‘ladigan turli oksid moddalari va boshqa ifloslantiruvchi 
    elementlardan tozalaydi. Arganik va noarganik zarrachalar bilan ifloslangan 
    moy, detallarning ishqalanib ishlaydiganyuzalarining tez yeyilishiga sabab 
    bo‘ladi va moy kanallarini ifloslantiruvchi smola va moy quyilari bilan to‘lib 
    olishiga olib keladi. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida qo‘llaniladigan 
    filtrlarning turi moyni tozalash usuliga ko‘ra, tirqishli yoki markazdan qochma 
    bo‘lishi mumkin. Tirqishli filtrlarda moyning tozalanish darajasi uning 
    moyo‘tkazadigan 
    mikro 
    teshikchalari 
    (tirqishlari)ning 
    o‘lchami bilan 
    belgilanadi. Markazdan qochma filtrlarda qattiq zarrachalarni moydan ajratish 
    markazdan qochma kuch ta’sirida amalga oshiriladi. 
    Filtrlar
    , ushlab oladigan zarrachalarning o‘lchamlariga ko‘ra dag‘al (40mkm 
    gacha zarrachalarni ushlaydi) va mayin (1..2mkm gacha zarrachalarni ushlaydi) 
    filtrlarga bo‘linadi. 
    Mayin tozalash filtrlari. 
    Zamonaviy avtomobil dvigatellarida mayin filtr 
    sifatida tirqishli yoki markazdan qochma tozalash filtrlaridan foydalanilmoda. 
    Bunday filtrlar moyni 1-2mkm gacha bo‘lgan mexanik zarrachalardan to‘la 
    tozalaydi. Shuningdek, smola va moy quyilarini ham ushlab qoladi. Tirqishli 
    filtrlarda almashtirib turiladigan tozalovchi elementi sifatida lentali-qog‘oz, 
    maxsus karton yoki karton disklar to‘plami va boshqa materiallardan 
    foydalaniladi. Nasosdan bosim bilan xaydalgan moy filtrlovchi elementlarning 
    mikro kavaklaridan (tirqishlaridan) tozalanib o‘tib asosiy moy kanaliga boradi. 
    Karterni shamollatish. 
    Dvigatelning ish jarayonida porshen ustida xosil 
    bo‘lgan yuqori bosimga ega gazlarning bir qismi porshen xalqalari bilan silindr 
    oralig‘idagi tirqishdan karterga o‘tadi. Bu gazlar yonuvchi aralashma, to‘la va 
    qisman yongan maxsulotlardan iborat bo‘lib 
    karter gazlari 
    deb ataladi. 
    Karterga o‘tadigan gazlarning miqdori dvigatel yuklanishining ortishi, 
    shuningdek silindr, porshen va porshen xalkalariyeyilishining oshishi natijasida 
    ko‘payib boradi. Bu gazlarning tarkibida yonilg‘i va suv bug‘i, karbonat 
    angidrid, oltingugurt, azot va qisman karbon-vodorod birikmalari bo‘ladi. 
    Yonilg‘i bug‘i tomchiga aylanib moyni suyuqlashtiradi, suv bug‘i va boshqa 
    birikmalar moyni oksidlaydi, natijada moyning sifati yomonlashadi. Karter 
    gazlarining moyga yomon ta’sirini kamaytirish uchun ularni karter bo‘shlig‘idan 
    uzluksiz ravishda chiqarib turish lozim bo‘ladi. Shuningdek karter bo‘shlig‘ini 
    yetarli darajada shamollatilmasa, karterda gaz bosimi ortib, tirsakli valning 
    salnik elementi va karterning zichlovchi qistirmalaridan moy oqaboshlaydi. 
    Bundan tashqari, gazlar kabina yoki kuzovga o‘tsa,xaydovchi va yo‘lovchilarni 
    zaxarlaydi. 


    FSMU texnologiyasi 

    Download 6,77 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   132




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish