bo‘lib ichiga, kengayish hajmi katta bo‘lgan serezin (neftyannoy vosk)
aralashtirilgan mis kukuni to‘ldiriladi. Sovituvchi suyuqlik harorati (70
20S)
dan oshgach, ballondagi qattiq aralashma eriy
boshlaydi va uning hajmi
kengayib, diafragma shtokni ko‘tarib, klapanni ochadi, natijada suyuqlikning
ma’lum qismi radiator tomon yo‘naladi. Harorat(83
20S) ga yetganda klapan
to‘la ochiladi va radiator orqali o‘tadigan
suyuqlikning miqdori yanada
ko‘payadi. Suyuqlik harorati pasayib ballon ichidagi element xajmi qisqarsa
klapan qaytargich prujina ta’sirida yopiladi. Natijada sovituvchi suyuqlik yana
suv nasosiga o‘tib, kichik doira bo‘yicha aylana boshlaydi. Ba’zida (Tiko,
Damasavtomobillari dvigatellari) termostat ballonida qattiq to‘ldirgich sifatida
qirrali parafin donalaridan (granula) foydalanilgan.
6-Mavzu: Moylash tizimining tuzilishi va ishlashi
Reja:
1. Moylash tizimi vazifasi
2. Moylash mehanizmlari va ularning vazifalari
3. Moylash tizmi ishlash tartibi
1. Moylash tizimi
Moylash tizimi dvigatel detallarining ishqalanuvchi yuzalariga yetarli
miqdorda moy yetkazib berish bilan ulardagi ishqalanishni va yoyilishni
kamaytirish vazifasini bajaradi. Shuningdek, ishqalanuvchi yuzalarni qisman
sovitadi va ularda yeyilishdan hosil bo‘lgan metal zarrachalari bilan birga moy
qurumlarini yuvadi, so‘ngra karter
tubidagi ifloslangan moylarni filtrlaydi.
Moy dvigatel detallariga sachratish, bosim ostida
yoki aralash usulda berishi
mumkun. Shunga ko‘ra, zamonaviy avtomobil dvigatellarida asosan
kombinatsiyalashgan (aralash) moylash tizimi qo‘llaniladi. Bu turdagi moylash
tizimida katta yuklanib ishlaydigan detal yuzalariga moy nasos orqali bosim
ostida
majburiy, qolganlariga esa sachratish va tomchi usuli bilan yuboriladi.
Kombinatsiyalashganmoylash tizimi quyidagi detal, mexanizm va tuzilmalardan
tashkil topgan: moy karteri, moy qabul qilgich, moy nasosi,
moy filtrlari, moy
radiatori, moy klaponlari, moy kanallari, moyning satxi,
bosim va haroratni
ko‘rsatuvchi asbob-uskunalar (26-rasm).
Moylash tizimi quyidagi qismlardan tashkil topgan:
-moy karteri;
-
moy nasosi moy qabul qilgich bilan birga;
-
moy filtrlari;
-
moyni yuqori bosim ostida uzatuvchi quvur (silindrlar blokidagi).
26-rasm.