bachogiga o‘tadi. Suyuqlik havo oqimi bilan shamollatilayotgan radiator
naychalarida sovitiladi va radiatorning pastki bachogiga oqib tushadi.
Radiator
orqali o‘tadigan havo oqimining vujudga kelishi ventilatordan va avtomobilning
harakatida uning oldidan bo‘ladigan qarshi havo bosimining oqimidan paydo
bo‘ladi.
24-rasm.
Suyuqlik bilan sovitish tizimining sxemasi:
1-radiator; 2-sovutish suyuqligining quvuri; 3-ta’minlovchi bachok; 4-
termostat;
5-suyuqlik nasosi; 6-silindrlar blokining suyuqlik kuvurchalari; 7-silindrlar
bloki
kallagining suyuqlik kuvurchalari; 8-isitish radiatori elektroventilatori bilan;
9-radiatorning isitish tizimi jumragi; 10-silindrlar blokidagi suyuqlikni
chiqaruvchi jumrak; 11-sovutish suyuqligini radiatorning to‘kish jumragi; 12-
ventilator.
Bunda suyuqlik kichik doira bo‘yicha aylanishi, ya’ni radiatorga
bormaganligi
sababli u tez qiziydi, natijada dvigatelning qizishi ancha
tezlashadi. Suyuqlik harorati 80…850S dan ortganda termostat klapani ochila
boshlaydi, shunda suyuqlikning ma’lum miqdori radiatorga, ma’lum miqdori esa
suv nasosiga o‘ta boshlaydi. Keyinchalik suyuqlikning harorati 85-950S larga
borganda termostat klapani to‘liq
ochiladi, shunda suyuqlik asosan radiatorga
yuboriladi. Shu tarzda, dvigatelning harorat rejimi ma’lum oralida avtomatik
rostlanib turadi. Dvigatelning optimal
harorat rejimini saqlash, asosan
radiatordan o‘tayotgan havo oqimining jadalligini (intensivnost) o‘zgartirish
bilan erishiladi. Jalyuza yordamida radiatordan o‘tayotgan havo miqdorini, shu
bilan birga sovitishni jadallashtirilishini (intensivnost) rostlab turiladi. Havo
oqimining radiatordan o‘tish tezligini, ventilator 6 yana ham oshiradi. Ba’zida
ventilator, dvigatelning harorat rejimi me’yoridan ortgandagina ishga tushadigan
qilib ishlanadi. Ayrim dvigatellarda esa ventilatorning
aylanishlar chastotasi
sovituvchi suyuqlikning haroratiga qarab avtomatik ravishda o‘zgarib turadi.
Suyuqlik, sovitish tizimiga radiatorning yuqorigi bo‘g‘izidan quyiladi, so‘ngra
bo‘g‘iz qopqoq bilan zich berkitiladi Ba’zi avtomobil dvigatellarida suyuqlik
sovitish tizimiga kengayish bakchasi orqali quyiladi. Tizimni suyuqlikdan
bo‘shatish uchun radiatorning pastki bakchasiga jo‘mrak 5 o‘rnatilgan.