|
Radiator blokda qizigan suyuqlikning issiqligini tashqi muhitga tarqatishBog'liq “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi
Radiator blokda qizigan suyuqlikning issiqligini tashqi muhitga tarqatish
uchun xizmat qiladi
(25-rasm). U yuqorigi 6 va pastki 3 bakchalar, radiator
o‘zagi 10 va radiator qopqoqidan 7 iborat. Suyuqlik radiatorga yuqorigi
bakchaning bo‘g‘izidan 8 quyiladi. Bo‘g‘iz qopqoq 7 bilan zich berkitilgan.
Radiator o‘zaklarining turlari naycha-plastinkali yoki naycha-lentali bo‘lishi
mumkin. Naycha-plastinkali bo‘lganda, naychalari gorizontal joylashtirilgan
qator yupqa plastinkalar orasidan o‘tkazilib, uchlari yuqoriga 6 va pastki 3
bakchalarga kavsharlanadi. Naycha-lentali bo‘lganda naychalari oralig‘iga,
sovitish yuzasini oshirish maqsadida to‘lqinsimon shaklda ishlangan lentalar
joylashtiriladi. Radiator o‘zagining ikkala turida ham qo‘llaniladigan naychalar
asosan yassi oval kesimli bo‘ladi. Naychalar, radiator o‘zagida vertikal yoki
gorizontal o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik avtomobillarda vertikal
o‘rnatilgan bo‘lsa ayrim yengil avtomobillarda (Matiz va Neksiya avtomobillari)
naychalari gorizontal joylashtirilgan (25-rasm).
Suyuqlik nasosi
. Sovitish tizimida suyuqlikning majburiy harakatlanishi
nasos yordamida amalga oshiriladi. Odatda past bosimli (40…100 kPa)
markazdan qochma suyuqlik nasosi ishlatiladi. Suyuqlik nososining vali
korpusga ikkita sharsimon podshipnik va yordamida o‘rnatilib, ular oralig‘ida
vtulka joylashtiriladi. Podshipniklarga moy, moydon orali yuboriladi. Valning
oldingi uchiga shponka yordamida gubchak o‘rnatiladi va unga ariqchali shkiv
biriktiriladi. Valning keyingi uchiga gubchagi metaldan ishlangan plastmassali
parrak o‘tkazilib bolt yordamida qotiriladi. Parrakning valga o‘tkazilgan joyida
siquvchi solnik o‘rnatilgan bo‘lib, uning aylanadigan tekstolit shaybasi prujina
yordamida korpusning silliqlangan ishchi yuzasiga tiralib turadi.
Termostat
- avtomatik klapan bo‘lib, sovuq dvigatelning yurgazilganda uning
tez qizishiga imkon yaratish bilan radiatordan o‘tayotgan suyuqlik miqdorini
rostlab sovitish tizimida optimal haroratni saqlashda xizmat qiladi. Avtomobil
dvigatellarida
suyuqlikli
va
qattiq
to‘ldirgichli termostatlar qo‘llaniladi. Sovitish
tizimidagi suyuqlikning harorati ma’lum darajaga (70…800S) ko‘tarilganda
ballondagi aralashmaning bug‘lanishi natijasida undagi bosim ortib qobirg‘ali
silindr bo‘yiga uzayadi va termostat klapani qisman ko‘tarilib, suyuqlikning
ma’lum miqdori radiatorga, ma’lum miqdori esa suyuqlik nasosiga o‘ta
boshlaydi. Keyinchalik suyuqlikning harorati 90…950S ga yetishi bilan klapan
to‘la ochiladi, suyuqlik asosan radiatorga yuboriladi. Bunday termostatlardan
sovitish suyuqligining orticha bosimi katta bo‘lgan yopiq tizimli dvigatellarda
foydalanilmaydi. Bunday termostatlarning balloni yupqa devorli bo‘lgani uchun
sovitish tizimidagi ortiqcha bosimga sezgirligi yuqori bo‘ladi. Bunday xol
termostatning aniqlik bilan ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
|
| |