5-Mavzu: Suyuqlik bilan sovutish tizimining tuzilishi va ishlashi
Reja:
1. Sovitish tizimining tuzilishi
2. Sovutish tizimining ishlash tartibi mehanizm detallari
3. Sovutish suyuqliklari
Sovitish
tizimi kuchli qizigan detallardan issiqlikning tarqatilishinibir
me’yorda saqlab dvigatelning optimal issiqlik rejimini saqlash uchun xizmat
qiladi.
Dvigatelda issiqlikni majburan
tashqi muhitga tarqatish
suyuqlik
(suyuqlik
bilan sovishi tizimi) yoki
havo
(havo bilan sovitish tizimi) bilan amalga
oshirilishi mumkin. Avtomobil dvigatelda asosan qo‘llaniladigan suyuqlik bilan
sovitish tizimi havo bilan sovitish tizimiga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
-qo‘llaniladigan suyuqlikni qaynash harorati 370…3800 K (100…1100S)
bo‘lganligi sababli dvigatelning detallari qattiq qizib ketmaydi;
-
sovituvchi suyuqlik dvigateldan ishi nisbatan shovqinsiz bo‘ladi;
-
tashqi muhitning harorat sharoiti past bo‘lganda dvigatelni yurgazish nisbatan
oson bo‘ladi va qizishi tezlashadi;
-
bu turdagi dvigatelning sovitish tizimi qoburg‘alarining bo‘lmaganligi sababli
u ixcham bo‘ladi.
Havo bilan sovitish tizmining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar:
-
tizimda
suyuqlik nasosi, radiator, suyuqlik kanallari, thermostat yo‘qligi
sababli u bir muncha yengil va oddiy ishlangan;
-
dvigatelda suv g‘ilofi bo‘lmaganligi sababli u muzlab qolmaydi.
Suyuqlik bilan sovitish tizimi.
Dvigatelning
slindrlari atrofida, shuningdek,
kallagi ichida bo‘shliqlar (sovitish g‘iloflari) bo‘lib, ular sovituvchi suyuqlik
bilan to‘ldiriladi. Sovitish g‘iloflari patruboklar va
qizigan suyuqlikni sovitib
beradigan radiator 4 bilan ulanadi. Suyuqlik sovitish tizimiga radiatorning
yuqorigi bo‘g‘izidan quyiladi, so‘ngra
bo‘g‘iz qopqoq bilan zich berkitiladi. Qopqoqda klapanlar bo‘lib, sovitish
tizimining ichki bo‘shlig‘i ular orqali atmosfera bilan bog‘lanadi.
Bunday
sovitish tizimini