|
O‘qituvchiBog'liq “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi
To‘rt taktli to‘rt silindrli ish tartibi 1-3-4-2 bo‘lgan dvigatelda
taktlarning takrorlanishi
Porshen PCHN dan YUCHNga harakatlana boshlaganda
birinchi takt
boshlanadi. Bu paytda kiritish va chiqarish darchalari ochiq. Nasos yordamida
kiritish darchasi orqali silindrga yonilg‘i aralashma yoki havo kiritiladi, ular esa
silindr ichida qolgan gazlarni atmosferaga chiqarib yuboradi va porshen
tepasidagi bo‘shliqni to‘ldiradi; yuqorigaharakatlanayotgan porshen o‘z
devorlari bilan kiritish, so‘ngra chiqarish darchalarini to‘sadi. Shu vaqtdan
boshlab siqish takti boshlanadi va porshen YUCHNga yetay deganda siqish
kamerasiga o‘t oldirish shami bilan elektr uchquni beriladi (karburatorli,
injektorli dvigatelda) yoki yokilg‘ining mayda zarrachalari forsunka yordamida
purkaladi (dizelda), natijada siqish kamerasidagi zarad alangalanadi.
15-rasm.
NEXIA avtomobilining dvigatel qirqimi
.
1-moy to‘kish krani; 2-moy saqlagich; 3-moy filtri; 4-suv nasosi; 5-chiqarish
quvuri; 6-kiritish quvuri; 7-injektor; 8-yonilg‘i kanali; 9-resiver; 10-silindrlar
blokining kallagi; 11-taqsimlash valining podshipnikining qopqog‘i; 12-
taqsimlash vali; 13-karterning shamollatish shlangi; 14-klapanning tirqishini
to‘g‘rilovchi shayba; 15-klapan suxarisi; 16-turtkich; 17-klapan prujinasi;
18,19-klapanning yo‘naltiruvchi vtulkalari; 20-klapan; 21-o‘t oldirish shami;
22-silindrlar blokining kallagi; 23-porshen; 24-kompressor halqa; 25-moy
sidirgich halqa; 26-porshen barmog‘i; 27-silindrlar bloki; 28-shatun; 29-
tirsakli val; 30-shatun qopqog‘i; 31-moy sathini o‘lchagich; 32-moy qabul
qilgich.
|
| |