|
O‘qituvchiBog'liq “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi
Ikkinchi taktda
porshen YUCHN dan PCHN ga harakat qiladi. Bunda siqish
taktining oxirida boshlangan yonish jarayoni davom etadi,natijada silindrda ko‘p
miqdorda issiqlik ajraladi va gazlar bosimi ta’sirida porshen PCHN tomon
harakatlanadi. Bu vaqtda silindrda kengayish takti ketadi.
Porshenning harakatlanishi vaqtida u o‘z devorlari bilan chiqarish darchasini
ochishi bilanoq bosimga ega bo‘lgan ishlatilgan gazlar tashqariga chiqa
boshlaydi. So‘ngra kiritish darchalari ochilib, silindrga nasos yordamida yangi
zarad (yonilg‘i aralashmasi yoki havo) yuboriladi, u esa ishlatilgan gazlar bilan
qisman aralashib ularni chiqarish darchalari orqali tashqariga siqib chiqaradi.
Keyingi siklda shu jarayonlar yana ketma-ket takrorlanadi.
Rotorli dvigatellarda yonilg‘ining yonishi natijasida kengaygan gazlar bosim
bilan rotorga ta’sir etib uni aylantiradi. Hozirgi vaqtda, rotorli dvigatellar, ayrim
kamchiliklari tufayli avtomobillarda kam qo‘llanilmoqda. Rotorli dvigatellar o‘z
navbatida gaz turbinali va rotorporshenlilarga bo‘linadi.
Nazorat savollari:
1. Zamonaviy avtotransport vositalarida asosan ichki yonuv
dvigatellari haqida gapiring.
2. Yengil avtomobillarga o‘rnatilgan porshenli ichki yonuv
dvigatellari nima?
3. Silindr ish tartibi nima?
4-Mavzu: Injektor va dizel dvigatellarnin gaz taqsimlash mehanizmining
ishlash tartibi
Reja
1.Injektor dvigatellarda gaz taqsimlash mexanizmining tuzilishi
2.Dizel dvigatellarda g.t.m ning tuzilishi
3.G.T.Mning detallari va ishlash tartibini urganish
Gaz taqsimlash mexanizmi dvigatel silindrida ish jarayonni o‘tishiga
qarab unga yonuvchi aralashma (benzinli dvigatellarda) yoki havo
|
| |