Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi




Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/132
Sana27.05.2024
Hajmi6,77 Mb.
#255120
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   132
Bog'liq
“BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi
( 20 b rasm) 
o‘zining afzalliklari tufayli, konstruksiyasining birmuncha murakkabligidan 
qat’i nazar (klapanlari pastda joylashganga nisbatan) deyarli barcha zamonaviy 
avtomobil dvigatellarida qo‘llaniladi. Bunda yonish kamerasi ixcham, siqish 
darajasi va silindrni yonuvchi aralashma bilan to‘ldirish koeffitsiyenti nisbatan 
yuqori bo‘ladi. Bu omillar avtomobil dvigatelining quvvati va yonilg‘i 
tejamkorligini birmuncha oshiradi. Bunday gaz taqsimlash mexanizmi quyidagi 
detallardan tashkil topgan: Taqsimlash vali bilan uning tishli g‘ildiragi, 
koromislolar 11 bilan uning o‘qi 12, klapanlar 5, mahkamlovchi detallari bilan 
birga klapan prujinalari va yo‘naltiruvchi vtulkalaridan tuzilgan. 
Bu mexanizm quyidagicha ishlaydi: taqsimlash vali aylanganda uning 
mushtchasi turtkichga tiralib, uni shtanga 14 bilan birgalikda yuqoriga ko‘taradi. 
Harakat shtanga orqali, koromisloning 11 ketingi uchiga burab kiritilgan boltga 
4 o‘tadi va koromislo o‘z o‘qida buriladi. Burilishi natijasida ikki yelkali 
koromisloning bir uchi klapan 5 sterjeniga tiralib uni pastga suradi, klapan 
prujinasi siqiladi, natijada klapan o‘z o‘rindig‘idan siljiydi va yangi zarad 
(yonuvchi aralashma yoki havo) keladigan yoki ishlatilgan gazlar chiqib 
ketadigan kanal ochiladi. Klapan to‘la ochilgan payt turtkichning tubi 
mushtchaning eng yuqorigi qismida turgan holatiga to‘g‘ri keladi. Taqsimlash 
vali burilgan sari turtkich mushtchaning 2 do‘ng qismidan o‘tadi va shtanga 
bilanbirgalikda pastga siljiydi. Klapan esa prujina ta’sirida yuqoriga surilib 
avvalgi vaziyatini egallaydi, ya’ni uning kallagi o‘z o‘rindig‘iga jips o‘rnashadi. 
Klapanlari yuqorida joylashgan mexanizmda taqsimlash valining, o‘rnatilish 
joyiga qarab ular silindrlar blokida joylashgan yoki silindrlar bloki kallagida 
joylashgan bo‘lishi mumkin. Klapanlari va gaz taqsimlash valining dvigatelda 
turlicha joylashtirish usullariningsxemalari 21-rasmda ko‘rsatilgan. 


 
21-rasm. 

Download 6,77 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   132




Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi

Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish