Jadvalni to‘ldiring
Nazorat savollari:
1. Krivoship-shatunli mexanizm.
2.
Yengil avtomobillarga o‘rnatilgan porshenli ichki yonuv
dvigatellari.
3.
Silindr ish tartibi.
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda xamda
o’quv jarayonini baxs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu
texnologiya talabalarni o’z fikrini ximoya qilishga, erkin fikrlash va o’z
fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq xolda baxslashishga xamda shu
bilan birga baxslashish madaniyatini o’ratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan
oddiy qog`ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib,
tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam
beradi.
F – fikringizni bayon eting
S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M – ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U – fikringizni umumlashtiring
7-Mavzu:Dvigatel taminlash tizimining vazifasi
.
Reja:
1. Karbyuratorni boshqarish.
2.Yonuvchi aralashma hosil qiluvchi va ishlangan gazlarni chiqaruvchi
qurilmalarning tuzilishi va ishlashi.
3. Benzinni purkab beruvchi ta'mlnlash tizimi.
4.Yonilg‘i berish va tozalash asboblari. havo filtri
Havo zaslonkasi o‘z vaqtida ochilmagan holatlarda silindrlarda
yonuvchan aralashma yona boshlashi bilan, havo zaslonkasidagi saqlov-chi klapan
(17) va teshikdan (15) o‘tayotgan havo aralashmaning haddan ziyod
quyuqlashishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Tirsakli valning kichik chastotali aylanishlarida (salt ishlash rejimi) drossel
zaslonkalari yopiq bo‘ladi. Shuning uchun diffuzorlardagi (10) siyraklanish
hamda havo tezligi uncha katta bo‘lmaydi va kichik diffuzorlarning
halqasimon tirqishlaridagi yonilg‘i oqib chiqmaydi. Drossel zaslonkalari ostida
esa katta siyraklanish yuzaga keladi. Bu siyraklanish teshiklar (32) orqali
emulsiya kanallariga va ulardan salt ishlash tarmog‘ining jiklyorlariga (7) ta'sir
etadi. Buning oqibatida qalqi kamerasidagi yonilg‘i asosiy jiklyorlar (1) orqali salt
ishlash jiklyorlariga kirib keladi.
Salt ishlash tizimi jiklyorlarining yuqoridagi teshiklaridan kirib kelgan
havo yonilg‘i bilan aralashadi. Hosil bo‘lgan emulsiya, o‘z kanallari bo‘ylab
harakatlanadi va teshik (32) orqali, ikkala aralashtirish kamerasining drossel orti
bo‘shlig‘iga chiqadi. Drossel zaslonkalarining yopiq vaziyatida teshik (33) orqali
havo surilib, yonilg‘ining emulsiyala-nishini yaxshilaydi. Drossel zaslonkalari
ochila boshlashi bilan teshikda (33) siyraklanish ortib, ulardan ham emulsiya oqa
boshlaydi. Shu yo‘l bilan, dvigatelni, tirsakli valning kichik chastotali
aylanishlaridan yuklanishli ishlashiga ravon o‘tishi ta'minlanadi.
Salt ishlashdan kichik va o‘rta yuklanishga o‘tish, drossel
zaslonkalarining ochilishini ko‘paytirish bilan amalga oshiriladi. Salt ishlash
tizimi, emulsiya yuborishni sekin-asta bir tekis kamaytiradi. Bu vaqtga kelib
diffuzorlardagi havoning tezligi va siyraklanish ortib ketadi, binobarin, asosiy
dozalovchi qurilma ishga kirishadi. Yonilg‘i qalqi kamerasidan asosiy jiklyorlar
(1) va to‘la quvvat jiklyorlari orqali kirib keladi. Yonilg‘i o‘z yo‘lida havo
jiklyorlari (8) orqali kirib kelgan havo bilan aralashadi va kichik diffuzorlarning
halqasimon teshiklaridan emulsiya ko‘rinishida oqib chiqadi. Havo jiklyori (8)
va salt ishlash tizimining havo jiklyori orqali to‘zitgichga (9) kirib kelgan havo
asosiy jiklyorlar (1) va to‘la quvvat jiklyorlarida (29) siyraklanishning ortib
ketishini sekinlashtiradi. Shuning hisobiga asosiy jiklyorlardan yonilg‘ining oqib
o‘tishi tormozlanadi va yonuvchan aralashma kerakli tar-kibgacha suyuqlashadi.
Dvigatelning
to‘la
yuklanishida
aralashmani
quyuqlashtirish
ekonomayzer yordamida ta'minlanadi. Drossel zaslonkalari (30) to‘la ochilishga
yaqinlashgan holatida shtok (21) turtgichni (20) bosib, ekonomayzerning
zoldirli klapanini ochadi. Klapanning ochilishi to‘la quvvat jiklyorlariga (29)
yonilg‘ining oqib kelishini ko‘paytiradi, aralashma quyuqlashadi va dvigatel
to‘la quvvat bilan ishlaydi.
Drossel zaslonkalari keskin ochilgan paytda avtomobil zudlik bilan tezlab
ketishi uchun zarur bo‘lgan aralashmani qisqa vaqtga boyitishini tezlatgich nasosi
amalga oshiradi. Drossel zaslonkalarining keskin ochilishi bilan bir paytda
richag (28), ilgak (27), tortqi (24) va u bilan birga planka (22) pastga tomon tez
siljiydi. Shu paytda planka (22) prujina orqali shtok (23) va porshenni (25) pastga
tomon bosadi. Porshen ostidagi bosim ko‘tarilib, teskari klapan (26) yopiladi va
haydash klapani (12) ochiladi. Bosim ostidagi yonilg‘i ichi kovak vint (13)
teshigidan o‘tgandan so‘ng boshqa teshik (14) orqali aralashtirish kameralariga
ingichka oqim ko‘rinishida purkaladi. Haydash klapani (12), nasos porsheni
(25) tezda yuqoriga ko‘tarilganda, tezlatgich nasosining qudug‘iga havo
kirishini hamda drossel zaslonkalarini o‘zgarmas holatlarida va tirsakli valning
katta chastotali aylanishlarida, aralashtirish kameralariga tezlatgich nasosi
qudug‘idan yonilg‘i so‘rilishining oldini oladi. Plankadan (22) tezlatgich nasosi
porsheniga kuchning prujina orqali uzatilishi - yonilg‘ini davomli purkalishi va
drossel zaslonkalari keskin ochilganda yuritma detallarining sinib ketishidan
saqlash uchun zarurdir.
ГАЗ-53A avtomobili dvigateliga yonilg‘ini pnevmatik tormozlovchi ikki
kamerali K-126B karburatori o‘rnatiladi. U tuzilishi va ishlash tamoyili
bo‘yicha K-88A karburatoriga o‘xshash bo‘ladi.
ЗИЛ-130 dvigateli tirsakli valining eng yuqori (maksimal) aylanishlar
chastotasining cheklagichi markazdan qochma datchik va ijrochi diafrag-mali
mexanizmdan (6) tashkil topgan (26-chizma). Markazdan qochma datchik
prujinali klapan (3) va o‘rindiq (4) o‘rnatilgan rotordan (5) iborat. Datchik
taqsimlash shesternalarining qopqog‘iga mahkamlanadi. Datchik rotori (5)
dvigatelning taqsimlash validan aylanma harakatgakeltiriladi. Shu maqsadda
taqsimlash valining old qis-miga yuritma vali mahkam-langan bo‘lib, uning
26-chizma.
ЗИЛ-130 dvigateli tirsakli valining maksimal aylanishlar
chastotasini cheklagichi shakli:
У-rostlash vinti; 2-prujtna; jMdapan; 4-o‘rindiq; 5-rotor; 6-diafragmali
mexanizm; 7-tortqi; 5-drossel zaslonkasi;
9,
/ft-jiklyorlar; 11-prajina.
dum qis-mi rotor (5) valining ariqcha-siga kiradi. Ijrochi diafrag-mali mexa-
nizm (6) karbura-torning drossel zaslonkasiga (8) ta'sir ko‘rsatadi. Mexanizm
karburatorga mahkamlanadi.
Datchik, quvuryo‘llar vositasida, ijrochi mexanizm (6) va karburatorning
kirish qisqa quvuri bilan bog‘lan-gan. Ishlamayotgan chekla-gichda klapan
(3), rostlash vintiga (1) ega bo‘lgan prujina (2) hisobiga o‘rindiqdan (4) ajralib
turadi, prujina (11) bo‘lsa drossel zaslonkalarini (8) ochiq holatda ushlab
turadi. Cheklagich ishlagan paytda ayrisimon birikma, drossel zaslonkalarini
boshqarish pedali bilan bog‘langan richagning vaziyatidan qat'iy nazar,
karburatorning drossel zaslonkalari yopilishiga imkon yaratadi.
Dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi maksimal qiymatdan
oshmagan paytda datchik klapani (3) o‘rindiq teshigini berkitmaydi va ijrochi
mexanizmning yuqori bo‘shlig‘i atmosfera bilan tutashib turadi. Ijrochi
mexanizmning pastki bo‘shlig‘i ham atmosfera bilan tutashgan. Bu paytda
diafragmaning ostki va ustki qismlaridagi havo bosimi bir xil bo‘lganligi
uchun, ijrochi mexanizm karburatorning drossel zaslonkalariga ta'sir
etmaydi. Prujina (11) kuchi bilan zaslonkalar ochiq holatda turadi.
Agarda dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi 3100 mur
1
ga yetib
borsa, u holda markazdan qochma kuch ortishi tufayli klapan (3) surilib
o‘rindiq (4) teshigini berkitadi va shu bilan ijrochi mexanizmning yuqori
bo‘shlig‘iga havo kirishini to‘xtatib qo‘yadi. Oqibatda bu bo‘shhq kanallar va
jiklyorlar (9 va 10) orqali karburatorning aralashtinsh kamerasi bilan
tutashib qoladi, shuning uchun unda katta siyraklanish hosil bo‘ladi.
Xuddi shu paytda, pastki bo‘shliq atmosfera bilan tutashib turganligibois, bu
yerdagi bosim yuqori bo‘shliqdagidan katta bo‘ladi. Bosimlar farqi hisobiga
diafragma (6) prujina (11) cho‘zilishini yengib, yuqoriga siljiydi. Diafragma
bilan birgalikda shtok (7) ham yuqoriga siljib, richag orqali drossel zaslonkalari
vallarini buradi va drossel zaslonkalar qisman yopiladi. Natijada tirsakli
valning aylanishlar chastotasi berilgan qiymatdan ortib ketmaydi.
|