• Yonilg‘i berish va tozalash asboblari. Havo filtri
  • -chizma.  Taqsilmlangan purkash tizimining chizmasi




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/132
    Sana27.05.2024
    Hajmi6,77 Mb.
    #255120
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   132
    Bog'liq
    “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

    27-chizma. 
    Taqsilmlangan purkash tizimining chizmasi: 
    Markaziy purkash tizimi ham shunga o‘xshash chizmaga ega bo‘lib, barcha 
    silindrlarga beizin yuboruvchi bitta forsunkaga ega bo‘ladi. Forsunka kiritish 
    quvuryo‘lining kirish qismiga o‘rnatiladi. 
    Yonilg‘i berish va tozalash asboblari. Havo filtri
    Yonilg‘i baki - quyish bo‘g‘ziga, yonilg‘ini keskin chayqalishlarini bartaraf 
    etuvchi ichki to‘siqlarga va yonilg‘i sathini ko‘rsatuvchi dat-chikka ega. 
    Quyish bo‘g‘zida, to‘r-filtr mavjud, uning qopqog‘ida esa (ГАЗ
    -53А, 
    ЗИЛ-
    130, ГАЗ- 24 "Волга") bug‘ va havo klapanlari bor. Klapanlarning harakati, 
    sovitish tizimidagi radiator qopqog‘ining klapanlari harakatiga aynan 
    o‘xshash bo‘ladi. Avtomobillardagi yonilg‘i bakining sig‘imi quyidagicha: ГАЗ- 
    24 "Волга" - 55 1, ГАЗ- 53А - 90 1, ЗИЛ-130-1701. 
    To‘r-filtrlar yonilg‘i nasosi korpusining qopqog‘iga va karburator qalqi 
    kamerasining shtutseriga ham o‘rnatiladi. Bulardan tashqari ta'minlash 
    tizimiga yonilg‘ini dag‘al va mayin tozalash filtr-tindirgichlari ham kiritiladi. 
    Dag‘al tozalash yonilg‘i filtrlari yonilg‘i bakining yoniga o‘rnatiladi. Uning 
    filtrlovchi elementi 0,05 mm balandlikdagi, shtamplangan chiqiqlari 
    bo‘lgan, yupqa plastinalardan (3) iborat (28-chizma,a). Yonilg‘i plastinalar 
    orasidagi tirqishlardan o‘tayotib tozalanadi. 
    Mayin tozalash filtri keramik filtrlovchi element (5) (28-chizma, b) yoki 
    juda mayda teshikli to‘r o‘ramiga ega. Uni karburatordan oldin yoki benzin 
    purkaladigan dvigatellarning haydash magistralini kirish joyiga o‘rnatiladi. 
    Yonilg‘i haydash nasosi yonilg‘ini bakdan karburatorning qalqi 
    kamerasiga yuborish uchun xizmat qiladi. Karburatorli dvigatellarda 
    diafragmali yonilg‘i haydash nasoslari keng tarqalgan (29-chizma). Dvigatel 
    taqsimlash valining ekssentrigi, nasos richagining tashqaridagi qismini 
    bosganda diafragma (5) shtok (3) orqali pastga tortiladi. Diafragma 
    yuqorisidagi bo‘shliqda siyraklanish hosil bo‘ladi, oqibatda kiritish klapanlari 


    (6) ochiladi. Bakdagi yonilg‘i to‘r-filtrdan (7) o‘tib, diafragma yuqorisidagi 
    bo‘shliqni to‘ldiradi. 
    Ekssentrikning do‘ng qismi richagdan (1) tushgandan so‘ng (aylanib 
    o‘tgandan so‘ng), prujina (10) richagni boshlang‘ich holatga qaytaradi va shu 
    bilan bir vaqtda diafragma (5) prujina (4) ta'siri ostida yuqori tomonga 
    egiladi. Diafragma yuqorisidagi yonilg‘ining bosimi ortib, kiritish klapani 
    yopiladi va chiqarish klapani (9) ochiladi. Yonilg‘i 

    Download 6,77 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   132




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -chizma.  Taqsilmlangan purkash tizimining chizmasi

    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish