gacha yuqori kuchlanishli elektr yurituvchi kuch (EYUK) xosil bo‘ladi va shu
tufayli yondirish svechasi elektrodlari orasidan elektr uchqun o‘tadi.
Birlamchi tok zanjiri uzilganda yondirish g‘altagini birlamchi cho‘lg‘amida
ham 200...400V o‘z-o‘zini induksiyalash EYUK toki xosil bo‘lib,
uning
yo‘nalishi ikkilamchi cho‘lg‘amdan chiqgan tokga qaramaqarshibo‘ladi.
Shuning uchun bu tok ochilib turgan uzgich kontaktlariorasidan uchqunlanib
o‘tishiga olib ketadi,
natijada ular tez-tez kuyib,kichik kuchlanishli tokni
o‘tkazishi mumkin. Kontaktlarga paralel ulab qo‘yilgan kondensator S1 o‘z-
o‘zini induksiyalash EYUKni o‘ziga qabul qilib kontaklarni kuyishdan saqlaydi.
Undan keyin kondensatordagi tok birlamchi cho‘lg‘am orqali zaryadsizlanishi
natijasida ikkilamchi cho‘lg‘amda tok xosil bulishiga olib keladi. Bu
zaradsizlanish indukitiv fazasini uzoqroq davom etishiga olib keladi, bu xol o‘z
navbatida aralashmani yaxshiroq yonishini ta’minlaydi.