9-Mavzu: Dizel dvigatel taminlash tizimining umumiy tuzulishi va
ishlashi.
Reja:
1.. Dizel dvigateli ta’minlash tizimining umumiy tuzilishi va ishlashi.
2. Dizel dvigatelli avtomobillarni ishlatishdagi afzalliklar.
3. Ta'minlash tarmog‘ining chizmasi.
Asosiy talablar.
Dizellarning ta'minlash tizimi silindrga yonilg‘ini
yuqori
bosimda
purkalishini amalga oshirishi, yonilg‘i
miqdorini dizelning
yuklanishiga
qarab mos ravishda taqsimlashi, berilgan vaqt oralig‘i
mobaynida
belgilangan jadallik bilan aniq bir paytda yonilg‘ini yonish kamerasiga purkashni
boshlashi. yonilg‘ini yonish kamerasining hajmi bo‘yicha bir tekis taqsimlashi va
yaxshi to‘zitilishi, nasosda yuborilayotgan yonilg‘i
miqdori va ularni purkashni
boshlanishi, barcha silindrlarda bir xilda bo‘lishini ta'minlash, yonilg‘ini
nasos va
forsunkaga kirishidan oldin ishonchli filtrlashi kerak.
Bu talablar
shundan kelib chiqadiki, dizelda aralashma hosil bo‘lishiga
juda oz vaqt ajratilgan (0,001 soniya atrofida), shuning uchun yonilg‘ini juda
mayda tomchilarga to‘zitib yuborish va yonish
kamerasiga ularni havoning
butun hajmi bo‘ylab bir tekis taqsimlashjuda muhim.
36-chizma.
Каmaz -740 dizelidagi yonilg‘i ta'minlash tizimining shakli:
37-chizma.
Dag‘al tozalash filtri:
Mo‘kish tiqini; 2-stakan; .3-tinchlantirgich; 4-to‘rfiltr; 5-qaytargich; 6-
taqsimlagich; 7-korpus.