Magnitoelektr datchik sxemasi.
1 - magnit, 2 - stator, 3 - chulg‘am
Transformator o‘zaklari orasiga rotor teshiklari to‘g‘ri kelganda, havo
tirqishining magnit qarshiligi eng katta va aksincha o‘zaklar orasi rotor tanasi
bilan berkitilganda eng kichik qiymatga ega bo‘ladi. Transformatorning
ikkilamchi chulg‘amida hosil bo‘ladigan kuchlanish ham shunga mos ravishda
o‘zgaradi.
Fotoelektr datchik (38-rasm) eng umumiy ko‘rinishda yorug‘lik manbai,
darchalari silindrlar soniga teng bo‘lgan aylanuvchi lappak va yorug‘lik
sezuvchi elementdan iborat bo‘ladi. Uzgich taqsimlagich valiga mahkamlangan
lappak aylanganda yorug‘lik manbai 1 dan chiqqan nur lappak darchasidan
o‘tib, yorug‘lik sezuvchi element 2 ga tushganda, unda o‘zgaruvchan kuchlanish
hosil bo‘ladi.
48-rasm.
Yuqori chastotali
49-rasm.
Foto-elektr datchikning
generator-datchikning umumiy umumiy sxemasi
.
sxemasi.
Yorug‘lik sezuvchi element sifatida fotodiod, fototranzistor, yoki fotoelement
ishlatilishi mumkin. Fotoelektr datchiklarni qullanishi vibrasiyaga chidamli,
uzoq muddat davomida ishlovchi tok manbai yo‘qligi bilan cheklanib kelgan.
Oxirgi vaqtda, bu maqsadda, o‘zidan yorug‘lik chiqaruvchi diodlar ishlatilishi
fotoelektr datchiklarni keng tatbiq qilish imkonini yaratmoqda.
50-rasm.
Yarimo‘tkazgichli 51
-rasm.
Xoll datchigi.
datchikning ishlash prinsipi
Mikroelektronikaning rivojlanishi tufayli kontaktsiz
o‘t oldirish
sistemalarida Xoll effektiga asoslangan yarimo‘tkazgichli datchiklar ishlatila
boshlandi (39-rasm). Xoll elementi germaniy, kremniy va boshqa
yarimo‘tkazgichlardan tayyorlangan yupqa ( h = 10
-4
10
-6m
) to‘rt elektrodli
plastinadan iborat (40-rasm). Agar bunday plastinadan tok
I
o‘tishi bilan bir
vaqtda unga, magnit induksiya vektori
V
,
plastina tekisligiga tik yo‘nalgan
magnit maydoni ta’sir kilsa, uning tok yo‘nalishiga paralel bo‘lgan qirralarida
Xoll EYUK
Ex
hosil bo‘ladi.
Ex = kx
·
I
·
B/ h
,
Bu yerda,
kx
- plastina materialiga bog‘liq bo‘lgan Xoll doqimiysi;
h
-
plastina qalinligi.
Xoll elementida hosil bo‘ladigan signal juda ham kichik qiymatga ega bo‘lib,
u tok manbai kuchlanishiga va temperaturaga bog‘liq. Shuning uchun Xoll
datchigi (40-rasm) Xoll elementi 3 dan tashqari ko‘chaytirgich 4, signalni
shakllantiruvchi blok komparator) 5, barqarorlik bloki 7, chiqish tranzistori 6 ni
o‘z tarkibiga olgan mikrosxemadan iborat. Magnit maydoni doqimiy magnit 1
yordamida hosil qilinib, uzgich-taqsimlagich valiga o‘rnatilgan va maxsus
darchalarga ega bo‘lgan rotor 2 magnit kuch chiziqlarini dambadam uzish uchun
xizmat qiladi. Rotor aylanib, darchalari doqimiy magnit to‘g‘risiga kelganda,
magnit kuch chiziqlari Xoll elementi 3 yuzasini
kesib o‘tadi va uning chiqish elektrdlarida EYUK hosil buladi. Ko‘chaytirgich 4
da ko‘chaytirilgan va komparator 5 da kerakli shaklga keltirilgan signal, chiqish
tranzistori 6 ning bazasiga uzatiladi va uni ochadi. Keyingi daqiqada rotor 2
ning tishchasi doqimiy magnit qutbi qarshisiga to‘g‘ri bo‘ladi va magnit kuch
chiziqlari yo‘lini to‘sadi, ya’ni ularni uzadi. Natijada, Xoll EYUK yo‘qoladi va
chiqish tranzistori 6 yopiladi. Datchik signaliga tok manbai kuchlanishining
oshib-kamayishi va temperatura o‘zgarishi ta’sirini istisno qilish uchun sxemaga
barqarorlik bloki 7 ulangan.
|