elektromagnitli yonilg‘i klapani (16), qo‘shimcha rezistorli termorele (13),
tugmachali uzgich (11), elektromagnitli rele (9) va nazorat chirog‘i
(15) kiradi.
Isitkichni ishga tushirish uchun uzgich (6) tugmachasi bosilib,
birin-chi
fiksirlangan vaziyatga qo‘yiladi va tugmacha (11) bosiladi. Termo-relening (13)
qo‘shimcha rezistori orqali tok elektr mayoq svechalarga o‘tadi va 1-2 daqiqa
davomida ularni qizdiradi, termorele (13)
kontaktlari tutashadi, elektromagnitli
klapan (16) ochilib, yonilg‘i svechalarga (14) kirib keladi. Bu paytda nazorat
chirog‘i (15) ulanib, tizimni yurgazishga tayyor ekanligi to‘g‘risida darak beradi.
Uzgich (6) kaliti fiksirlanmagan holatga o‘tkazilganda (uzgich (11)
tugmachasi
bosilgan holatda turadi) startyor ulanadi, shu bilan bir paytda rele (9) orqali
svechalarga, akkumulator batareyasining termorele (13) qarshiligini chetlab
o‘tuvchi to‘la kuchlanish beriladi. Bu paytda generatorning uyg‘otish cho‘lg‘a-
mini uzib qo‘yuvchi rele cho‘lg‘amni yurgazish davrida blokirovka qilib, ulangan
holatda bo‘ladi.
Starter dvigatel valini aylantirib, yonilg‘i
nasosidan ochiq turgan
elektromagnit klapan orqali cho‘g‘langan svechalarga yonilg‘i uzati-lishini
ta'minlaydi. Kiritish quvurlarida hosil bo‘lgan mash'ala silindr-larga kirib
kelayotgan havoni isitib, dvigatelning tezroq yurishiga yor-
dam beradi.
Dvigatel
ishga tushib, uzgich (6) kaliti birinchi vaziyatga qaytaril-gandan
so‘ng, haydovchi uzgich (11) tugmachasini bosilgan holda ushlab,
kiritish
quvurlarida mash'alani bir oz muddat yondirib turish imkoniya-
tiga ega.