28sinxronizator suxari, 29-sinxronizator prushinasi, 30-ortsaga yurgazish oralik
vali, 31-ortsaga yurgazish yetaklanuvchi shesternyaei, 32-differentsial karteri,
33-uzatmalar dutisining karteri.
Burovchi moment dvigatelning 1 tirsakli validan 2 ilashish
muftasi orqali
3 uzatmalar qutisiga yetkazib beriladi. Uzatmalar qutisida burovchi moment
uzatmalar tartibiga mos holda o‘zgartiriladi, ya’ni haydovchi harakatlanish
sharoitiga qarab uzatmalarni tanlaydi. Odatda ilashish muftasi va uzatmalar
qutisi dvigatel bilan bitta blokka joylashtirilgan bo‘lib,
birgalikda kuch
agregatini tashkil etadi. Uzatmalar qutisidan burovchi moment 4 kardan
uzatmasi orqali 5 asosiy uzatmaga yetkazib beriladi.
Asosiy uzatmada burovchi momentning qiymati oshirilib, 6 differensial va
yarim o‘qlar orqali yetakchi g‘ildiraklarga taqsimlab uzatiladi. Asosiy uzatma,
differensial va yarim o‘qlar umumiy bitta karterda joylashgan bo‘lib,yetakchi
ko‘prikni tashkil etadi.
Mexanik transmissiyaga ega bo‘lgan 4x2 g‘ildirak formulali yengil
avtomobillar boshqacha sxemaga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, yetakchi
g‘ildiraklar va dvigatel orqada yoki yetakchi g‘ildiraklar va dvigatel oldinda,
ilashish muftasi uzatmalar qutisi bilan birgalikda bevosita yetakchi ko‘prikning
o‘zida joylashtiriladi. Bunday transmissiyada uzatmalar qutisi va yetakchi
g‘ildiraklar orasida kardan uzatmasi shart bo‘lmaydi. Yetakchi g‘ildiraklar
yarim o‘qlar yordamida emas, balki kardanli uzatmalar
vositasida harakatni
qabul qilib oladi. Oldingi yetakchi hamda boshqaruvchi g‘ildiraklar teng
burchak tezlikli kardan sharnirlari bilan bog‘lanadi. Mexanik transmissiyali, 4x4
g‘ildirak formulasiga ega bo‘lgan, o‘tag‘on avtomobillarning prinsipial sxemasi
-rasmda aks ettirilgan. Ushbu sxemada 4x2 g‘ildarak formulasiga nisbatan
qo‘shimcha ravishda 7 taksimlash qutisi ham mavjud. Taqsimlash qutisidan
burovchi moment oldingi va keyingi ko‘priklarga 4 alohida kardanli uzatmalar
yordamida yetkazib beriladi.