• Nazorat savollari
  • Mavzu.Uzаtmаlаr qutisini bоshqаrish mехаnizmining tuzilishi vа ishlаshi va texnik xizmat ko‘rsatish. Reja: 1 Uzatmalar qutisining vazifasi turlari.
  • 4 Uzatmalar qutisining konstruktsiyasi
  • O‘qituvchi




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/132
    Sana27.05.2024
    Hajmi6,77 Mb.
    #255120
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   132
    Bog'liq
    “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

    Yurgazisholdi isitkichi. 
    U -60°C gacha bo‘lgan haroratlarda sovitish tizimidagi 
    sovitish suyuqdigini qizdirish hisobiga, dvigatelni yurga-zishdan oldin isitishga 
    imkon beradi. Yurgazish oldi isitishni qo‘llab, dvigatelni yuklanishlar qabul 
    qilishga tayyorlash davri (isitish, yurgazish va salt ishlash rejimida qizdirish) va 
    akkumulator batareyasini -60°C haroratda isitish davri 45 daqiqadan oshmasligi 
    kerak. Isitkichni akkumulator batareyasidan iste'mol qiladigan toki isitish rejimida 
    30-45 A ni tashkil qiladi. 
    Nazorat savollari
    1.
    Starterningasosiyparametrlari (tokkuchi, payt, aylanishlarchastotasi, 
    quvvat, 
    kuchlanish) 
    dvigatelniyurgazishgaqarshilikpaytiortgandaqanday 


    o‘zgaradi? 
    2.
    Dvigatelni yurga/ishda uning qarshilik payti va quvvati nimalarga bog‘liq 
    bo‘ladi? 
    3.
    Starter qanday tuzilgan va uning karburatorli hamda dizel dvigatellaridagi 
    yuritmalari nimalar bilan farqlanadi? 
    Mavzu.Uzаtmаlаr qutisini bоshqаrish mехаnizmining tuzilishi vа ishlаshi 
    va texnik xizmat ko‘rsatish. 
    Reja: 
    1 Uzatmalar qutisining vazifasi turlari.
    2
     
     Pog‘onali mexanik uzatmalar qutisining tuzilishi va ishlash uslubi.
    3 Pog‘onasiz uzatmalar qutisining tuzilishi va ishlash uslubi.
    4 Uzatmalar qutisining konstruktsiyasi
     
    Uzatmalar qutisining vazifasi va ishlash prinsipi. Uzatmalar qutisi 
    avtomobilni o‘rnidan jildirishda va uni tezlatishda dvigateldan yetaklovchi 
    g‘ildiraklarga uzatilayotgan aylantiruvchi momentni keng diapazonda 
    o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Bulardan tashqari, uzatmalar qutisi avtomobilni 
    orqaga yurishini ta'minlaydi hamda avtomobil to‘xtab turganda yoki 
    harakatlanayotgan chog‘ida dvigatelni (salt ishlayotgan paytida) yetaklovchi 
    g‘ildiraklardan ancha vaqtga uzib qo‘yishga imkon beradi.Zamonaviy 
    avtomobillarda ko‘pincha tishli shesternalari bo‘lgan pog‘onali mexanik 
    uzatmalar qutisi ishlatiladi. Oldinga yurish uzatmalarining miqdori, odatda 
    orqaga yurish uzatmasini hisobga olmaganda to‘rt yoki beshta bo‘ladi.
    Beshinchi uzatmaning uzatish soni ko‘p hollarda 1,0 dan kichik qilib 
    tayyorlanadi va "tezlatuvchi" yoki "tejamkor" bo‘ladi, chunki avtomobilning 
    yuqori tezligiga yaqinlashgan tezliklarda dvigatel aylanishlar chastotasini 
    pasaytirishga va birmuncha yonilg‘i tejashga imkon beradi. Mexanik qutilarda 
    uzatmalarni ahnashlab ulash boshqa shestemalar bilan navbatma-navbat 
    ilashadigan shesternalarni surish yoki sinxronizatorlar yordamida shestemalarni 
    valga blokirovka qilish bilan amalga oshiriladi. Sinxronizatorlar, ulanadigan 
    shesternalarning aylanishlar chastotasini tenglashtiradi va ulardan birini 
    yetaklanuvchi valga blokirovka qiladi. Shestemalar yoki sinxronizatorlar 
    surilishini boshqarishni haydovchi ilashma ajratilgan paytda amalga oshiradi.
    Oldinga yurish uzatmalarining soniga qarab uzatmalar qutisi uch, to‘rt va 
    hokazo pog‘onali bo‘ladi. Uzatmalar qutisining ishlash prinsipini uch pog‘onali 
    uzatmalar qutisi chizmasida (54-rasm) ko‘rib chiqish mumkin. Qutining asosiy 
    detallari quti korpusiga o‘rnatilgan yetaklovchi val (1), yetaklanuvchi val (5) va 
    oraliq valdir (6). Birlamchi (yetaklovchi) valga, oraliq valga qo‘zg‘almas qilib 
    o‘rnatilgan Z'3 shesterna bilan doimiy ilashishda bo‘ladigan Z3 shesterna 
    qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan. Oraliq valning boshqa Z'2 ,Z'1,va Z'o.yu.
    shesternalari ham qo`zg`almas qilib mahkamlangan. Yetaklanuvchi valga 5 Z'2 


    shesterna bilan doimiy ilashishda bo‘lgan Z2 shesterna erkin aylanadigan qilib 
    o‘rnatilgan.
    Shesterna Z, va sinxronizator (2) val (5) bilan shlitsalar orqali biriktirilgan
    shuning uchun ular val bo‘ylab strelkalar bilan ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda 
    surilish imkoniyatiga ega. Zo shesterna orqaga yurish uzatmasi ulanganda, 
    yetaklanuvchi valning aylanish yo‘nalishini teskari tomonga o‘zgarishini 
    ta'minlaydi.

    Download 6,77 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   132




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish