13-Mavzu Ilashish muftasining vazifasi, tuzilishi va ishlashi
Reja:
1.Ilashish muftasining vazifasi.
2.Ilashish muftasining tuzulishi.
3.Ilashish muftasining ishlash tartibi
Ilashish muftasi dvigatel tirsakli valini transmissiyadan
qisqa muddatga
ajratib qo‘yish va so‘ngra ularni o‘zaro ravon qo‘shish uchun xizmat qiladi.
Ilashish muftasini qo‘shish orqali avtomobil joyidan qo‘zg‘atiladi yoki harakat
paytida uzatmalar soni o‘zgartiriladi.
Ilashish muftasi ikki asosiy:yetakchi va yetaklanuvchi qismlardan tashkil topgan
bo‘ladi. Dvigatel vali bilan bog‘langan, aylanib turuvchi detallar yetakchi
qismni, ilashishni ta’minlaydigan detallar esa yetaklanuvchi
qismni tashkil
etadi.Bundan tashqari har ikkala qismni o‘zaro qo‘shib ajratib turadigan
muftaning boshqarish tizimi mavjud. Bu tizim
mexanik yoki gidravlik
yuritmalardan va ularning kuchaytirgichlaridan iborat bo‘ladi.
Yetakchi va yetaklanuvchi qismlarning o‘zaro bog‘lanish xarakteriga qarab
ilashish
muftasi friksiyali, gidravlik va elektromagnitli turlarga ajratiladi.
Friksiyali ilashish muftasi eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, unda burovchi moment
yetakchi qismdan yetaklanuvchi qismga o‘zaro ta’sirlanuvchi
yuzalarning
ishqalanishi tufayli uzatiladi. Gidravlik muftalarda yetakchi va yetaklanuvchi
qismlar
suyuqlik yordamida, elektromagnitli muftalarda esa magnit maydoni
orqali qo‘shib ajratiladi.
Friksiyali ilashish muftasining prinsipial sxemasi -rasmda tasvirlangan.
Muftaning yetakchi qismi 3 maxovik, 1 kojux va 2
siquvchi disklardan,
yetaklanuvchi qismi esa uzatmalar qutisining birlamchi valiga o‘rnatilgan 4
yetaklanuvchi friksiyali disklardan tashkil topgan. Bunda 2 siquvchi disk 5
elastik prujinalar yordamida 1 kojuk bilan tutashtirilgan. Bunga sabab, maxovik
bilan tutashtirilgan kojuxning burovchi momenti siquvchi diska o‘tkaziladi,
ikkinchidan, muftani qo‘shib ajratishda 2 siquvchi diskning o‘q bo‘ylab
surilishiga imkon yaratiladi. Bundan tashqari muftani dvigatel tirsakli valiga
qo‘shib ajratishda boshqarish tizimini qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Mufta disklarini o‘zaro bir-biriga siqib, uni qo‘shib turish vazifasini 6 siquvchi
prujinalar
bajaradi, disklarni bir-biridan ajratish uchun esa 1 kojuxga sharnirli
ravishda o‘rnatilgan 7 qo‘zg‘aluvchan richaglardan foydaniladi. Ushbu 7
richaglar kojux aylanasi bo‘ylab joylashgan bo‘ladi
va u bilan birga aylanib
turadi, shuning uchun ham richaklarga ta’sir etish maqsadida o‘q bo‘ylab
siljuvchi 8 ajratish podshipnigidan foydalaniladi. Ajratish podshipnigi 9 vilka
yordamida o‘q bo‘ylab suriladi. O‘z navbatida vilka 12 bo‘ylama tortqi orqali 11
qaytaruvchi prujinaga ega bo‘lgan 10 boshqarish pedali bilan biriktirilgan.
Agar pedal ta’sirsiz turgan bo‘lsa, mufta har doim qo‘shilgan hisoblanadi,
chunki 4 yetaklanuvchi disklar 3 maxovik va 2 siquvchi disklar orasida 6
prujinalarning siqish kuchi tufayli o‘zaro bir-biriga jips qilib siqib qo‘yilgan
bo‘ladi.