yarim o‘qlar cheklangan holda yengil avtomobil va kam yuk ko‘taruvchi
avtomobillarda ishlatiladi.
Boshqariladigan yetakchi g‘ildirak uzatmasida teng
burchak tezlikli kardan
sharniriga burovchi moment differensialidan ichki yarim o‘qlar vositasidan
uzatiladi. Yetakchi ko‘prikning bo‘linmas balkasi
nomustaqil osmaga ega
bo‘lgani uchun yarim o‘q ikki qismdan iborat bo‘lib, uning tashqi qismi
flanetsiga g‘ildirak gupchagi boltlar yordamida qotiriladi.(5.14-rasm,a).
G‘ildirak gupchagi ikki dona radial- tayanch
podshipniklar yordamida
burilish sapfasiga o‘rnatiladi. Bunda yarim o‘qlar faqatgina burovchi moment
bilan yuklangan bo‘ladi.