• Osmaning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi
  • -rasm. Yetakchi boshqariluvchi ko‘prik




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/132
    Sana27.05.2024
    Hajmi6,77 Mb.
    #255120
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   132
    Bog'liq
    “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

    6.4-rasm. Yetakchi boshqariluvchi ko‘prik. 
    Kulachokli kardan sharnirlari 500 burchakka burilib ishlay oladi. Ushbu 
    sharnirlar orqali boshqariladigan yetakchi g‘ildiraklarga burovchi moment 
    uzatiladi. 
    Ushlab turuvchi ko‘prik ramadan g‘ildiraklarga vertikal kuchlarni olib berish 
    uchun xizmat qiladi. Ushbu ko‘prik to‘g‘ri chiziqli balkadan iborat bo‘lib,uning 
    oxirgi uchlaridagi podshipniklarga ushlab turuvchi g‘ildiraklar o‘rnatiladi. 
    Bunday ko‘priklartirkama va yarim tirkamalarda ishlatiladi. 
    Osmaning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi 
    Osmalar avtomobil ramasining ko‘priklar bilan elastik bog‘lanishni 
    ta’minlaydi, hamda g‘ildiraklarning yo‘l notekisliklaridan qabul qilib olgan 
    turtki va zarbalarni yumshatish uchun xizmat qiladi. 
    Avtomobil osmasi uchta asosiy qismdan tashkil topgan: elastik qism, 
    yo‘naltiruvchi qism va so‘ndiruvchi qurilma. Ayrim osmalar turg‘unlikning 
    ko‘ndalang stablizatori bilan ham jihozlangan bo‘ladi. 
    Osmaning elastik qurilmasi avtomobil og‘irligining g‘ildirakka tushadigan 
    qismining dinamik kuchlarini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Yo‘naltiruvchi 
    qurilma g‘ildiraklar hosil qilgan bo‘ylama va ko‘ndalang kuchlarni hamda 
    ularning momentlarini ramaga uzatish uchun xizmat qiladi. So‘ndiruvchi 
    qurilma esa avtomobil harakati davomida yo‘l notekisliklari tufayli g‘ildiraklar 
    va kuzovga uzatiladigan tebranishlarni so‘ndirish uchun xizmat qiladi.
    Elastik qurilma asosan bir yoki bir necha metall va metall bo‘lmagan elastik 
    qismlardan yig‘ib tayyorlanadi. Metalldan tayyorlanadigan elastik qismlar uch 
    xil bo‘ladi: ressorali, spiralsimon prujinali va torsionli (buralishga ishlaydigan 
    val). Metall bo‘lmagan elastik qismlar rezinali, pnevmatik va gidravlik turlarga 
    bo‘linadi. Zamonaviy avtomobillarning osmalarida aralash elastik qismlardan 
    keng foydalaniladi.( 6.5-rasm). 
    Avtomobil notekis yo‘llarda harakatlanganda 10 elastik qism (prujina) 
    siqilib,g‘ildiraklardan rama va kuzovlarga beriladigan turtki va zarbalarni 
    yumshatadi. 
    Prujina siqilib cho‘zilganda kuzovni tebratadi va bu tebranishlar uzluksiz 
    ravishda 3 amortizator qurilmasi yordamida so‘ndiriladi. 
    Gidravlik amortizatorlarning ishlash usuli tebranishlarning mexanik 
    energiyasini suyuqlik ichidagi ishqalanish tufayli issiqlik energiyasiga 
    aylantirish va uni atrof muhitga tarqatishdan iboratdir. 



    Download 6,77 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   132




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Yetakchi boshqariluvchi ko‘prik

    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish