-Mavzu Osmalar. G`ildirak vashinalar




Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/132
Sana27.05.2024
Hajmi6,77 Mb.
#255120
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   132
Bog'liq
“BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

 
18-Mavzu Osmalar. G`ildirak vashinalar 
Reja 
1-G‘ildiraklarning vazifasi, turlari va tuzilishi. 
2- Oldingi va keyingi ko‘priklarning vazifasi, turlari va tuzilishi. 
3-Osmaning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi.. 
 
 
 
G‘ildiraklarning vazifasi, turlari va tuzilishi 
 
G‘ildiraklar avtomobilni yo‘l, bilan bog‘laydi, uning xarakatlanishini 
ta’minlaydi hamda harakat yo‘nalishini o‘zgartirib, avtomobil tamonidan yo‘l 
sathiga uzatilayotgan vertikal kuchlarni yumshatishiga xizmat qiladi. 
Bajariladigan vazifasiga qarab g‘ildiraklar quyidagilarga bo‘linadi: a) 
yetakchi; b) boshqariluvchi; v) aralash; g) ushlab turuvchi. 
Yetakchi g‘ildiraklar dvigateldan transmissiya orqali yetkazib berilgan 
burovchi momentni tortish kuchiga aylantiradi va o‘zining aylanma harakatini 
avtomobilning ilgarilanma harakatiga o‘zgartirib beradi. Yetaklanuvchi 
g‘ildiraklar esa rama orqali uzatilayotgan itarish kuchini qabul qilib
avtomobilning ilgarilash harakatini g‘ildirashga o‘zgartiradi. Avtomobil 
g‘ildiragi yig‘ilgan holda 1 pnevmatik shina, 2 biriktiruvchi element- disk, 3 
gupchak va 4 to‘g‘inlardan tashkil topadi. G‘ildirak gupchagi avtomobilning har 
bir ko‘prigi uchun yig‘uv birikmasi bo‘lib hisoblanadi va u diskning 
biriktiruvchi qismlari orqali to‘g‘in bilan tutashadi (6.1 - rasm.) 


 
 
 
 
 
 
 
6.1-rasm. Avtomobil g‘ildiragi sxemasi. 
Yig‘ilgan g‘ildirak gupchagi shpilka yordamida diskning teshigiga 
mahkamlanadi, 
to‘g‘inga 
esa 
pnevmatik 
shina 
kiygaziladi. 
Diskli 
g‘ildiraklarning to‘g‘ini ikki xil bo‘ladi: Chuqur to‘g‘inli –yaxlit va tekis 
to‘g‘inli –bo‘laklarga ajratiladigan. Yaxlit to‘g‘inli g‘ildiraklar avtomobillarda 
ishlatilib unda shinalarni joylashtirish uchun botiqcha va bort mavjud. Tashqi 
tamonida chegarasi bo‘yicha mustahkamligini oshirish uchun qobirg‘a 
ishlangan. Shuningdek, zeb beruvchi qalpoqchani o‘rnatishga mo‘ljallangan 
chiqiq ishlangan. 
Tekis to‘g‘inli bo‘laklarga ajratilgan disk turi yuk avtomobillarida ishlatilib, 
u shinani kiygizish qulay bo‘lishi uchun bitta borti ajraladigan qilib yasalgan. 
Bunda ajraladigan bort halqasi kesilgan qulflar bilan qotiriladi. To‘g‘in va 
disklar bir-biriga payvandlab mahkamlanadi. 
Gildiraklar shinasidagi havo bosimi avtomobilning aniq va puxta ishlashini 
hamda yonilgi sarfini kamaytirish uchun asosiy omillardan biri bo‘lib 
hisoblanadi. Shu sababli, yengil va kam yuk ko‘taruvchi avtomobillarda 
shinadagi ruxsat etilgan bosim 0,2….0,27 MPa, o‘rtacha va og‘ir yuk 
ko‘taruvchi avtomobillarda, avtobus va tirkamalarda 0,5….0,7 MPa atrofida 
bo‘lishi kerak. O‘tag‘on avtomobillarining shinalaridagi bosim yo‘l sharoitiga 
moslashtirilgan holda o‘z - o‘zidan rostlanib turadi va bosim 0,05…0,35 MPa 
oralig‘ida o‘zgarib turadi. 
Shinalar g‘ildirakning yo‘l notekisliklaridan qabul qilib olgan turtkilar va 
tebranishlarni yumshatib va qisman so‘ndirib g‘ildirakka tushadigan dinamik 
yuklanishlarni kamaytiradi. Bundan tashqari g‘ildirakning tayanch yuza bilan 
ilashishini oshiradi. 
Shinalar kamerasiz va kamerali turlarga bo‘linadi. Kamerali shinalarda havo 
turadigan bo‘shliq zich berkitilgan kamera ichida hosil bo‘ladi, kamerasiz 
shinalarda esa havo bo‘shlig‘i shina bilan g‘ildirak to‘g‘ini orasida hosil bo‘ladi. 
Kamerasiz shinalar harakat xavfsizligini birmuncha oshiradi, Chunki ular 
teshilganda havo kamerali shinalardagiga nisbatan sekin chiqadi, energiya sarfi 
va qizishi kam bo‘ladi. Lekin kamerasiz shinalarni ekspluatatsiya sharoitida 
ta’mirlash ancha mushkul. 



Download 6,77 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   132




Download 6,77 Mb.
Pdf ko'rish