Ushbu rul uzatmasining ko‘ndalang tortqisi uch qismdan iborat: 8 o‘rta tortqi
va u bilan sharnirli barmoqlar orqali bog‘langan 4 va 9 yonlama tortqilar. Oraliq
tortqi bir uchi bilan 6 soshkaga bog‘langan bo‘lsa, ikkinchi uchi esa avtomobil
kuzoviga o‘rnatilgan tayanch sifatida aylanib turuvchi 5 mayatnikli richag bilan
tutashtirilgan. Har bir yonlama tortqini oraliq tortqi bilan biriktiruvchi sharnir
g‘ildirak tebranish o‘qiga yaqin qilib joylashtiriladi. Shuning uchun ham osma
ressoralarning deformatsiyalanishida tortqilar g‘ildiraklarning o‘z – o‘zidan
burilishiga imkon bermaydi.
Rul yuritmasining sharnirlaridagi ishqalanishni kamaytirish uchun ular
davriy ravishda moylab turiladi yoki sharnirlar soni kamaytiriladi. Masalan,
reykali rul mexanizmini qo‘llash orqali sharnirlar soni oltitadan to‘rttagacha
kamaytiriladi.