• 7.1- rasm. Rul boshqarmasining sxemasi.
  • O‘qituvchi




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet125/132
    Sana27.05.2024
    Hajmi6,77 Mb.
    #255120
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   132
    Bog'liq
    “BC” toifadagi transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish Jizzax ATtexnikum O\'MTi

     
    Sinov savollari: 
    1.
    Rama nima uchun kerak va uning qanday turlari mavjud? 
    2.
    G‘ildiraklar qanday vazifani bajaradi va qanday qismlardan iborat? 
    3.
    Shina nima va uning asosiy o‘lchamlari qanday belgilanadi? 
    4.
    Ko‘priklar qanday vazifani bajaradi va ularning qanday turlari 
    mavjud? 
    5.
    Boshqariluvchi ko‘prik yetakchi ko‘prikdan tuzilishiga ko‘ra qanday 
    farq qiladi? 
    6.
    Aralash ko‘prik qanday xususiyatga ega? 
    7.
    Osmalar qanday vazifani bajaradi va u qanday qismlardan tashkil 
    topgan? 
    8.
    Elastik qurilma qanday tuzilishga ega? 
    9.
    Mustaqil va nomustaqil osmalarning bir-biridan farq qiluvchi qanday 
    jihatlari bor? 
    10.
    Yuk va yengil avtomobillarning yurish qismi konstruktiv jihatidan 
    qanday tuzilgan? 
     
    19-Mavzu. BC toifadagi avtomobillarning rul boshqarmasi va ularga texnik 
    xizmat ko‘rsatish 
    Rul boshqarmasi 
    Reja: 
    .1. Rul boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi.
    .2.Rul yuritmasi. 
    .3. Rul kuchaytirgichlari. 
     
    7.1. Rul boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi.
    Rul boshqarmasi avtomobil harakatlanganda yetaklanuvchi g‘ildiraklarni 
    burish yo‘li bilan uning harakat yo‘nalishini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. 
    Rul boshqarmasi rul mexanizmi va rul yuritmasidan tashkil topgan. Rul 
    mexanizmi haydovchi tamonidan rul chambaragiga berilayotgan kuchni rul 
    uzatmasiga o‘tkazish vazifasini bajaradi. Rul yuritmasi esa rul mexanizmi hosil 


    qilgan kuchni boshqariluvchi g‘ildiraklarga uzatadi. Mexanik yuritmali rul 
    boshqarmasi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan ( 7.1- rasm). 
    7.1- rasm. Rul boshqarmasining sxemasi. 
    Boshqaruv tizimi 
    Rul boshqarmasi 


    1- rul chambaragi; 2-val; 3- cherviyak; 4- tishli sektor; 5- rul soshkasi; 6-
    bo‘ylama tortqi; 7-burish richagi; 8 – shkvoren; 9 va 12- bo‘ylama richaglar; 
    10-ko‘ndalang tortqi; 11- oldingi balka; 13- burish sapfasi. 
    Rul chambaragi 1, val 2, chervyak 3 va tishli sektor 4 birgalikda rul 
    mexanizmini hosil qiladi. Rul soshkasi 5, bo‘ylama tortqi 6, richaglar 7,9 va 12 
    hamda ko‘ndalang tortqi 10 burilish sapfasi 13 bilan birgalikda rul yuritmasini 
    tashkil etadi. Ko‘ndalang tortqi 10, richaglar 9 va 12 rul trapetsiyasi deb ataladi. 
    Rul trapetsiyasi o‘ng va chap boshqariluvchi g‘ildiraklar burilish burchaklari 
    orasidagi farqni ta’minlab beradi. 
    Har bir boshqariluvchi g‘ildirak oldingi ko‘prikning 11 balkasi bilan 8 
    shkvoren orqali sharnirli bog‘langan va 13 burilish sapfasining valiga 
    podshipniklar orqali o‘rnatiladi. Shkvoren balkaga qo‘zg‘almas qilib 
    mahkamlangan bo‘lib, uning yuqori va pastki qismlari burilish sapfasining 
    quloqlariga kirib turadi. Burilish sapfasi unga o‘rnatilgan g‘ildiraklar bilan 
    birga 7 richakka bog‘langani uchun shkvoren atrofida aylanadi. Har ikkala 
    tomondagi burilish sapfasi o‘zaro 9 va 12 richaglar hamda 10 ko‘ndalang tortqi 
    orqali bog‘langan bo‘ladi.
    Boshqariluvchi g‘ildiraklarning burilishi 1 rul chambaragiga haydovchi 
    tamonidan qo‘yilgan juft kuch orqali amalga oshadi. Aylanma harakat 2 val 
    orqali 3 chervyakka uzatiladi, chervyak esa 4 tishli sektor bilan muntazam 
    ilashgan holda bo‘lgani uchun sektorga biriktirilgan 5 soshka 6 bo‘ylama tortqi 
    va 7 richag orqali burilish sapfasini kerakli holatga o‘zgartiradi. 
    Rul mexanizmi boshqariluvchi g‘ildiraklarning yengil burilishini ta’minlaydi. 
    Buning uchun rul mexanizmining uzatishlar soni katta bo‘lishi talab etiladi. 
    Biroq uzatishlar sonini oshirish boshqariluvchi g‘ildiraklarni burish uchun 
    sarflanadigan vaqtning oshishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham uzatishlar 
    soni ma’lum qiymatlardan keyin cheklanadi. Rul chambaragi burilish 
    burchagining soshka burilish burchagiga nisbati rul mexanizmining uzatishlar 
    soni deyiladi.
    (Um q15…20 yengil avtomobillar uchun Um q15…25 yuk avtomobillari 
    uchun). 
    Odatda boshqariluvchi g‘ildiraklarning burilish burchagi 28…250 miqdor 
    bilan cheklangan bo‘ladi, chunki g‘ildirak burilganda avtomobil ramasi yoki 
    boshqa qismlariga tegmasligi kerak.
    Zamonaviy avtomobillarning rul mexanizmi chervyakli, vintli va shesternyali 
    turlarga bo‘linadi. Amalda ko‘proq ishlatiladigan chervyakli mexanizm glaboidli 
    bo‘lib, u bilan ilashib turadigan sektor tishlari podshikniklarda aylanib turadigan 
    roliklar bilan almashtiriladi. Bu esa chervyakning katta burilish burchaklarida 
    ham ilashish qobiliyatini saqlaydi, juftlikning ishqalanishini kamaytiradi. Vintli 
    rul mexanizmida vintning o‘z o‘qi atrofida aylanishi gaykaning ilgarilama 
    harakatiga sabab bo‘ladi. Gayka sirtiga tishli reyka o‘yilgan bo‘lib, u tishli 
    sektor bilan ilashib turadi. Sektor esa soshka bilan bitta umumiy valda 
    joylashadi. Shesternyali rul mexanizmlariga silindrsimon yoki konussimon 
    shesternyali hamda reykali rul mexanizmlari kiradi. Rul valiga qotirilgan 
    shesternyaning aylanishi tufayli reyka surilib ko‘ndalang tortqi vazifasini 
    bajaradi. Bu kabi mexanizmlar ko‘proq yengil avtomobillarda qo‘llaniladi. ( 7.2- 
    rasm)


    Shesternya reykali rul mexanizmi quyidagi tartibda ishlaydi. Rul chambaragi 
    1 o‘ngga yoki chapga aylantirilganda burovchi moment 2 kardanli vallar orqali 3 
    tishli shesternyaga uzatiladi. shesternyaning aylanma harakati 4 tishli reykaga 
    ta’sir etib, uni o‘nga yoki chapga suradi, natijada bu turtki 5 sharsimon kallak 
    orqali 6 ko‘ndalang tortqiga uzatilib, 7 sharsimon kallakli barmoqchani 
    harakatga keltiradi. 

    Download 6,77 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   132




    Download 6,77 Mb.
    Pdf ko'rish