Agar
rul chambaragi chapga burilsa, u holda 12 shtanga 7 markazlovchi
prujinaning qarshilik kuchini yengib, zolotnikni o‘q bo‘ylab siljitadi.
Zalotnikka o‘q bo‘ylab ta’sir etuvchi kuchning qiymati prujinaning siqish
kuchidan katta bo‘lgandagina uning o‘q bo‘ylab siljishi kuzatiladi. Zolotnikning
siljishi tufayli B kamera 3 moy o‘tkazgichdan ajratiladi va 2 moy o‘tkazgich
bilan tutashtiriladi; Bir vaqtning o‘zida A kamera 2 moyo‘tkazgichdan
yopiq
tirqish orqali ajratiladi va ochiq tirqish orqali to‘kuvchi moy o‘tkazgich bilan
tutashtiriladi. Bunda B kamera B bo‘lmadagi suyuqlikning bosimi 5
boshqariluvchi g‘ildirakning qarshilik kuchiga muvofiq ravishda 8 porshenni
joyidan quzg‘atadi. Bu paytda silindrning kengayuvchi B bo‘lmasiga suyuqlik
nasos
tamonidan yuboriladi, kamayuvchi A bo‘lmadan esa suyuqlik porshen
yordamida nasosning bachogiga qaytariladi. Qo‘zg‘aluvchi porshen 5
boshqariluvchi g‘ildirakni chap tarafga buradi. Bir paytning o‘zida 6 shtanga
bilan bog‘langan taqsimlagichning korpusi zolotnikning
dastlabki siljishidagi
yo‘nalish bo‘ylab qo‘zg‘aladi. Kirituvchi tirqish ochilishi bilan gidrotsilindrning
A bo‘lmadagi suyuqlikning bosimi 8 porshendagi kuch bilan muvozanatlashadi;
porshen harakati to‘xtab, 5 g‘ildirakning chapga burilishi cheklanadi.